O'zbekiston respublikasi


Marketingni zamonaviy konsepsiyasi Marketingni zamonaviy konsepsiyasi



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə13/170
tarix11.04.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#96119
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   170
Abdullayev I.S. Marketing Darslik 2020

Marketingni zamonaviy konsepsiyasi Marketingni zamonaviy konsepsiyasi


j Iste’molchilar ehtiyoji Marketing harakatlarini
koordinatsiyalash

1.6.2-jadval


Yakuniy maqsad
Iste’moichi ehtiyojini qcondirish
! orqali daromad olish

Biznesning ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligi anglab yetilganda, marketing ijtimoiy ehtiyojlami inobatga olish va iste’molchilami ehtiyojlarini qondirish darajasining sifatini oshirishini kafolatlashga va jamiyatning uzoq muddatli manfaatlariga e’tibor qaratishi kerak.


Zamonaviy marketing konsepsiyalari juda keng va iste’molchiga qaratilgan boiadi, bu oddiygina ishlab chiqarilgan tovarlarni iste’mol­ chiga yetkazish emas, balki “mijozlar auditoriyasi”ni shakllantirish va ular har birining ehtiyoj va xohishlariga binoan mahsulot yaratishni ang-

latadi. Shu sababli sotuvchilar uchun iste’molchilami tushunishda zamo- naviy marketing konsepsiyasi muhim hisoblanadi va bu orqali sotuvchi duch kelishi mumkin bo‘lgan muammolarga yechim topadi.
Ijtimoiy marketing konsepsiyasi. Bu konsepsiya shuni anglatadiki, kompaniyalar faqatgina iste’molchi uchun emas, balki jamiyat uchun ham faoliyat ko‘rsatishadi. Kompaniya daromadi, iste’molchi xohishi va jamiyat farovonligi o ‘rtasida balans ta’minlanadi.


    1. Mijozlarni ushlab turish va loyallik




Xaridor talabini qanday qondirish mumkin? Kim yutqazishni xohlaydi albatta hech kim, o‘matishlar shuni ko‘rsatadiki, xaridomi manzur qila olgan kompaniya doim muvaffaqiyatga erishgan. Xaridomi qayta sotib olish uchun jalb qila olish muhim ahamiyatga ega. Xaridorlami ushlab turish uchun bir qancha tavsiyalar mavjud bo‘lib ulardan ba’zilarini keltirib o‘tamiz:

  1. So‘rang, tinglang va muloqotga kirishing - har doim mijozni o‘zi kutgan narsasi bilan ta’minlang. Xaridor uchun kerakli narsa haqida eshita oling. Yaxshi tinglovchi yaxshi sotuvchi ham bo‘la oladi. Xaridomi tinglay olish uning ehtiyojiga eng mos keluvchi tovami yaratishda muhim ahamiyatga ega.

  2. Berilgan va’dalami bajarishga harakat qiling. Xaridoming tovar, uning narxi va yetkazib berish bilan bog'liq xizmatlarda tushunmovchi- liklaming oldini olish sotish paytida muhim rol o‘ynaydi. Ishonchlilik har qanday munosabatlarning muhim qismi sanaladi. Ishonchni yo‘qotish biznesda katta yo‘qotishlarga olib keladi.

Bu qoida biznesning barcha elementlari, shu jumladan, turli kelishuvlar va ularning muddatlarini o‘z ichiga oladi.

  1. Xaridorlar bilan do'stona munosabatda boMing, xaridorga doimo u kutgan narsadan ham ko‘prog‘ini berishga harakat qiling. Har bir xaridor unga xuddi muhim insondek munosabatda bo‘lishlarini xohlaydi.

  2. Innovator bo‘ling. Xaridor bozordagi yangi narsalami qidirishga o‘ch bo‘ladi. Birozgina innovatsiya yangi xaridorlami jalb qilishda yordam beradi. Bu esa, o‘z navbatida raqobatchilar orasida bozor ulushingizning oshishiga olib keladi.

  3. 0 ‘z tovaringizga ishoning. Sotish bu shunchki ishonchning alma- shinuv jarayonidir. Bu boshqalarga ham ushbu tovarga nisbatan ishonch

27
uyg‘otish hisoblanadi. Bundan tashqari, o‘zingiz ishongan narsaga bosh- qalami ham ishontirish osonroq kechadi.



  1. Jilmaying, kulishni bilmaydigan odam do‘kon ochmasligi kerak. Kulgu - siz xaridor haqida pozitiv fikrda ekanligingizni bildiradi. Bu esa sizga xaridor bilan muloqotga kirishishda qulaylik tug‘diradi.

  2. Beshta W ning kuchini tushuning. Sotuvchi uchun xaridoming muammolarini tushuna olish muhim ahamiyatga ega. Ushbu muammo-lami to‘g‘ri aniqlash uchun 5 W ni yaxshi tushunish talab etiladi Who? (Kim/) What? (Nima?) Where? (Qayer?) When? (Qachon?) Why? (Nega?). Bulaming barchasi muammoni osonlik bilan aniqlashda yordam beradi.

  3. Oltin qoidani eslang, o‘zingizni xaridor o'miga qo‘yib ko‘ring. Agar siz xaridor bo‘lganingizda, o‘zingizni qanday tutar edingiz, shundan kelib chiqib, xaridor bilan muloqotga kirishing.

Xaridorlaming tovar sotib olish uchun qaytib kelish va kompaniya xizmatlaridan qanchalik ko‘p foydalanish darajasi ularning sodiqligini ifodalaydi. Xaridorlar kompaniyaga sodiqlik darajasiga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratiladi:


Yuqori





Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin