O‘zbеkiston rеspublikаsi



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə184/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   410
MIKRO MAKRO

 
Qisqa xulosalar 
 
Uzoq muddatli oraliqda firma foydalanadigan barcha omillarini o‘zgartiradi, shu 
jumladan ishlab chiqarish quvvatlarini ham. Uzoq muddatli oraliqda firma o‘z kapitali 
hajmini o‘zgartirishi, ya’ni ishlab chiqarish quvvatini o‘zgartirishi mumkinligi firmaga 
ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga imkon beradi. Firma ishlab chiqarish 
xarajatlarining qanday o‘zgarishi ishlab chiqarish masshtabi samaradorligining o‘sishi, 
o‘zgarmasligi va kamayishi bilan aniqlanadi. 
Odatda, ishlab chiqarishning boshida masshtab samarasining oshishi, undan keyin 
o‘zgarmas va keyinchalik kamayishi ko‘pgina firmalarga xosdir. Shuning uchun ham 
uzoq muddatli oraliqda umumiy o‘rtacha xarajatlar chizig‘i botiq ko‘rinishga ega bo‘ladi. 
Uzoq muddatli oraliqda barcha resurslar o‘zgaruvchan bo‘lgani uchun, barcha 
xarajatlar ham o‘zgaruvchan bo‘ladi. Firma har qanday berilgan ishlab chiqarish 
quvvatidan umumiy va o‘rtacha xarajatlarni minimallashtiradi. Shuning uchun ham uzoq 
muddatli o‘rtacha xarajatlar (
LAC
) grafigi qisqa muddatli oraliqdagi o‘rtacha xarajatlar 
grafiklarini bir-biriga tutashtirish orqali hosil qilinadi. 
Uzoq muddatli oraliqda tarmoq tarkibidagi firmaning muvozanat holati
bozorda shakllangan narx 
e
P
ning ushbu firmaning o‘rtacha xarajatlari minimumiga 
tengligi bilan belgilanadi: 
)
(
min
e
e
Q
LAC
P


Shunday qilib, raqobatlashuvchi firmaning uzoq muddatli o‘rtacha xarajati narxga 
teng bo‘lsa ham (nolga teng iqtisodiy foyda olsa ham), u o‘z ishini normal foyda olgani 
uchun to‘xtatmaydi. 
Raqobatlashgan bozorda tarmoqqa kirish va undan chiqish erkin bo‘lgani uchun va 
tarmoqning o‘zi ham raqobatlashuvchi bo‘lgani uchun firmalarning iqtisodiy foydasi 
nolga yaqinlashish tendentsiyasiga ega. 
Uzoq muddatli oraliqda tarmoqnig tipik vakili bo‘lgan firma o‘z foydasini shunday 
ishlab chiqarish hajmida maksimallashtiradiki, bu hajmda uzoq muddatli chekli xarajat 
mahsulot narxiga teng bo‘lsa:
MR
P
LMC
e



Uzoq muddatli oraliqda, mukammal raqobatlashgan bozorda nafaqat firma 
raqobatlashuvchi bo‘ladi, balki tarmoqning o‘zi ham raqobatlashuvchi bo‘ladi.
Tarmoqdan chiqish yoki tarmoqqa kirish, firmalar uchun erkin bo‘lganligi uchun, 
firmalarning iqtisodiy foydasi nolga yaqinlashish tendentsiyasiga ega. 


185 
Shuning uchun ham, tarmoqda uzoq muddatli muvozanat holatiga erishiladi, 
qachonki mahsulot narxi 
0
P
tarmoqning tipik vakili bo‘lgan firmaning uzoq muddatli 
o‘rtcha xarajati minimumiga teng bo‘lsa 
)
(
min
0
Q
LAC
P



Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin