O'zbekiston respublikasi



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə29/170
tarix11.04.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#96119
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   170
Abdullayev I.S. Marketing Darslik 2020

Kompaniyalar o‘z faoliyatida qanday hajmdagi axborotga muhtojlik sezishadi? Bu ham firma faoliyatida muhim masalalardan biri hisoblanadi va quyidagicha ifodalanadi:

  • Amaliyotchi marketologlar odatda yetarli marketing axborotlarini to‘plashda yoki yetarlicha aniq va ishonchli axborotga ega bo‘lishda qiyinchilik sezishadi. Qaror qabul qilishda bu axborotlar juda muhim hisoblanadi, lekin amaliyotda bu jarayon quyidagicha yuz beradi:

- ko‘pgina marketing qarorlari to‘liq bo‘lmagan va ishonchsiz m a’lumotlarga asoslanadi. Chunki barcha to‘plash mumkin bo‘lgan m a’lumotlar mavjud emasligi; ma’lum bir hodisa yoki jarayon bo‘yicha axborot to‘plashning ba’zi hollarda ko‘plab xarajat yoki vaqt talab qilishidir.
46
Kompaniya yoki biznes tashkilotlari o ‘z faoliyatini samarali tashkil qilish va yuritishda zarur bo‘lgan axborotlami qay tarzda qo'lga kiritishadi?


3 3 . Marketing axborot tizimi va uning xususiyatlari


Marketing axborot tizimi - marketing bo‘yicha barcha masalalarda qaror qabul qiluvchiga barcha zarur m a’lumotlami va axborotlami taqdim etuvchi mexanizmdir; tovarlar yoki xizmatlar, narx, reklama, sotish, tanlov va boshqalar haqida muntazam axborot oqimini beradigan tizim hisoblanadi. Tashqi atrof-muhit komponentlarini tekshirish va monitoring qilishning muhim texnologiyasi marketing axborot tizimidir. Ko‘pgina adabiyotlarda marketing axborot tizimi marketingning hayot qoni ham deyiladi, chunki marketing axborot tizimi turli manbalardan muhim ma’lumotlami to‘playdi, tahlil qiladi va qaror qabul qiluvchiga tarqatadi.


Marketing menejerlari mijozlaming o‘zgaruvchan istak va ehtiyoj- lami aniqlash uchun muntazam m a’lumotga muhtojlik sezishadi. Bun- dan tashqari, raqobatchilaming kuchli va zaif tomonlarini bilish va taq- simlash kanalini samarali amalga oshirish uchun axborot zarurdir. Haqi- qatan ham, menejer nima bo‘lishidan qat’iy nazar, faqat aniq va ishonch- li m a’lumot yordamida samarali faoliyatini amalga oshiradi. Axborotsiz biron bir masala bo‘yicha qaror qabul qila olmaydi. Shunday qilib, ratsional va samarali qaror qabul qilish uchun biznesni tashkil qilishda marketing axborot tizimi ishlab chiqilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Faktlar, baholashlar, fikr va boshqalar marketing axborotlari tarkibi- ga kiradi. Bu axborotlar asosida muhim qarorlar qabul qilinadi, lekin axborot albatta to‘liq, aniq va yangilangan bo‘lishi kerak. Umuman olganda, biznes tashkilotlari yoki kompaniyalar marketing axborot tizimi orqali iste’molchilaming tovaming o ‘ziga xos xususiyati (hajmi, dizayni, turi, sifati); ma’lum vaqtdagi talab miqdori; iste’molchilar tomonidan afzal ko‘rilgan mahsulot yoki xizmat narxi; iste’molchilar tomonidan tanlangan kanal taqsimoti; xaridorlarning motivlari; raqobatning mavjud darajasidagi dilerlaming xatti-harakati; hukumat siyosatining bozorga ta’siri haqida m a’lumot olishni xohlashadi. Marketing axborot tizimi muntazam ravishda amalga oshiriladigan, hech qachon to‘xtab qolmaydigan jarayon hisoblanadi, chunki marketing
47
menejerlari uning yordami bilan rejalar, dasturlar, siyosat, strategiyalar va boshqalami ishlab chiqishadi. Inson faoliyati, mashinalar, texnologiyalar va boshqalar shunga o‘xshash narsalar marketing axborot tizimining ajralxnas qismidir. Kompaniyadagi maxsus xodimlar har qanday marketing qarorlarini qabul qilish uchun muntazam ravishda marketing axborot tizimidan foydalanishadi. Turli xil olimlar va marketing mutaxassislari marketing axborot tizimi haqida turlicha ta’riflashadi:
Filipp Kotler marketing axborot tizimini quyidagicha ta’riflaydi: "...marketing axborot tizimi - odamlar, uskunalar va jarayonlardan
iborat bo‘lib, marketing qaror qabul qilish uchun kerakli, o ‘z vaqtida va to ‘g ‘ri m a’lumotlarini saralaydi, tahlil qiladi, baholaydi va tarqatadi.”22
Uilyam Stantonning fikriga ko‘ra, "Marketing axborot tizimi mar­ keting qarorlarini qabul qilishda foydalanish uchun axborotni yaratish, tahlil qilish, tarqatish, saqlash va olish bo'yicha muntazam ravishda tashkil etiladigan jarayondir.”23
Busch va Xyustonning fikriga ko‘ra, "Marketing axborot tizimi marketing qarorlarini qabul qilishda foydalanish uchun axborot manba- larini yaratish va tartibga solish uchun yaratilgan tuzilmalar, shaxslar, mashinalar va jarayonlardan iborat.”24
Korxonalarda axborot tizimi ichki va tashqi axborotlarga bo'linadi. Korxona ichki axborot tizimi muayyan faoliyatining joriy xarajat-
lari, sotuv hajmi, ombordagi mahsulot qoldig'i, mavjud va kelishi kutila- yotgan xaridorlar, ta’minlovchilar ко Tam i va boshqa marketing faoliya- tiga bog'liq bo'lgan axborotning o‘z vaqtida jamlanishini, qayta ishla- shini va undan foydalanishni nazarda tutadi. Bu yerda muhim o'rinni axborot qay tarzda, qancha vaqt mobaynida yig‘ilishi, umumlashtirilishi egallaydi. Axborot olish tezligi, sifati esa qaror qabul qilishda samarali ahamiyat kasb etadi. Demak, axborotga bo'lgan ehtiyojni o ‘z o ‘rnida va aniq belgilash hamda firma faoliyatida undan foydalanish jihatlarini aw alroq belgilab olish lozim.

  1. Kotler, P., M arketing M anagement (M illennium Edition), Custom Edition for University o f Phoenix, Prentice Hall, 2000, p. 9; Quelch, J .A. and Jocz, K.E., A ll Business is Local: Why Place M atters M ore than Ever in a Global, Virtual World, Penguin, 2012, p. 4

  2. Stanton, W illiam J (1984). Fundamentals o f marketing. M cGraw-Hill.

  3. Paul S. B usch. M ichael J. Houston. Marketing: Strategic Foundations. R.D. Irwin, 1985. ISBN 0256028435, 9780256028430. 903 pages.

48
Marketing tashqi xabamoma - axborot tizimi marketing va tijorat faoliyatiga xos bo‘lgan barcha olinadigan xabarlar, uslubiy ishlanmalar natijalaridan tashkil topadi. Kundalik matbuot (ro'znoma va maxsus jumallar), ta’minotchi va iste’molchilar bilan bo‘lgan muloqot natijalari, reklama e’lonlari va boshqalar bevosita xabarnomani olish manbai bo‘li- shi mumkin. Marketing axborot tizimining asosiy xususiyatlari uzluksiz jarayon, aniqlik, ishonchlilik va to‘liqlik, barqarorlik va mavjudlik, o‘za- ro bog‘liq komponentlar, to‘g‘ri vaqt va hokazolardir. Ular quyidagi

      1. -chizmada aniq ko‘rinadi:




Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin