O'zbekiston respublikasi


Nazorat va mulohaza uchun savollar



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə80/170
tarix11.04.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#96119
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   170
Abdullayev I.S. Marketing Darslik 2020

Nazorat va mulohaza uchun savollar


    1. Bozor segmentatsiyasi deganda nimani tushunasiz?

    2. Bozor segmentatsiyasining qanday turlarini bilasiz?

    3. Bozor segmentatsiyasining asosiy tamoyillarini aytib bering.

    4. Maqsadli segmentni tanlash deganda nimani tushunasiz?

    5. Makrosegmentlash va mikrosegmentlash deganda nimani tushunasiz?

    6. . Bozor segmentatsiyasining tamoyillarini tushuntirib bering

    7. Tovami pozitsiyalashtirish deganda nimani tushunasiz?

    8. . Demografik tamoyil va geografik tamoyil orasida qanday farq

bor?


146
    1. MODUL. RAQOBATLI STRATEGIYALAR





      1. Raqobat tushunchasi va mohiyati



Raqobat bozor iqtisodiyotining g‘oyat muhim xususiyati. U amal qilishi uchun m a’lum shart-sharoit muhayyo bo‘lishi talab qilinadi. Raqobat faqat bozor iqtisodiyoti muhitida bo‘lishi mumkin, chunki undagina u zarurat boiadi, shushingdek, unga yo‘l ham ochiladi. Shunday ekan bozor munosabatlarining yuzaga kelishi ayni bir vaqtda raqobatchilikning shakllanishini bildiradi. Bozor iqtisodiyotining shakl- lanishidagi klassik yo‘l G ‘arb mamlakatlarida bo‘lib, u yerda raqobat­ chilik muhiti uzoq yillar mobaynida, davlatning ishtirokisiz, o ‘z-o‘zidan, ya’ni stixiyali yuz bergan. Shu yo‘sinda erkin raqobat paydo bo‘lgan. Iqtisodiyotda monopollashuv tendensiyalari paydo bo‘lish munosabati bilan erkin raqobat cheklanadi, shu sababdan sog‘lom raqobatchilik muhitini yaratishda davlat ham qatnashadi. Buni davlatning antimonopol siyosatida ko‘rish mumkin. Bu siyosat erkin raqobat muhitini yangidan yaratishga emas, balki uni saqlab qolishga, kezi kelganda qaytadan tiklashga, raqobatning madaniylashgan usullarini qaror toptirishga qaratiladi. Davlatning xususiy monopoliyalami jilovlashga qaratilgan tadbiri 1890-yilda AQShda qabul qilingan “Sherman qonuni” b o iib , u tarixda antitrest qonuni deb nom olgan. Keyinchalik bu qonun bir necha marta monopoliyalarga qo‘yilgan talablarni jiddiylashtirish uchun qayta ко‘rib chiqilgan. Monopoliyalarga qarshi qonunchilik va uni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan m a’muriy choralar boshqa mamlakatlarda ham ular sharoitlari taqozo etgan shakllarda amal qiladi.
Antimonopol qonunchilik asosan quyidagi uch yo‘nalish bo‘yicha shakllanadi.

  1. Ishlab chiqarish tizimi (tarkibi)ni boshqaruvchi qonunlar yoki ular moddalarini aniq belgilash. Ularga ko'ra odatda hech bir korporat- siya u yoki bu turdagi mahsulot ishlab chiqarishning yarmidan ortig‘ini nazorat qilishga haqqi bo‘lmaydi..

  2. Barcha yirik korporatsiyalaming ishtirokchilari boshqa korporat- siyalarning aksiyalarini m a’lum cheklangan miqdordan ortig‘iga ega bo‘la olmasliklari kerak.

147

  1. Narxlarni talab va taklif muvozanati belgilangan darajadan yuqori yoki past tutib turishni, narx xususida kelishib olishni man qiluvchi antikartel qonunlami joriy etish.

Iqtisodiyotni tartibga soluvchi “ko'zga ko‘rinmas qo‘l” raqobatdir. Shunday ekan, har bir mamlakat iqtisodiyotining qay darajada rivojla- nishi shu davlatdagi raqobat muhitming amaldagi holatiga bo g iiq boiadi. Binobarin, erkin bozor iqtisodiyotining negizini tashkil etuvchi munosabatlardan biri - bu raqobat deyish mumkin.
Zero, raqobatni rivojlantirmay va uni himoyalash mexanizmini yaratmay turib, iqtisodiyotni erkinlashtirish yoki iqtisodiy samarador- likka erishishni tasavvur qilish qiyin.
Raqobat - iqtisodiyotni harakatga keltiradigan kuch, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda uning roli beqiyosdir
Raqobatga bugungi kunga qadar bir qancha ta’riflar berilgan boiib, Adam Smit uni “ko‘zga ko‘rinmas qo‘l” deb atagan edi. Raqobat iqti­ sodiy faoliyat ishtirokchilarining o‘z ehtiyoj va manfaatlarini maksimal qondirish, yaxshi daromad olish, bozorda o‘z mavqeyini mustahkam- lash, imkoniyatlarini namoyon etish hamda imijga ega bo iish uchun kurashdan iborat jarayondir.
Raqobat so‘zi iotincha “concurrere” so‘zidan olingan boiib, to‘qnashuv, qarama-qarshi, musobaqalashmoq degan m a’noni bildiradi. Raqobat tovar oldi-sotdisi va eng yaxshi ishlab chiqarish uchun bozor tizimi qatnashchilari orasidagi o‘zaro kurash demakdir. Bozor raqobati tarixan 4 bosqichdan o ‘tadi.
Birinchi bosqich - bu natural xo ‘jalikdan bozor iqtisodiyotining dastlabki shakllariga o‘tish boiib, bu davrda raqobat mayda tovar ishlab chiqaruvchilar oitasida boradi.
Ikkinchi bosqich - bu kapitalistik erkin raqobat bosqichidir. Bu bosqich tovar xo'jaligining ommaviy tus olishi bilan, mayda tovar ishlab chiqarish o‘miga yirik mashinalar tizimiga va yollangan mehnatga tayangan tovar ishlab chiqarishning kelishi bilan xarakterlanadi.
Uchinchi bosqich - bu monopol raqobat bosqichi boiib, u yakka hokimlikka intiluvchi yirik korxonalaming kurashidir. Raqobat iqtisod- ning monopollashgan va monopollashmagan sohalarida alohida boradi, ammo bu sohalar o‘rtasida ham kurash ketadi.
To‘rtinchi bosqich - yangicha erkin raqobat bosqichi boiib, u ara- lash iqtisodiyotga xosdir. Bu bosqichda raqobatchilar g‘oyat ko‘pchilik
148
boiib, ular yirik korporatsiyalar, o ‘rtacha, mayda va o ‘ta mayda kor- xonalardan iborat bo‘ladi.
Raqobat bozor iqtisodiyotining g ‘oyat muhim xususiyati. U amal qilishi uchun m a’lum shart-sharoit muhayyo bo‘lishi talab qilinadi. Raqobat faqat bozor iqtisodiyoti muhitida boiishi mumkin, chunki undagina u zarurat boiadi, shuningdek, unga y o i ham ochiladi. Shunday ekan, bozor munosabatlarining yuzaga kelishi ayni bir vaqtda raqobatchilikning shakllanishini bildiradi.
Bozor iqtisodiyoti raqobat sharoitidagina eng yaxshi faoliyat ko‘rsatadi. Raqobat - bu bozor iqtisodiyoti ishtirokchilarining o ‘z manfaatlarini yuzaga chiqarish uchun bir-biri bilan kurashi, ularning o ‘zaro bellashuvidir. Odamlarni bir biri bilan kurashi emas, balki, manfaatlar to‘qnashgan joyda vujudga kelgan kurashishi raqobat deyiladi. Raqobat - bozoming asosiy sharti va qonunidir. Raqobat siyosatining oliy maqsadi - resurslami yanada samarali taqsimlashga erishish uchun samarali raqobat jarayonini qoilab-quvvatlash va rag‘batlantirishdir. Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish unga turli tomondan yondoshishini talab qiladi. Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) o ‘rtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o‘z mavqeyini mustahkamlash uchun kurashdan iborat. Bunda ular kerakli ishlab chiqarish vositalari, xomashyo va materiallar sotib olish, ishchi kuchini yollash uchun ham kurashadi. Ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat oxir-oqibatda iste’molchilar uchun kurashdir. Resurslami yetkazib beruvchilar o ‘zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer-suv, ishchi kuchi) yuqori baholarda sotish uchun raqobat qiladilar. Ishlab chiqaruvchilar va resurslami yetkazib beruvchilar o ‘rtasidagi raqobat bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot to iiq erkinlashgan sharoitda yorqin namoyon boiadi.
Raqobat iste’molchilar o ‘rtasida ham yuz beradi; ular tovarlarni qulay va arzon baholarda sotib olishga harakat qiladilar, ya’ni xaridor har bir sarflangan pul birligi evaziga ko‘proq naflilikka ega boiishga harakat qiladi. Arzon va sifatli tovami tezroq sotib olish uchun kurashadi.
Shunday qilib, raqobat ko'p qirrali iqtisodiy hodisa boiib, u bozor- ning barcha subyektlari o'rtasidagi murakkab munosabatlami ifodalaydi.


149
Biroq raqobat kurashining keskinlashuvi natijasida ishlab chiqarish xarajatlarining past bo‘lishiga erishgan korxonalar o‘z yashovchanligini saqlab qolib, ishlab chiqarish xarajatlari yuqori bo‘lgan korxonalar inqirozga uchray boshladi. Raqobat esa kichik korxonalardan yirik korxonalar o ‘sib chiqishini ta’minlaydi. Raqobat kurashida yengib chiqish uchun hamfikr boiib, texnik yangiliklar ustida yakdillik bilan ishlagan kam sonli tadbirkorlar jamoasining keyinchalik moliyaviy jihat­ dan ulkan muvafFaqiyatlarga erishgan yirik firmalarga aylanib ketgan- ligiga ko‘plab misollar keltirish mumkin. Bugungi kunda butun dunyoga mashhur «Xonda», «Ford», «Microsoft» firmalari bunga yaqqol misol- dir. Raqobatning asosiy sohasi bozor, chunki unda erkin iqtisodiy subyektlaming alohidalashgan manfaatlari to‘qnashadi.
Raqobat kurashining mazmuni to‘g ‘risida to‘laroq tushunchaga ega bo‘lish uchun uning asosiy shakllari va belgilarini ko‘rib chiqish zarur. 0 ‘z miqyosiga ko‘ra raqobat, eng aw alo, ikki turga-tarmoq ichidagi raqobatga va taimoqlararo raqobatga bo‘linadi. Raqobat orqali iqtiso- diyotda tabaqalashuv yuzaga keladi, ya’ni raqobatda yutib chiqqanlar iqtisodiy jihatdan baquvvat bo‘lib ketsalar, yutqazganlar esa iqtisodiy jihatdan inqiroz holatiga tushib qoladilar, ko'pincha, yirik korxonalar tarkibiga qo‘shilib ketadilar yoki umuman yo‘q bo‘lib ketadilar.
Raqobatning ham ijobiy, ham salbiy jihatlari mavjud. Raqobatning ijobiy tomonlari u resurslami samarali taqsimlanishiga va tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishiga olib keladi. Shuningdek, raqobatda iste’mol­ chilar talabi asosiy o‘rin tutganligi sababli resurslaming iste’molchilar talabi yuqori boigan ishlab chiqarish tarmoqlariga yo'naltirish zarur.
Raqobat tadbirkorlami yangi texnologiyalami jalb etishga undagan- ligi sababli ilmiy-texnikaviy rivojlanishga turtki bo‘ladi. Bundan tash­ qari, raqobatning eng muhim xususiyatlaridan biri shundaki, bunda eng asosiy e ’tibor tadbirkorlaming shaxsiy mustaqilligiga qaratiladi. Faqat raqobatgina iqtisodiy faoliyatni ma’muriy boshqarishsiz ham muvofiq- lashtirishi mumkin va bu tadbirkorlarga manfaatlarini to‘laroq qondi- rishga imkoniyat yaratib beradi.
Raqobatning salbiy tomonlari sifatida shuni aytish mumkinki, raqo­ bat bozorda muvozanatni yuzaga keltirishi yoki o‘zi uni buzib qo‘yishi mumkin. Chunki talab va takli& ing o'zgarishiga qarab narxlarning to‘x- tovsiz o‘zgarib turishi bozordagi subyektlaming mavqelarini bir marom- da saqlab turishlariga imkon bermaydi.
150
Raqobatchilar tahlili quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi, (8.1.1- chizma):

  • bozoming tuzilishi va tavsiflanishini aniqlash;

  • tayanch raqobatchilar xarakteristikasini tasvirlash va aniqlash;

  • tayanch raqobatchilami baholash;

  • raqobatchilar xarakterini oldindan ko‘ra bilish;

  • potensial raqobatchilami aniqlash.


Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin