Marketing strategiyasiga asoslangan holda marketingning aso siy tamoyillari quyidagilar:
marketingni boshqarish-tegishli maqsadlarga erishishda turli vazifalami bajarish jarayonida marketingni boshqarish faoliyati;
rejalashtirish -turli marketing dasturlarini yaratish, marketing fao liyatini uzoq, o ‘rta va qisqa muddatli rejalashtirish;
bozor tadqiqotlari -korxonaning iqtisodiy sharoitlari va ta’minot imkoniyatlari;
segmentatsiya-eng muhim bozor segmentlarini izlash va ular uchun tovarlarni yetkazib berish;
moslashish-real va potensial talabga nisbatan moslashuv jarayoni.
innovatsiya-yangi tovar yaratish.
rag‘batlantirish-tovami targ‘ib qilish, tovar haqidagi axborotni iste’molchilarga yetkazish. Mazkur marketing tamoyillariga qat’iy rioya qilish kompaniya tomonidan qo‘yilgan maqsadlarga erishish imkonini beradi.
Biznes nuqtayi nazaridan marketingning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
rejalashtirilgan biznes ko‘rsatkichlariga erishish;
tovarlarni realizatsiya jarayonini samarali boshqarish;
samarali marketing siyosati va strategiyasini tanlash;
korxona maqsadlarini uning imkoniyatlar va moddiy resurslari bilan muvofiqlashtirish uchun kompleks yondashuvdan foydalanish.
Bozor faoliyati nuqtayi nazaridan marketingning asosiy tamo yillari quyidagilardan iborat:
tovar bozordagi holat va ishlab chiqaruvchi imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, iste’moichi ehtiyojini qondirishi kerak;
tovarlarni bozorda realizatsiya qilishda eng samarali yo‘lni tan lash kerak;
35
bozor ulushini oshirish yoki uzoq muddat saqlab turish;
bozor bilan samarali muloqotni ta’minlash, barcha mavjud rekla ma vositalaridan samarali foydalanib, talabni faol ravishda shakllanti- rish.