174
13-bob. RAQOBATLASHUVCHI FIRMA VA TARMOQNING UZOQ
MUDDATLI ORALIQDAGI MUVOZANATI VA TARMOQ TAKLIFI
13.1. Uzoq muddatli oraliqda ishlab chiqarish hajmini tanlash
Uzoq muddatli oraliqda firma foydalanadigan barcha omillarini o‘zgartiradi,
shu jumladan ishlab chiqarish quvvatlarini ham. Uzoq muddatli oraliqda firma o‘z
kapitali hajmini o‘zgartirishi, ya’ni ishlab chiqarish quvvatini o‘zgartirishi
mumkinligi firmaga ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga imkon beradi. Firma
ishlab chiqarish xarajatlarining qanday o‘zgarishi ishlab chiqarish masshtabi
samaradorligining o‘sishi, o‘zgarmasligi va kamayishi bilan aniqlanadi. Yana shuni
eslatib o‘tish kerakki, firmaning uzoq muddatli oraliqdagi
faoliyatini tahlil
qilganimizda uning o‘rtacha xarajatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Faraz qilaylik,
firmaning ishlab chiqarish jarayonida barcha ishlab chiqarish hajmlari uchun
o‘zgarmas masshtab samarasiga ega. Bunda ishlab chiqarish omillari sarfi ikki
barobar oshganda ishlab chiqarish hajmi ham ikki barobarga o‘sadi. Demak,
ishlab
chiqarish hajmi oshgani bilan o‘rtacha ishlab chiqarish xarajatlari o‘zgarmaydi.
Endi faraz qilaylik, masshtab samarasi o‘suvchi bo‘lsin. Ishlab chiqarish
omillaridan foydalanishni ikki barobar oshirganimizda,
ishlab chiqarish hajmi ikki
barobardan ko‘proqqa oshadi (masalan, uch barobarga oshirishi mumkin). Bunday
holda o‘rtacha ishlab chiqarish xarajatlari qisqaradi, nima uchun deganda, ishlab
chiqarish hajmining o‘sish sur`ati, omillar sarfi sur`atidan ko‘p.
Xuddi shunday,
masshtab samarasi pasayganda, ya’ni ishlab chiqarish omillari sarfini o‘sishi
sur`atidan ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur`ati kichik bo‘lganda
ATC
ortib
boradi.
Odatda, ishlab chiqarishning boshida masshtab samarasining oshishi, undan
keyin o‘zgarmas va keyinchalik kamayishi ko‘pgina firmalarga xosdir.
Shuning
uchun ham uzoq muddatli oraliqda umumiy o‘rtacha xarajatlar chizig‘i botiq
ko‘rinishga ega bo‘ladi (13.1-rasm).
Dostları ilə paylaş: