Oʻzbekiston respublikasi



Yüklə 194,5 Kb.
səhifə4/8
tarix17.05.2023
ölçüsü194,5 Kb.
#115357
1   2   3   4   5   6   7   8
BOLALARGA IQTISODIY 10.05.2023

1.1.1-rasm
Iqtisodning yaxshi yoki yomonligi tejamkorlik bilan bevosita bog‘liqdir. Bas, shunday ekan bolaga oilada iqtisod, kirim-chiqim mohiyati haqida ta’lim-tarbiya berish kerak. Bu ishni oʻquvchi bevosita maktab ta’limi davrida oladi. Shuning uchun oʻquvchida ilk iqtisodiy tushuncha asoslari va koʻnikmalarni tarkib toptirishga alohida e’tibor berilishi shu kunning muhim muammolaridan biridir.
Isrof soʻzining lug‘aviy ma’nosi bu – molni gunoh ishlarga sarflash yoki oʻzi va bola-chaqasi uchun hech narsa qoldirmay, bor-yoʻg‘ini mayda-chuyda, ikir-chikirlarga sarflab yuborish ma’nolarini anglatadi. Isrof – u qaysi koʻrinishda boʻlmasin kishining bor-yoʻg‘ini sovuradi, yakson qiladi, degan fikr ilgari surilgan oʻzini faqirlikdan saqlay oladi».
«Yaxshi sayrat, chiroyli hay’ot va har bir ishda iqtisodchilik etishi hislatlardan bir boʻlagidir». Yana bir hadisda «Sizlarning uchta ishingiz uchun olloh taolo rozi va uchta ishingiz uchun g‘azabda boʻladi. Molni nooʻrin erlarga sarf qilib zoe qilganingiz shularning bittasidur, deydilar». Birovdan qarzdor boʻlsangiz, va’da qilgan kuningizda topshiring», deb ta’kidlanadi Qobusnomada. Haqiqatdan ham inson mol, mablag‘, boylik uchun oʻzini xavf-xatarga qoʻymasligi shart. Albatta har bir inson uchun mol, mablag‘, boylik zarur, bu hayotning talabi. Ammo uni topishda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga va boshqa me’yoriy hujjatlarda koʻrsatilgan qoidalarga rioya qilish oilaning, davlatning, jamiyatning rivojlanishiga toʻsiq boʻlmasligi darkor. Bu sohada tadbirkorlik, tashabbuskorlik, halollik, adolat, xalq, davlat manfaatlaridan kelib chiqib amalga oshirilsa samarali natijalar keltiradi.

1.2. O‘quvchilarni tejamkorlikka o‘rgatish orqali ularga iqtisodiy tarbiya berish

Oʻquvchilarga iqtisodiy tarbiya avvalo dars jarayonida singdiriladi. Oʻqituvchi qaysi sinfda qaysi predmetdan dars berishidan qat’iy nazar oʻrganilayotgan materialning mazmunidan, uning xususiyatlaridan kelib chiqib, oʻquvchilarga iqtisodiy ta’lim, tarbiya elementlarini singdirib, kerakli koʻnikma, odatlar haqida ma’lumot beradi. Masalan, adabiyot, tarix, geografiya darslarida biror yozuvchining asaridagi mazmunni bayon qilishda mazkur mahsulotni yoki boylikni ishlab chiqaruvchilar mehnati evaziga bunyod boʻlayotganligini, ular mehnatini qadrlash, mehnat ahllarini hurmatlash har bir odamning oʻz mehnatini qadrlashligini badiiy obrazlar vositasida oʻquvchilar ongiga singdiriladi. Geografiya kursini oʻqitish asosida tabiiy boyliklar, ularning turlari, ularning davlat rivojidgi hissasini uqtirish orqali mazkur boyliklar har bir kishiga kerak ekanligini, ularsiz inson hayoti farovon boʻlishi mumkin emasligini tushuntiradi. Oʻquvchi mazkur fanlardan olgan bilimlarini qiyoslab, taqqoslashtirish aasosida birinchi navbatda oʻz mehnatini, soʻng oʻzgalar mehnatini qadrlashga oʻrganadi. Shu asosda oʻquvchilarda iqtisodiy ma’lumot, koʻnikma va odatlar tarkib topadi. Oʻquvchilarni iqtisodiy tarbiyalashda sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy tadbirlar samarali ta’sir koʻrsatadi.Masalan, «Mohir qoʻllar» toʻgaragi ishtirokchilari oʻqituvchi-usta rahbarligida turli xil buyumlar, kiyim-kechaklar, oʻyinchoqlarni tayyorlash bilan bog‘liq koʻnikmalarni oʻrganadilar, ya’ni biror bir mahsulot ishlab chiqarishni oʻrganadilar. Ana shu mahsulotlar ishlab chiqarilmasa odamlar ularni bozordan xarid qilishlari zarur boʻladi. Demak, ishlab chiqargan buyumlar kishilarning shu sohaga boʻlgan ehtiyojlarini qanoatlantiradi, ya’ni ta’minlaydi. Xullas, bu mahsulotlar mablag‘, ya’ni pul hosil boʻlishiga asos soladi. Pul esa oʻz navbatida oʻquvchilarni iqtisodiy fikrlashga va shu haqda toʻg‘ri xulosa chiqarishga undaydi.


Oilada tejamkorlik tarbiyasi. Pul ham tarbiyalaydi. Bungga befarq qaramaslik darkor. Pul muomalasiga mensimay qarash, koʻpincha ikki tomonlama muammoga olib keladi. Tekinxoʻrlik va oilaning iqtisodiy qiyinchiliklarini bilishni istamaslik odati tarbiyalanadi. Ikkinchidan, pul ochkoʻzlik, pul jamg‘arishga intilishni tarbiyalashi mumkin. Ilk yoshlikdanoq bolani oilaning xoʻjalik ishlari bilan tanishtirib borish zarur. Bola oila mablag‘ini bilishi, oila hayotining bir oylik, bir kunlik «taxminiy smetasini» bilishi lozim. U asosiy oziq-ovqatlarning – non, yog‘, sut, goʻsht, baliq, sabzavot va boshqalarning narxini bilishi kerak. Bola kamolga etib borgan sari uni buyumlar (kiyim, poyafzal, televizor va hokazolarning) qimmati bilan tanishib bormog‘i lozim.
Agar ota-ona qoʻshimcha ish olib ishlayotgan boʻlsa, bola shuni tushunishi kerakki, onasi va otasi oilada hamma yaxshi yashashi uchun mehnat qilayopti. U shunday mantiqni tushunmog‘i lozim: Har kim oila hayotini yaxshilashga oʻzining qoʻlidan kelgan hissasini qoʻshishi kerak. Bola sizga qancha ertaroq yordam bera boshlasa, shuncha yaxshi boʻladi. Bozor iqtisodiyoti oila tarbiyasida keng qoʻllanib kelingan milliy qadriyat sifatidagi tajribalariga suyanishni ham taqozo etadi. Masalan oʻzbek oilalarida bolalarni tejamkorlik ruhida tarbiyalab kelganlar ,isrofgarchilikka yoʻl qoʻymaganlar.
Ma’lumki, ‘iqtisod’ soʻzining ma’nosi keng tarqalgan boʻlib, chuqur mazmunga ega. Koʻp oʻrinda bu soʻz xalq ichida ‘tejamkorlik’ soʻzining sinonimi sifatida qoʻllaniladi.Tejamkorlik haqida soʻz ketganda isrofgarchilikka yoʻl qoʻymaslikni tushunamiz.
Iqtisod tushunchasiga Abdulla Avloniy quyidagicha ta’rif beradi Iqtisod deb pul va mol kabi ne’matlarning qadriga yetmakka aytilur Mol qadrini biluvchi kishilar oʻrinsiz yerga bir tiyin sarf qilmas, oʻrni kelganda soʻmni ayamas . Saxovatning ziddi baxillik oʻldig‘i kabi iqtisodning ziddi isrofdur.Alloh Taolo isrof qiluvchilarni suymas’ Ota-bobolarimizning oʻz farzandlarini tejamkor boʻlishga undaganlarini xalq og‘zaki ijodi misolida ham koʻrishimiz mumkin.Masalan, tejamkorlik mavzusi xalq maqollarida ham oʻz aksini topgan.Zero, bu maqollar yuz yillar davomida avloddan-avlodga oʻtib, xalqning dilida saqlanib kelgan.
Maqollar kishilarning tarixiy tajribasi sifatida koʻpgina sinovlardan oʻtib shakllanadi va chuqur ma’no kasb etadi. Mana ularning ayrimlari:
‘Tejagan - birga birni qoʻshar,tejamagan birni ham boy berar’
“Pul topish uchun kuch –quvvat kerak, tejash uchun fahmu-farosat’
‘Tejamkor olqish olar, isrofgar koyishga qolar’ Hattoki, ota-onalarimiz tejamkorlik ruhida tarbiyalash vazifasiga farzandlarining baxt-saodatli boʻlishining bir sharti , axloqiy tarbiyaning bir koʻrinishi sifatida qaraganlar



Yüklə 194,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin