O`zbekiston respublikasi


«Doston» so`zi qissa, hikoya, sarguzasht, maqtov va ta`rif, shon-shuhrat



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/74
tarix14.10.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#65145
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   74
Namangan davlat universiteti o`zbek tili va adabiyoti kafedrasi

«Doston» so`zi qissa, hikoya, sarguzasht, maqtov va ta`rif, shon-shuhrat, 
mashhurlik ma`nolarida ishlatiladi. Adabiy atama sifatida bu so`z xalq og`zaki ijodi 
va yozma adabiyotdagi yirik hajmli epik asarni anglatadi. V.M. Jirmunskiyning 
yanada aniqroq ifodasiga ko`ra «Epos-bu xalqning qahramonlik g`oyasi 
ko`lamidagi jonli o`tmishidir». Uning ilmiy-tarixiy qimmati, ayni paytda juda katta 
ijtimoiy, madaniy-tarbiyaviy ahamiyati ham shundadir.
Folklorshunos olim Muhammadnodir Saidovning ta`kidlashicha, doston 
murakkab san`at asari bo`lib, uning doston bo`lishi uchun quyidagilar bo`lishi zarur: 
a) Ma`lum adabiy matn. 
b) Matnga mos musiqa. 
c) Kuylovchi xushovoz xonanda bo`lishi. 
d) Kuylovchi musiqa asboblaridan birini - sozni chala olishni bilishi. 
e) Kuylovchi shoirlik iqtidoriga va kuchli xotiraga ega bo`lishi. 
Bu ta`riflarning biri ikkinchisini to`ldiradi. Shuning uchun ham dostonlar 
sinkretik - omuxta janr hisoblanadi.
Xalq dostonlarining ijrochilari O`zbekistonning turli hududlarida turli nomlar 
bilan yuritiladi. Masalan, Surxondaryo va Qashqadaryoning ayrim joylarida baxshi
yuzboshi, Janubiy Tojikiston o`zbeklari orasida jirov, jirchi, irchi, oqin, oxun, 
sannoch yoki sannovchi, shoir, xalfa, kampir va hokazo.
Baxshilar - doston ijrochilari sifatida mashhur, iqtidorli, shoirtabiat odamlar. 
Hodi Zarifning yozishicha, baxshi so`zi mo`g`ulcha va buryatcha baxsha, bag`sha 
so`zlaridan olingan bo`lib, ustod, ma`rifatchi degan ma`nolarni beradi. O`zbeklarda 
baxshi keng ma`noda xalq dostonlarini kuylovchi, yodda saqlovchi va nasldan-naslga 
yetkazuvchi san`atkordir. Xalq orasida baxshi so`zi turlicha xarakterdagi ikki vazifani 
bajaruvchi shaxsga nisbatan qo`llangan. 
1. Doston kuylovchi. 


52 
2. Folbinlik qiluvchi. 
Uzoq o`tmishda bu ikki vazifani bir shaxs bajargan. 
Baxshilar xalq dostonlarini biror sozda, ko`p erlarda do`mbira, ayrim joylarda 
qo`biz yoki dutorda kuylaydilar. Xorazm baxshilari esa dostonlarni, asosan dutorda, 
torda ijro etadilar. Ularga g`ijjak va balomonda sozandalar jo`r bo`ladilar. 30-
yillardan boshlab Xorazm baxshilari dostonlarni asosan tor va rubobda kuylay 
boshladilar. Xorazmda ba`zan epik asarlarni yoki ularning parchalarini garmonda ijro 
etish hollari ham uchraydi. Xorazmda epik asarlarni, ulardan olingan parchalar va 
ayrim termalarni kuylovchi ijodkorlarning yana bir turi xalfalar, deb yuritiladi. 
Xalfachilik, asosan, ayollar orasida keng tarqalgan. Bibi shoira, Xonimjon xalfa, 
Ojiza, Onajon Safarova, Nazira Sobirova, Roziya Matniyoz qizi, Saodat 
Xudoyberganova, Poshsha Saidmamat qizi, Anbarjon Ro`zimetova, Anorjon 
Razzoqova kabilar xalfachilikda nom qozonganlar. Xalfalar ko`proq «Oshiq G`arib 

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin