30
Bozorhaqidama’lumot (axboroti). Iste’molchilaming ehtiyojlari ni, istaklarini va talablarini aniqlash va keyinchalik aniq mahsulotni va xizmatlami muvaffaqiyatli sotish uchun turli qarorlar qabul qilish uchun aniqlangan m a’lumotlami tahlil qilish marketingning eng muhim vazifa- laridan biridir. Tahlil maqsadi tashkilotning ichki zaif tomonlarini va kuchli tomonlarini, shuningdek, maqsadli bozoming siyosiy-huquqiy, ijtimoiy va demografik ma’lumotlarini baholashni o‘z ichiga oladi. Bu ma’lumotlar bozor segmentlarida ham qo‘llaniladi.
Bozornirejalashtirish. Bozomi rejalashtirish firmaning marketing maqsadlariga erishishga qaratilgan. Ushbu maqsadlar bozordagi ustun- likni yoki bozor ulushini oshirishni o ‘z ichiga olishi mumkin. Bozomi rejalashtirish funksiyasi ishlab chiqarish darajalari, qo‘llab-quwatlash (promotion) va boshqa harakat dasturlarini qamrab oladi.
Ayirboshlashfunksiyasi. Sotib olish va sotish - marketingning ayirboshlash funksiyalari hisoblanadi. Ular mijozning talablarini qondi- rish uchun firma takliflari yetarli miqdorda bo‘lishini ta’minlaydi. Ayir boshlash funksiyalari reklama, shaxsiy sotish va savdoni maksimallash- tirish orqali qo‘llab-quvvatlanadi.
Mahsulotniloyihalashtirishvarejalashtirish. Mahsulot dizayni mahsulotni maqsadli bozorga jalb qilishda yordam beradi. Bugungi raqobatbardosh bozor sharoitida nafaqat mahsulot xarajatlari, balki mah sulot dizayni, mosligi, shakli, uslubi va hokazolar ishlab chiqarish ja- rayonida qarorlar qabul qilishda juda katta ahamiyatga ega.
Fiziologiktaqsimlash. Marketingning fiziologik taqsimlash funk siyalari transport va saqlashni o‘z ichiga oladi. Yuk tashish funksiyasi ishlab chiqarish joylaridan mahsulotlami xaridorlarga qulay joylarga ko‘chirishni va saqlash vazifasini mahsulot sotilguncha ushlab turishni o‘z ichiga oladi.
Standartlashtirishvabaholash. Standartlashtirish oldindan belgi- langan spetsifikatsiyalarda mahsulot ishlab chiqarishni o‘z ichiga oladi. Standartlashtirish mahsulot taklif etilgan sifat va miqdorga javob beri- shini kafolatlaydi. Bu mahsulot ishlab chiqarilishida bir xillik va mus- tahkamlikka erishishda yordam beradi. Baholash - har xil guruhlardagi m a’lum predmetlarga asoslangan mahsulotlami tasniflashni anglatadi. U oichov, vazn va hokazolami nazorat qilish standartlarini o‘z ichiga oladi. Baholash narxlash qarorlarida ham yordam beradi. Yuqori sifatli tovarlar va xizmatlar yuqori narxlami jalb qiladi.