200
Hozirgi paytda rivojlangan davlatlarda servis faoliyatining strategiyasi va samaradorligi kriteriyalari o‘zgarmoqda:
servis korxonalarini boshqarish taraqqiy ettirilmoqda, boshqarish turlari (moliyalar, personal, krizis, innovatsiya mendjmenti va boshqa-lar) ko‘paytirilmoqda;
servis korxonasini ichidagi boshqaruv operatsiyalari rivojlantiril- moqda: konyukturani bashorat qilish, maqsadlarini ta’riflash, o‘z imko- niyatlarini baholash, sherik va ta’minotchilami tanlash va boshqalar;
moliyaviy instrumentlar to'plamiga (investitsiyalarni boshqarish, kreditlami jalb qilish, lizing, trast, faktoring, sug‘urta va boshqalar) murojaat qilish holatlarining mavjudligi;
turli texnologiyalami rivojlantirish (boshqaruv, tashkiliy, iste’ molchilarga xizmat ko‘rsatish texnologiyasi va boshqalar);
servis falsafasi chuqurlashib iste’molchiga yo‘natirilmoqda (mi- jozga yo'naltirilgan falsafa);
qattiq servis (xizmatni bajarishga mo‘ljallangan me’yorlami baja- rish) bilan bir qatorda yumshoq servis (iste’molchilami yakka talablariga javob berish uchun xizmat ko‘rsatishida qo‘shimcha operatsiyalami bajarish) ham faoliyat yuritmoqda;
to‘g‘ri servis bilvosita servis (sotilgan tovar, ko‘rsatilgan xizmat bilan bogiiq boimagan, balkim iste’molchi bilan yaxshi munosabatlami saqlashga qaratilgan) bilan toidirilmoqda.
Raqobat jangida narx siyosati, mahsulot narxi va sifatini o‘zaro optimal nisbati siyosatiga yo‘1 bermoqda. 0 ‘z o‘mida xizmatlar sifati uni standartlashtirish va xizmat ko‘rsatish jarayonini xavfsizligi bilan bogiiq.