O‘zbеkiston rеspublikasi


Qariyalar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə37/55
tarix18.07.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#136837
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   55
7 Aholiga ijtimoi

8.2. Qariyalar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar
va nogironlarga tibbiy va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish
O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni
ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida»gi (1991-yil 18-noyabrdagi 422/2-
sonli) qonunida nogironlarga huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarishda
boshqa fuqarolar bilan teng imkoniyatlarini ta’minlash, ularning to‘la
qonli hayot kechirishlariga, jamoyatning iqtisodiy va siyosiy turmushida
faol qatnashishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ko‘zda
tutiladi.
O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan
«Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida» gi qonuniga muvofiq nogironlar,
shu jumladan nogiron bolalar va bolalikdan nogironlar tibbiy
ijtimoiy yordam olish, kuch quvvatni tiklashning barcha turlaridan
86
foydalanish, dori-darmonlar, protez-ortopediya moslamalari, harakatlanish
vositalari bilan imtiyozli asoslarda ta’minlanishi, shuningdek
kasbni egallash va qayta tayyorgarlikdan o‘tish huquqiga egadirlar.
Shuningdek, nogironlar davlat sog‘liqni saqlash tizimi va ijtimoiy
ta’minot muassasalarida bepul tibbiy - ijtimoiy yordam olish, o‘z
uylarida parvarish qilinish, o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz
nogironlar va surunkali ruhiy xastaliklarga chalingan nogironlar esa
nogoronlar uylarida yashash huquqiga egadirlar.
O‘zgalar parvarishi va yordamiga muhtoj bo‘lgan nogironlarga
ijtimoiy yordam idoralari uyga borib yoki doimiy ishlaydigan muassasalarda
tibbiy yokimaishiy xizmat ko‘rsatiladi. Davlat o‘zgalarning
parvarishiga muhtoj bo‘lgan nogironlarga ijtimoiy yordam beruvchi
muassasalar tarmog‘ini rivojlantirishga muttasil ko‘maklashib boradi.
Agar xodim korxona aybi bilan nogiron bo‘lib qolgan hamda o‘zgalarning
parvarishga muhtoj bo‘lsa, shu korxona sog‘liqni saqlash va
ijtimoiy ta’minot idoralarining xulosasiga muvofiq, mehnatga yaroqsiz
bo‘lib qolgan davrdan bemorni parvarish qilish uchun o‘z hisobidan
uyda qarab turishi uchun bir kishini yolashi va nogironga etkazilgan
moddiy hamda ma’naviy zararni qoplab berishi shart.
Keksa fuqarolarga davlat va jamiyat tomonidan diqqat-e’tibor,
g‘amxo‘rlik ko‘rsatishni amalga oshirish hamda ularni ijtimoiy muhofaza
qilish, moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni yanada
kuchaytirish maqsadida va 2002- yil O‘zbekiston Respublikasida
«Qariyalarni qadrlash yili» deb e’lon qilinganligi munosabati bilan
Vazirlar mahkamasining «Qariyalarni qadrlash yili» Davlat dasturi
to‘g‘risida» 2002-yil 2-yanvardagi 30-sonli qarori bilan «Qariyalarni
qadrlash yili» Davlat dasturi tasdiqlandi. Ushbu dasturda keksalarni
ijtimoiy muhofaza qilish, ularning pensiya ta’minotini takomillashtirish,
tibbiy, sanatoriy-kurort, transport xizmatlari xizmatlari
ko‘rsatish borasidagi chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish belgilandi.
Dasturda, shuningdek yolg‘iz keksalar, nogironlar, urush qatnashchilari
va urush nogirnlari to‘g‘risidagi g‘amxo‘rlikni kuchaytirish, ularni doridarmonlar
va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish bilan ta’minlash darajasini
oshirish ko‘zda tutiladi.
Joylarda fuqarolahrning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari tomonidan
bayram kunlari yolg‘iz keksalarga beg‘araz yordam ko‘rsatish, ularni
holidan xabar olish, mahalla faollari tomonidan uy yumushhlarida
yordam berish, bemorlarning holidan xabar olish, ularga dori darmon87
larni topish va olib kelishda ko‘maklashishning yo‘lga q’o‘yilganligi ham
bu sohada olg‘a tashlangan qadamlardan biridir.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin