O`zbekiston respublikasi


«Zulfizar bilan Avazxon», «Gulixiromon»



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/74
tarix14.10.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#65145
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   74
Namangan davlat universiteti o`zbek tili va adabiyoti kafedrasi

«Zulfizar bilan Avazxon», «Gulixiromon» kabi o`nlab dostonlar yozib olingan. Bu 
dostonlarda xalqchillik keng o`rin olganini sezamiz.
O`zbekistonning 
janubida 
yashovchi 
ko`pgina 
baxshilar 
Sherobod 
dostonchilik maktabi bilan bog`liq. XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning 
boshlarida yashagan Shernazar Beknazar o`g`li bu maktabning mashhur vakili bo`lib, 
bir qancha shogirdlar etishtirgan. Mardonqul Avliyoqul o`g`li, Umir Safar o`g`li, 
Normurod baxshi, Ahmad baxshi, Nurali Boymat o`g`li, Madrayim baxshi, Bo`riboy 
Ahmad o`g`li, Yusuf O`tagan kabi o`nlab baxshilar bu maktabga birlashganlar. 
Surxondaryo, Qashqadaryo ba`zan janubiy Tojikiston baxshilari o`zaro doimiy 
aloqada bo`lganlar va ularning ko`pchiligi SHerobod bilan bog`langan. Bu maktab 
vakillari repertuarida mavjud bo`lgan «Oltin qovoq», «Malla savdogar», 
«Ollonazar Olchinbek» kabi dostonlar boshqa joylarda uchramaydi.
Janubiy Tojikistonda yashovchi o`zbek - laqay baxshilari ham repertuari, 
badiiy tasvir vositalari jihatidan o`ziga xos xususiyatlarga ega. Ushbu baxshilar 
Jorubqo`l qishlog`i bilan bog`liq. Bu erda Haybat Shamol o`g`li, Qunduz Soqi degan 
mashhur baxshilar o`tgan. O`zbek-laqay baxshilari repertuarining asosiy qismini 
«Go`ro`g`li» turkumi dostonlari tashkil etgan.
Xorazmdagi o`zbek dostonchilik san`ati boshqa maktablarga mansub baxshilar 
uslubidan tubdan farq qiladi. Bu erda badihago`ylik asosiy rol’ o`ynamaydi, matn 
tom ma`noda variant bermaydi, balki musiqa etakchilik qiladi. Ko`pchilik hollarda 
doston ijrochilarining qo`llarida yozma matn ham bo`ladi. SHu bilan birga yakka 
ijrochilik qatorida jamoa bo`lib ijro etish ham keng tarqalgan. Bunda 3-5 kishidan 
iborat ijrochilar guruhi tuziladi. Dostonni ustoz torda boshlaydi, qolganlari unga 
g`ijjak va bolomonda jo`r bo`ladilar. Naqoratni esa hamma birgalikda ijro etadi. 
Xorazm baxshilarining kuylari ko`p va xilma-xil. Dostondagi har bir qo`shiq alohida 
kuyda ijro etiladi. Dostonchilar bularni baxshi yo`llari yoki baxshi na`malari deb 
yuritadilar. Xorazm dostonchiligi repertuar tizimi jihatidan ham o`ziga xos bo`lib, 
asosan «Oshiq G`arib va Shohsanam», «G`o`ro`g`li» turkumiga kiruvchi dostonlar 
kuylangan. Bu erda «Alpomish» dostoni juda kam kuylanadi. Xorazm baxshilari 
kuylaydigan ishqiy-romanik dostonlarining aksariyati O`zbekistonning boshqa 
hududlarida kuylanmaydi.
Farg`ona (Namangan) dostonchilik an`analarini o`rganish XX asrning 50-60 
yillariga to`g`ri keladi. Bu maktabni o`rganishda dotsent Tojiboy G`oziboyev, 


56 
professorlar: Malik Murodov, Odiljon Nosirov, o`rta maktab adabiyot fani 
o`qituvchilari: Umarjon Sarimsoqov, Otamirza Xolmirzayevlar o`z hissalarini 
qo`shganlar. Shuningdek, bu xayrli ishlarda Robiddin Is’hoqov, Mahmudjon 
Ma`murov kabi shoir va jurnalistlar faol qatnashganlar.
Namangan folklori namunalarini o`rta maktablarda o`rganish sohasida tadqiqot 
ishlari olib borgan adabiyotshunos olim Abdushukur Sobirov «Adabiyot 

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin