177
foyda oladi. Iqtisodiy foyda alternativ
xarajatni ham hisobga oladi, ya’ni firma
egasining o‘z kapitalini boshqa bir sohaga qo‘yish natijasida oladigan foyda. Shuning
uchun
ham aytish mumkinki, raqobatlashuvchi firmaning uzoq muddatli oraliqdagi
o‘rtacha xarajatlari o‘z ichiga normal foydani (tarmoq bo‘yicha o‘rtacha foydani)
oladi. Firma egasining iqtisodiy foydasi nol` degani, u o‘z
kapitalini boshqa sohaga
qo‘yganda ham shu miqdorga teng normal foydani olar edi,
demak uning alternativ
xarajati nolga teng. Agar firma egasining alternativ xarajati noldan yuqori, ya’ni
musbat bo‘lsa, u o‘z kapitalini
ushbu tarmoqdan olib, boshqa iqtisodiy foyda
beradigan tarmoqqa qo‘ygan bo‘lar edi.
Shunday qilib, raqobatlashuvchi firmaning uzoq muddatli o‘rtacha
xarajati
narxga teng bo‘lsa ham (nolga teng iqtisodiy foyda olsa ham), u o‘z ishini normal
foyda olgani uchun to‘xtatmaydi.
Raqobatlashgan bozorda tarmoqqa kirish va undan chiqish erkin bo‘lgani
uchun va tarmoqning o‘zi ham raqobatlashuvchi bo‘lgani
uchun firmalarning
iqtisodiy foydasi nolga yaqinlashish tendentsiyasiga ega.
Dostları ilə paylaş: