Axborot marketingning poydevori
Marketingni samarali amalga oshirish uchun korxonalar iste’molchilaming xohishlari va ehtiyoji, bozor talabi, raqobat, tarqatish kanallari va boshqalar haqida m aium otga muhtojdir. Ushbu m a’lumotlar muntazam yangilanib turishi kerak, chunki korxonalar dinamik muhitda ishlaydi:
texnologiyalardagi o‘zgarish - bu o‘zgarish yangi mahsulotlami ishlab chiqarish va yangi ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish ga y o i ochadi (masalan, raqamli gadjetlaming yaratilishi(book reader) bosma kitoblarga talabni kamaytiradi);
iste’molchilarning dididagi o‘zgarishlar - ba’zi mahsulotlarga boigan talab ba’zida keskin kamayadi, boshqa mahsulotlarga ehtiyoj esa o ‘sadi.
raqobatbardosh mahsulotlarning o‘zgarishlari - yangi raqobat mahsulotlarini joriy etish yoki narx-navo siyosatidagi o ‘zgarishlar mah- sulotga boigan talabga sezilarli darajada ta’sir qilishi mumkin.
iqtisodiyotdagi o‘zgarishlar - iqtisodiy muhitning yaxshilashishi yoki yomonlashishi milliy yoki mintaqaviy darajadagi daromadga ta’sir qiladi. Bu jarayon turli mahsulotlar turli xil tarzda ta’sir qilishi mumkin, masalan, kundalik zarur mahsulotlar va oziq-ovqat mahsulotlari.
M alhotra, Naresha K. (2002), Basic M arketing Research: A Decision-M aking Approach,
Upper Saddle River, NJ: Prcntice Hall, ISBN 978-0-13 -376856 -5 , . .
45
Kompaniyalar samarali faoliyat yuritishi uchun qanday ma’Iu- mot kerak bo‘lishi mumkin? Bu savolga quyidagicha yondashish mumkin:
Bizning xaridorlarimiz kimlar?
Ular yoshmi yoki keksa; erkakmi yoki ayol; mahalliy xaridormi yoki milliy, xalqaro; ulaming daromadi qanday?
Mijozlar bozordagi qarorlami qanday qabul qilishadi?
Ular mahsulot xarid qilishda qanday m a’lumotlar haqida fikr yuritishadi? Ulaming qaror qabul qilishi uchun qancha vaqt ketadi? Ular mahsulotlami o‘rinbosar mahsuloti bilan solishtiradimi?
Bizning mahsulotimiz bozorda qanday sotilmoqda?
Sotuv darajasi o‘smoqdami / kamayaptimi yoki barqarormi? Bozor sig'imi o‘sib bormoqda / qisqarmoqdami yoki barqarormi; biz kompa niyaning bozor ulushini oshiryapmizmi?
Raqobatchilar tomonidan yangi mahsulotlami joriy qilmoqdami?
Raqobatchilar tomonidan yangi taklif etilgan mahsulot narxi arzonmi yoki qimmatroq, unda qanday yangi xususiyatlar mavjud, raqo- batchi kompaniya o‘z mahsulotini qanday sotmoqda va targ‘ib qilmoq- da?
Bozordagi о ‘zgarishlarga qanday qilib muvaffaqiyatli javob bera olamiz?
Biz yangi mahsulotlami ishlab chiqannoqdamiz yoki eski mahsulot lami o‘zgartira olamizmi? Mavjud mahsulotlami yangi bozorlarga chiqarishimiz kerakmi? Ushbu o ‘zgarishlar kompaniyaning korporativ maqsadlariga mos keladimi?
Dostları ilə paylaş: |