O'zbekiston respublikasi



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə12/170
tarix11.04.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#96119
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   170
Abdullayev I.S. Marketing Darslik 2020

1.6.1-jadval


Marketingning an’anaviy konsepsiyasi

i Marketingning an’anaviy konsepsiyasi | Fokus Mahsulot


Vosita Sotish j Yakuniy Maksimal savdo orqali maqsad foyda


Marketingning zamonaviy konsepsiyasi


Zamonaviy marketing konsepsiyasi iste’molchilaming istaklari va ehtiyojlarini yetaklovchi xususiyat deb hisoblaydi va ushbu ehtiyojlami eng samarali ta’minlashi mumkin boigan tovarlar va xizmatlami yetka­ zib berishga e’tiborini qaratadi. Shu sababli, marketing iste’molchilar- ning ehtiyojlarini aniqiash bilan boshlanadi, keyin uni maksimal dara- jada qondirishni ta’minlay oladigan mahsulot va xizmatlar ishlab chiqa- rishni rejalashtiradi. Boshqacha aytganda, mahsulot va xizmatlar xom- ashyo va texnika mavjudligiga ko‘ra emas, balki mijozlaming ehtiyoj­ lariga ko‘ra rejalashtiriladi. Bundan tashqari, barcha tadbirlar (tadqiqot va ishlab chiqarish, sifat nazorati, taqsimlash, sotish va boshqalar) iste’molchilaming ehtiyojini qondirishga yo‘naltiriladi. Zamonaviy konsepsiyaning asosiy xususiyatlari quyidagilar.

  1. ushbu konsepsiyaning asosiy maqsadi mijozlarga yo‘naltirilgan. Marketing faoliyati iste’molchilaming ehtiyojlarini baholash bilan bosh­ lanadi va bu ehtiyojlami samarali qondiradigan mahsulot va xizmatlami ishlab chiqarishni rejalashtiradi. Shuningdek, narxlash, qadoqlash, tarqatish va sotishni qo‘llab-quvvatlash kabi boshqa barcha marketing amaliyotlari uchun ham amal qiladi,

  2. mahsulotni rejalashtirish, narxlashtirish, qadoqlash, tarqatish va sotish kabi barcha muvofiqlashtirilgan faoliyat turlari marketing harakati

25
sifatida birlashtiriladi. Bunga marketingni integratsiya qilish deyiladi. Bu quyidagilami nazarda tutadi:



  • iste’molchilaming ehtiyojlarini qondiradigan mahsulotni ishlab chiqish:

  • Iste’molchilar mahsulot, uning xususiyatlari, sifati, mavjudligi va boshqalar haqida bilib olishlari uchun reklama tadbirlarini olib borish;

  • maqsadli iste’molchilaming sotib olish qobiliyatini va to‘lovga tayyor bo lishini hisobga olgan holda mahsulot narxini belgilash;

  • mahsulotni yanada jozibador qadoqlash, baholash va iste’mol- chilami mahsulotni sotib olishga rag‘batlantirish maqsadida savdo-sotiq- ni rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirish;

  • iste’molchilaming ehtiyojlarini qondirish uchun turli xil boshqa choralami ko‘rish.

d) barcha harakatlaming asosiy maqsadi, mijozlar ehtiyojini qondirish orqali maksimal daromadga erishishdir. Bu shuni anglatadiki, agar mijozlar qoniqish hosil qilsa, ular mahsulot yoki xizmatni sotib olishda davom etadi va bu esa ko‘plab yangi mijozlar qo‘shilishiga sabab bo‘ladi. Bu, o ‘z navbatida, sotish hajmining ortishiga va shu bilan birga daromadlaming o‘sishiga olib keladi.






Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin