O'zbekiston respublikasi


-chizma. Reklama yaratishdagi asosiy qarorlar



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə131/170
tarix11.04.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#96119
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   170
Abdullayev I.S. Marketing Darslik 2020

12.2.1-chizma. Reklama yaratishdagi asosiy qarorlar




Reklama maqsadi m a’lum bir vaqt ichida muayyan maqsadli auditoriya bilan amalga oshirilishi kerak bo‘lgan aniq aloqa vazifasidir. Reklama maqsadlari ulaming asosiy maqsadlari bo‘yicha tasniflanishi mumkin - mijozlami xabardor qilish, ishontirish yoki eslatish. Reklama- ning mohiyati ishlab chiqaruvchi manfaatidan kelib chiqib xaridorda tovami sotib olish to'g'risida tasavvur uyg‘otishi zarur. Reklamaga tovar ishlab chiqaruvchi o ‘z tovari bilan bozorga kirayotgani to‘g ‘risidagi axborot deb qarash lozim.


260

Bunda so‘z tovar iste’molchining ehtiyojini ma’lum darajada qondi- rayotgani haqida borayotganini tushunish muhim. Ishlab chiqaruvchi manfaati mahsulotini bozorda sotishga, xaridor manfaati esa o‘z ehtiyo­ jini qondirishga qaratilgan bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o‘rtasidagi kommunikativ aloqa reklama hisoblanadi. Reklama korxona va bozor o ‘rtasidagi butun aloqa tizimini o‘z ichiga oladi. Iste’molchi reklama qilinayotgan tovar to‘g ‘risida malakali bilimga, ya’ni tasavvur- ga ega boiishi kerak. Reklama xabarlari shunday boiishi zarurki, u iste’molchida tovarga nisbatan ijobiy munosabat uyg‘otishi va uni sotib olishga ishonch uyg‘ota olishi lozim. Reklama mazmuniga kelganda, unga tovarlarni va ularning iste’mol qilish xususiyatini tashviqot qilish deb qaralishi shart. Ayrim qarash va g‘oyalaming shakllanishi tashviqot qilish reklamani rivojlantirishning yangi imkoniyatlarini ochadi.
Marketing faoliyati tajribasi shuni tasdiqlaydiki, reklamaning ta’sir-
chanligi unga tovarlarni ishlab chiqaruvchidan tortib iste’molchiga b o i ­ gan harakat tizimidagi o‘miga nechogii ahamiyat berilishiga bogiiqdir. Reklamaning samaradorligi esa jamoatchilik fikrining shakllanishi va iste’mol narxlarining o ‘zgarishi bilan oichanadi.
Reklama maqsadlarini aniqlagandan so‘ng, kompaniya har bir mahsulot uchun reklama budjetini o‘matadi. Tovaming reklama budjeti mahsulotning hayotiy aylanish davridagi bosqichiga bogiiq. Masalan, yangi mahsulotlar, odatda, sezgirlik yaratish va iste’molchilami o‘ziga jalb qilish uchun nisbatan katta reklama xarajatlarini talab qiladi. Aksin­ cha, yetuk brendlar, odatda, savdoga nisbatan kamroq xarajatni talab qiladi. Reklama savdodagi texnologiya jarayonining tarkibiy qismidir. Modomiki, tovar sotish chakana savdodagi asosiy texnologiya jarayoni ekan, reklama ham xaridomi e ’tiborini tortganda, uning talab va ehtiyoj i aniqlangan paytdan, tovami oqilona ko‘z-ko‘z qilishdan boshlanadi. Reklama tovaming xususiyatlari va sifati uni ishlatish, iste’mol qilish usullari to‘g ‘risida o ‘z vaqtida maslahat berish, do‘konlardagi texnolo­ giya jarayonlarini tashkil etishda muhim o ‘rin tutadi. So‘ngra, biror tovarga qo‘shib olinadigan tovarlarni tavsiya etish ham reklamaning diqqat markazida boiishi kerak. Chakana savdodagi reklamani qoilash joyiga, vazifasiga texnikaviy vositalami qoilash va ulardan foydalanish uslublariga qarab bir-biridan farq qiladi.
261
Qoilanish joyiga ko‘ra reklamalar do‘konga kiruvchi xaridorlarga m oijallangan do'kon ichidagi va butun aholiga qaratilgan do‘kon to‘g ‘- risidagi turlarga bo‘linadi.
Vazifasiga ko‘ra reklama vositalari aholining muayyan kategoriya- lari va guruhlariga (maktab o‘quvchilari va ulaming ota-onalariga, ishchilarga, parhez taomga muhtoj boigan kishilarga va shu kabilarga) m oijallangan boiadi.
Texnikaviy vositalami qoilash va ulardan foydalanish uslublariga ko‘ra reklama quyidagi turlarga boiinadi:

  1. vitrina-ko‘rgazma reklamasi (deraza va do‘kon ichkarisiga o ‘ma- tilgan vitrinalar, do‘konlardagi va boshqa jamoat joylaridagi tovar k o ‘r- gazmalari);

  2. tasviriy, fotografik yoritilgan reklamalar (do'konlarning tamg‘a- lari, reklama yozuvlari, plakatlar, preyskurantlar, ko‘rsatkichlar, eion- lar);

  1. bosma reklama (varaqalar, kataloglar, prospektlar, gazeta va jur- nallardagi eionlar);

  2. namoyish reklamasi (mahsulotlami tatib ko‘rish, kiyim-kechak- ning yangi modellarini namoyish qilish va shu kabilar);

  3. kino-televizion va diapozitiv reklamasi;

  4. ovozli reklama.

Reklama vositalari esa ma’lum darajadagi kishilami o ‘ziga jalb etish maqsadida reklama murojaatlariga (to‘g‘ri aloqa reklamasi, maketlar, jamoat transportidagi turli yozuvlar, savdo binolarini reklama jihatidan bezash) tayanadilar. Reklama - bu ommani xabardor qilish usulidir. Iste’molchilar bilan yaqin aloqa o‘matishda ommaviy axborot vositalari unga yordam qiladi.
Savdo reklamasining o‘ziga xos xususiyati xaridomi chorlash va chiqarishdan iborat. Shu bilan birga, savdo reklamasi aholi salomatligi y o iid a tovarlaming ayrim turlarini iste’mol qilishni ko‘paytirish maqsa­ dida ularga ta’sir o‘tkazish vositasidir.
Xalqning turmush darajasi osha borishi, savdoga boigan talablar kuchayishi, ko‘pincha, yangi talablar qo'yilishi reklama bilan bogiiqdir, chunki, savdo xalq iste’molini qondirish jarayonidir. Reklama savdo madaniyatini oshirishga koinaklasbm ogi lozim. Reklama yaxshi yoiga qo‘yilgan b o isa, xaridorlar o ‘zlariga zarur tovarlarni tez topib, oson va ko‘p vaqt sarflamay sotib oladigan boiadilar. Shu tariqa tovami sotish
262
tezlashadi, savdo xodimlari mehnatining samaradorligi ortadi, muomala chiqimlari kamayadi. Savdo reklamasi alohida hammaga ma’lum bo‘l- gan ba’zi bir tovarlar to‘g ‘risida foydali m a’lumotlar berish, shu tovar- laming xususiyatlari, qimmatli jihatlari, ulami ishlatish usullarini tu- shuntirishi kerak. Reklama maqsadlarini amalga oshirish uchun reklama strategiyasi ishlab chiqiladi. Reklama strategiyasi ikkita asosiy element- dan iborat:
• reklama xabarlarini yaratish;
• reklama vositalarini tanlash.
Budjet qanchalik katta bo‘lmasin, reklama faqat iste’molchilar bilan shug‘ullangan va yaxshi muloqot qilgan taqdirda muvaffaqiyatga erishi- shi mumkin.
Reklama samaradorligini o‘lchash va reklama investitsiyalarining daromadliligi aksariyat kompaniyalar uchun juda muhim masaladir.
Reklama uchun har qanday xarajatlar to‘lanishi kerak, ya’ni savdo o ‘sishi bilan foyda keltirishi kerak. Salbiy moliyaviy natijaga olib kela­ digan reklama kompaniyalari samarali emas. Har safar birinchi qadam aniq moliyaviy natijani hisoblash, ya’ni, foyda minus reklama, xarajat­ larini ko‘rib chiqing va uni reklamasiz davr bilan taqqoslang. Ko‘pgina kompaniyalar reklama uchun sarflayotgan mablag‘lari qanday darajada samara berayotganini bilishni xohlaydi. Reklama agentiiklari muntazam ravishda reklama natijalarining ikki turini baholashlari kerak:
kommunikatsiyaning samarasi;
• sotishning foydaga ta ’siri.
Reklama agentligi tajribali matnchilar, rassomlar, televideniya pro- dyuserlari, tadqiqotchilar va m a’muriy xodimlami yagona ishbilarmon korxonaga birlashtiradi. Bu mutaxassislar boshqa odamlarga nisbatan nozik muloqotlarga moyilligi, reklama va bozor vositalarini yaxshi bi~ lishi bilan ajralib turadi. Boshqacha qilib aytganda, reklama agentligi bu ijodiy xodimlar va tijoratchilardan iborat, mustaqil korxonadir. Agentlik mutaxassislaming hamkorlikda ishlashi va yakka mijozlar bilan samarali reklama yaratib berishlari uchun qulay muhit tug‘diradi. Reklama agent­ ligi reklama beruvchilar bilan reklamani xaridorlarga yetkazuvchi om­ maviy axborot vositalari o ‘rtasida, go‘ya vositachilik vazifasini bajaradi. Agentlik taklif etadigan xizmatlar ayrim reklama beruvchilar imkoniya- tiga qaraganda sifat jihatidan yuksak, turi jihatidan g‘oyat kengdir.


263
Reklama agentliklarini quyidagi prinsiplariga ko‘ra tavsiflash mumkin:

  • ko‘rsatadigan xizmatlari hajmiga ko‘ra - universal;

  • muayyan tovar va reklama vositalariga ko‘ra ixtisoslashgan;

  • faoliyati sohasiga ko‘ra - ichki bozorda ish ko'radigan va ichki hamda tashqi bozorda ish ko‘radigan turlari.




    1. Yüklə 1,74 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin