O'zbekiston respublikasi



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə25/170
tarix11.04.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#96119
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   170
Abdullayev I.S. Marketing Darslik 2020

Konversion marketing - salbiy talabni bosib o ‘tishga yordam beradi, ya’ni yo‘q joyda talabni vujudga keltiradi, bunga ishontirish va tovar to‘g ‘risidagi yolg‘on m a’lumotlami inkor etish orqali erishiladi. Masalan, urushdan keyingi yillarda sotuvda, sanoatda ishlab chiqilgan mayonez paydo boidi. Xaridorlar buni tezda qabul qilmadilar. Faqatgina reklama vositasi bilangina mahsulotga talab vujudga keltirildi va taklif muvozanatlashtirildi.
Rag'batlantiruvchi marketing - talabni uyg‘otadi, tovarlar xaridor- ni qiziqtirmasa va bugungi kunda o‘z qiymatini yo‘qotgan bo‘lsa, tovar­ lar noto‘g'ri joylashtirilgan bo‘lsa va boshqa bir necha hollarda talab
40
mavjud bo‘lmasligi mumkin. Bunday sharoitda rag‘batlantiruvchi mar­ ketingning maqsadi iste’moichi bilan tovar o‘rtasida foydali o ‘zaro aloqa o‘matishdan, imkoniyatlami yaratishdan va shunday qilib, talabni yara- tishdan iboratdir.
Potensial talab mavjud, uni real talabga aylantirish kerak. Bu sharoitda rivojlanuvchi marketing turidan foydalaniladi. Potensial talab­ ni real talabga aylantirish uchun birinchi navbatda yangi tovarlar yara­ tish ustida ishlash kerak, ya’ni talabni yangi sifat darajasida qondirishga erishish kerak. Rivojlanuvchi marketing - yashirin talabni qamrab oluv- chi va uni real talabga aylantiruvchidir.
Talabning pasayishi turli davrlarda har qanday tovar duch keladigan hodisa. Bu holatda remarketingdan foydalaniladi. Remarketingning maqsadi talabni tiklash zarurligini bildiradi, ya’ni, tushib borayotgan talabni jonlantirishdir.
Talab o‘zgarib turadi, talabni barqaror tutib turish kerak. Bu holatda sinxromarketing turidan foydalaniladi. Sinxromarketing - tebranib tu- ruvchi talabni nisbatan barqarorlashtirishga va uni tartibga solishga yordam beradi. Bunday talab mavsumiy va boshqa tebranishlar bilan xarakterlanadi. Buning natijasida tovar taklifi talabga to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun sinxromarketingning strategiyasi talab va taklif me’yo- rini tekislashdan iborat.
Talab firmaning imkoniyatlariga aniq javob beradi, talabning bir tekisda boTishiga erishish kerak. Bu sharoitda qo ‘llab-quwatlovchi marketing turidan foydalaniladi. QoTlab-quvvatlovchi marketing - tovarlar va xizmatlar assortimentini toidirish, yangilash va narxlami pasaytirish orqali mavjud boTgan talab va ehtiyoj darajasini saqlab qolishga imkon beradi. Shuningdek, bozorda tovarlarga boigan talabni yuqori darajada ushlab turishga va raqobatda muvaffaqiyat qozonishga olib keladi.
Talab haddan tashqari yuqori, talabni pasaytirishga erishish lozim. Bu holatda demarketing turidan foydalaniladi. Demarketing maqsadi narxni ko‘tarish, servisni qisqartirish yoTi bilan talabni vaqtinchalik yoki surunkasiga pasaytirishdan iborat.
N osogiom talab sogTiq uchun zararli boigan tovarlarga nisbatan paydo boiadi. Bunda qarama qarshi harakatlanuvchi marketing noratsional ehtiyojlami qondiruvchi talab va xizmatlarga b oigan talabni

41
kamaytirish yoki butunlay yo‘q qilishga xizmat qiladi. Bunga antirek- lama vositasida erishiladi.





Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin