Tadqiqotyondashuvlari: ikkilamchi m a’lumotlar kitoblar, jumal- lar, hisobotlarda, intemetda va hokazolarda mavjud boiadi. Ammo aso siy m a’lumotlami to‘plash va bajarish uchun quyidagi tadqiqotlami o‘tkazish mumkin:
kuzatishgaoidtadqiqotlar. Tadqiqotchi faqatgina bozorda sodir boigan voqealami kuzatib m a’lumotni to‘plashi mumkingina bo‘lib qolmay va ba’zida mijozlar bilan sotib olish tajribasi haqida bilish uchun do‘stona suhbatlar ham o‘tkazadi;
etnografiktadqiqotlar: Bu kuzatish tadqiqotining shunday shak- liki, bunda tadqiqotchilar hech qanday bozor yoki laboratoriya sharoitida emas, balki haqiqiy hayotdagi holatini o ‘rganadi. Ushbu tadqiqotning maqsadi - odamlaming turmush tarzini (ulaming turmush tarzini); ular- ning hayotiy ehtiyoj larini qondirish uchun nima qilish kerakligini, mah sulot va xizmatlami qanday iste’mol qilish, shaxsiy va kasbiy hayotida kerak bo‘lgan narsalarga ehtiyojini bilishdan iborat;
fokus-guruhtadqiqotlari: Moderator tomonidan taqdim etilgan umumiy mavzuni olti nafardan o‘n nafar kishi muhokama qiladigan gumhiy muhokamaning shaklidir. Moderator - guruh muhokamasini olib boruvchi va guruh dinamikasida malakali, yetarli darajada tajribaga ega bo‘lgan shaxsdir. Guruh a’zolari tomonidan kerakli ma’lumot olinishi uchun moderator muhokama mavzusidan chiqib ketmaslikni va mavzu doirasida muhokama qilinishini nazorat qiladi;
so‘rovtadqiqotlari: Bu odatda mijozning mahsulot haqidagi bilimi, afzalliklari va qoniqish darajasi haqida bilish uchun tavsiflovchi tadqiqotdir. So'rovlarni o‘tkazishning eng yaxshi usuli so‘rovnomalar orqali amalga oshiriladi;
xatti-harakatlarma’Iumotlari: mijozning do‘kondagi haqiqiy xaridlari uning xatti-harakatini va mahsulot tanlovini aks ettiradi. Shunday qilib mijozlaming sotib olish jarayonini kuzatish mijozlaming so‘rovnomalarda berilgan javoblardan ko‘ra aniqroq m a’lumot beradi;