181
13.3. Tarmoqning uzoq muddatli oralidagi umumiy taklifi
Qisqa muddatli oraliqda bozor taklifi firma taklif chiziqlari yig‘indisi orqali
topilardi. Uzoq muddatli oraliqdagi taklifni firma takliflarini qo‘shish orqali
aniqlab
bo‘lmaydi. Nima uchun deganda, uzoq muddatli
oraliqda bozor narxining
o‘zgarishiga ko‘ra firmalar bozorga kiradi yoki undan chiqadi. Bu o‘z navbatida
firmalar taklif chiziqlarini qo‘shib bo‘lmasligini ko‘rsatadi (qaysi
firmalar bozorda
qolayotganligini biz bilmaymiz).
Uzoq muddatli oraliqdagi taklifni aniqlashda ishlab chiqarish hajmining
kengayishini faqat resurslardan foydalanishning kengayishi hisobidan bo‘ladi, deb
faraz qilinadi. Ixtiro va texnologiyaning ishlab chiqarishga ta’siri o‘zgarmas deb
qabul qilinadi.
Uzoq muddatli oraliqdagi umumiy taklifning shakli tarmoqda ishlab chiqarish
hajmi o‘sishining yoki kamayishining foydalaniladigan
ishlab chiqarish omillari
narxiga ta’siri darajasiga bog‘liqdir. Shuning uchun ham uch turdagi tarmoq xo‘jaligi
qaraladi: xarajatlari o‘zgarmas, o‘suvchi va kamayuvchi tarmoqlar.
Xarajatlari o‘zgarmas bo‘lgan tarmoq.
Tarmoqda ishlab chiqarish hajmining
o‘sishi foydalaniladigan resurslarning narxiga ta’sir qilmasa, biz yuqorida ko‘rdikki,
tarmoqning kengayishi va qisqarishi muvozanat narx
0
P
ga ta’sir qilmaydi.
Biror
sabab bilan (masalan, iste`molchi didining o‘zgarishi) talab oshganda mahsulot narxi
oshadi va tipik firma musbat iqtisodiy foyda ola boshlaydi. Bu foyda boshqa
firmalarni ushbu tarmoqqa kirib kelishiga sabab bo‘ladi.
Boshqa firmalarning kirib
kelishi taklifni oshiradi, natijada oshgan narx o‘zining
oldingi muvozanat holati
0
P
ga qaytadi. Bundan kelib chiqadiki, xarajatlari o‘zgarmas bo‘lgan
tarmoqning uzoq
muddatli oraliqdagi taklif chizig‘i narx uzoq muddatli o‘rtacha ishlab chiqarish
xarajatlarini minimumiga teng bo‘lganda gorizontal chiziqdan iborat bo‘ladi (13.8-
rasm).
Dostları ilə paylaş: