Savollar:
1. Latifa nima?
2. Latifa qahramonlari kimlar?
3. Nasriddin Afandi obrazi qachon paydo bo`lgan?
4. Lof nima? Lof musobaqasining maqsadi nima?
5. Loflar qanday ahamiyatga ega?
ADABIYOTLAR:
10. Karimov «Yuksak ma`naviyat –yengilmas kuch». – T.: «Ma`naviyat»,
2008. – 176 b.
11. I..Karimov «O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida». – T.:
«O’zbekiston», 2011. – 440 b.
12. Madayev O. Sobitova T. Xalq og`zaki poetik ijodi.Akad. litseylar uchun
darslik – T.: «Sharq», 2010.6– 12 - betlar.
47
13. Madayev, Omonulla. O’zbek xalq og`zaki ijodi. – T.: «Mumtoz so’z»,
2010.– 228 b.
14. Safarov, Oxunjon. O’zbek xalq og`zaki ijodi. – T.: «Musiqa», 2010.–
368 b.
15. Masharipova Z. O`zbek xalq og`zaki ijodi. – T.: 2008. 162-169-betlar.
16. O`zbek folklori ocherklari. 2-jild. – T.: «Fan», 1988. 139-162- betlar.
AFSONA VA RIVOYATLAR
REJA:
1. Afsona janriga ta`rif.
2. Afsonalarning turlari.
3. Rivoyat janri.
4. Rivoyatlarning turlari.
5. Afsona va rivoyatlarning tarixiy va tarbiyaviy ahamiyati.
Afsona forscha so`zdan olingan bo`lib, fantastika, sehr-jodu hamda hayotiy
uydirmalar asos bo`lgan nasriy hikoyalarni bildiradi. Bu janr dunyodagi hamma
xalqlar og`zaki ijodining eng qadimgi va ommaviy janrlaridan biridir. O`zbek
folklorida ham qadimiy janrlardan biri hisoblanadi. Mahmud Koshg`ariy «Devonu
lug`otit- turk» asarida caw so`zining quyidagi ma`nolarini keltirgan: caw – otalar
so`zi; caw - qissa, qadimgi voqealardan xabar berish, aytish; caw – hikoya, biror
voqeani aytib berish; caw – risola, kichik kitobcha; caw – so`z, nutq; caw –
ilgarigi xabarlar, yangiliklarni etkazuvchi. Suu bilan birga olim «hikoyalarda faqat
o`tganlar haqida aytilishi shart emas», deb uqtiradi. Demak, qadimda afsona
atamasi o`rnida caw so`zi ishlatilgan.
Qadimgi yunon faylasufi Aristotel ta`biri bilan aytganda, afsonalar
«haqiqatdan xabar beruvchi yolg`on hikoyalardir». Afsonalarni qadimgi yunonlar
miflar deb ham atashgan. Ammo afsonalarni miflardan farq qilish lozim. Miflarda
ma`bud va ma`budalar ishtirok etadi hamda olamning va odamning yaratilishi
haqidagi ilohiy fikrlar asosiy o`rin egallaydi. Shuning uchun ham miflarni Sharqda
asotirlar deb atash rasm bo`lgan.
Afsonalar mavzu jihatdan rang-barang bo`ladi. Osmon, er, suv, shamol
kabilarning homiylari, ezgulik va yovuzlik ruhlari o`rtasidagi to`qnashuvlar yer
yuzida odamning paydo bo`lishi, narsa yoki hodisalarga taalluqli alomatlarni
maydonga kelish sabablari afsonalar mavzu doirasini tashkil etadi. Osmon, samo
jismlari: quyosh, oy, yulduzlar haqidagi afsonalarni folklorshunos olim Mamatqul
Jo`rayev «Samoviy afsonalar» deb ataydi.
Afsonalar g`oyaviy mazmuniga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi: 1) mifologik
afsonalar. 2) tarixiy voqea hodisalar haqidagi afsonalar.
48
Mifologik afsonalarga ajdodlarimizning qadimgi e`tiqodiy qarashlari tufayli
paydo bo`lgan tushunchalar bilan bog`liq afsonalarni kiritish mumkin. Masalan
«Kayumars», «Odami Od», «Er Xubbi», «Anbar Ona», «Hazrati Xizr» singari
afsonalar ibtidoiy dunyo qarash bilan chamcharbas bog`liq. Mifologik
afsonalarning qadimgi namunalari Abu Rayhon Beruniy asarlarida saqlanib
qolgan «Kayumars»dir. Bu afsona odamning paydo bo`lishi haqida yaratilgan
qadimgi miflar asosida yuzaga kelgan.
Mifologik afsonalarning Xizr nomi bilan bog`liq namunalari ham xalqimiz
orasida juda ko`p tarqalgan. Ularda hikoya qilinishicha Hasti Xizr cho`l piyri,
hosildorlik homiysi, sehr-jodu kuchiga ega bo`lgan o`lim bilmas, zarb o`tmas,
o`tda yonmas afsonaviy qahramon sifatida tasvirlanadi. Iskandar Zulqarnayn Xizr
va Ilyos payg`ambarlar bilan birgalikda umriboqiylik baxsh etuvchi obi hayot
mavjud quduqqa boradilar. Bu suvdan Iskandar ichib ulgurmaydi, Xizr va Ilyos
payg`ambarlar bu suvdan ichib o`lim bilmas xislatga ega bo`ladilar. O`shandan
buyon ular dunyoni kezib yurishadi. Xizr alayhissalom quruqlikda, Ilyos
payg`ambar esa suvda yo`lovchilarga ko`mak berishadi.
Xalqimiz orasida tarqalgan afsonalarning katta qismi tarixiy voqea va hodisalar
haqida bitilgan. Jumladan, «Devqal`a», «Shirin qiz», «Kaltaminor», «Ilonbuzgan»
kabi afsonalarni keltirishimiz mumkin. Bu afsonalar ma`lum bir tarixiy joylar,
qal`alar haqida yaratilgan bo`lsa-da, ularning syujetini ko`proq hayoliy epizodlar
tashkil qiladi.
Devqal`a afsonasi Sharqda mashhur bo`lgan «Farhod va Shirin» afsonasi bilan
bog`liq holda yaratilgan. Afsonada aytilishicha bahaybat Devqal`ani Farhod nomli
dev qurgan emish. U Xorazm Shoxining qizi Shirinni sevib qoladi hamda
uylanmoqchi bo`lib sovchi qo`yadi. Qizini devga berishni xohlamagan podshoh
jodugar kampirdan najot so`raydi. Jodugar esa Farhodga Qoraqum cho`lining
o`rtasida toshdan qal`a qurishni topshiradi. Dev uzoq tog`lardan tosh keltirib
qal`ani qura boshlaydi. Qal`a bitay deb qolganda jodugar podshohga maslahat
beradi. Bu maslahatga ko`ra 9000 ta yangi tug`ilgan bo`taloq, shuncha toychoq,
buzoq hamda qo`zichoq so`yishni maslahat beradi. Belgilangan vaqtda jodugar
dev oldiga boradi, shu payt Xorazm tomondan dahshatli hayqiriqlar eshitiladi. Bu
bolalari so`yilayotgan hayvonlarning ovozi edi. Farhod jodugardan «Bu qanday
yig`i?» deb so`raydi. Suunda jodugar: «Malika hozirgina vafot etdi, Shirinning
o`limiga butun Xorazm aza tutmoqda», - deb javob beradi. Bu xabardan dahshatga
tushgan dev so`nggi toshni osmonga uloqtiradi. Tosh tushib Farhodni halok etadi.
Devni sevib qolgan Shirin ham fojea ro`y bergan yerga yetib keladi va
sevgilisining murdasi tepasida o`ziga pichoq sanchib halok bo`ladi.
49
«Shirin qiz» afsonasida esa go`zallikda tengi yo`q Shirin ismli qizning go`zal
sifatlari, iffatli ayollarga xos axloq namunasi o`z ifodasini topgan. Aytishlaricha
Shirinning go`zalligi olamga mashhur bo`ladi. Oy u bilan bahslashmoqchi bo`lib,
taroziga chiqib bahs sinashadi. Shirin o`ng oyog`ini qo`ygan tarozining pallasi
og`irlik qiladi. Oy laylak bo`lib osmonga uchib chiqib ketadi. Hali hozirga qadar
oy hijolatdan yerga qaytib tusha olmay, osmonda qolgan. «Oyda nima uchun dog`
bor?» afsonasi ana shu voqeaga ishora qiladi.
Xalqimiz orasida islom dini bilan bog`liq bo`lgan «Hazrat Ali», «Yusuf
alayhissalom» kabi afsonalar ham mavjud.
Rivoyat hayotiy voqelarni hayotiy uydirmalar vositasida tasvirlovchi og`zaki
ijod janridir. Rivoyatlar afsonalardan haqiqatga yaqinligi bilan ajralib turadi.
Rivoyatlarda aniq tarixiy voqealarning ildizi mavjud bo`ladi
Bu janrga professor Oxunjon Safarov o’zinig O’zbek xalq og`zaki ijodi
darsligida quyidagicha ta’rif bergan: “…o’zbek xalq og’zaki ijodining qadimiy,
an’anaviy va keng tarqalgan janrlaridan biri bo’lgan va hayotiy voqealikni hayotiy
uydirmalar orqaliu bayin etadigan, biror ma’lumot haqida tinglovchiga xabar
berish maqsadida hikoya qilinadigan og’zaki nasriy asarga rivoyat deyiladi.”
Rivoyatlarni ikki turga bo`linadi: 1) tarixiy rivoyatlar. 2) toponimik
rivoyatlar.
Tarixiy rivoyatlarda qadimgi ajdodlarimizning yurt ozodligi yo`lidagi
mardonavor kurashlari va jasorati hikoya qilinadi. Masalan, To`maris, Shiroq,
Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Amir Temur haqidagi rivoyatlarni
eslashimiz o`rinlidir. Shuningdek, mashhur olimlar, shoirlar haqidagi rivoyatlar
ham ko`plab yaratilgan. Bu o`rinda Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Farobiy, Ibn
Sino, Ulug`bek, Alisher Navoiy, Mashrab haqidagi rivoyatlar diqqatga sazovor.
Alisher Navoiy bilan bog`liq rivoyatlarda ulug` shoirning xushyorligi,
tadbirkorligi, adolatparvarligi madh etiladi.
Ibn Sino bilan bog`liq rivoyatlarda buyuk tabibning o`ziga xos davolash
usullari, zukkoligi va tadbirkorligi haqida fikr yuritiladi.
Toponimik rivoyatlar joy nomi bilan bog`liq bo`lib, hikoya qilingan voqealar
o`tgan zamonda sodir bo`ladi. Bu rivoyatlarda izohlangan fikrlar har doim ham
to`g`ri bo`lavermaydi. Ularni xalq etimologiyasi deyish ham mumkin. Xalqimiz
orasida «To`rabekxonim maqbarasi», «Anda jon qoldi», «Odinajon»,
«Qo`rg`irot», «Cho’li Malik», «O`sh» singari mashhur rivoyatlar mavjud.
Afsona va rivoyatlar qadimgi ajdodlarimizning o`y-fikrlari, dunyoqarashi,
Shuningdek, o`zi yashab turgan hudud nomini bilishga bo`lgan qiziqishining
namunasi sifatida ham qadrlidir. Bu afsona va rivoyatlarda vatanparvarlik,
50
xalqparvarlik, odillik, mardlik, jasurlik, mehnatsevarlik singari ezgu fazilatlar
ulug`lanadi, ansincha, johillik, takabburlik, xiyonatkorlik, dangansalik, yovuzlik
kabilar beayov qoralanadi.
Shuni ham ta`kidlash joizki, zamondosh adiblarimiz qadimgi afsona va
rivoyatlardan unumli foydalanib, o`z asarlarining mazmunini boyitishga harakat
qildilar hamda muvaffaqiyatga erishdilar.
Dostları ilə paylaş: |