187
Agar bozorda monopolist- sotuvchi bilan
monopolist xaridor uchrashsa,
bunday holda ikki tomonlama monopoliya bo‘ladi. Agar tarmoqda faqat ikkita firma
faoliyat ko‘rsatsa, bunday oligopolik xususiy holga duopoliya deyiladi. Agar biz
bozor taklifi va talabining har xil shakldagi variantlar kombinatsiyasini qarasak,
bozor tizimlari soni yanada ko‘payadi.
14.2. Sof monopoliya va bozor hokimiyati
Raqobatlashgan bozorda juda ko‘p sotuvchilar va xaridorlar qatnashadi, shu
sababli ulardan birortasi ham tovar narxiga ta`sir qilaolmaydi, narxni bozorning o‘zi
talab va taklifga ko‘ra shakllantiradi. Sotuvchilar va
xaridorlar bu narxni qabul
qiladilar va shu narxga ko‘ra qancha mahsulot sotish kerak yoki qancha mahsulot sotib
olish kerakligi bo‘yicha qaror qabul qiladilar. Sof monopoliya raqobatlashgan
bozorning aksi bo‘lib, bu yerda bitta sotuvchi va ko‘plab xaridorlar qatnashadi. Sof
monopolistning raqobatchisi yo‘q.
Sof monopoliya mahsulot o‘rnini bosadigan boshqa mahsulot bo‘lmagan
hududlarda vujudga keladi. Umuman olganda jahon va milliy bozorlarda bitta
mahsulotni bitta sotuvchi tomonidan sotilishi kamdan-kam uchraydi.
Sof monopoliya
ko‘proq mahalliy bozorlarga xos bo‘ladi. Masalan, tumandagi yagona kitob magazini,
yagona telefon stantsiyasi, yagona tish doktori, yagona jarrox yoki bo‘lmasa mahalliy
kommunal xo‘jaligi xizmati. Yuqorida keltirilgan sub`ektlar bozor sharoitida narxga
ta`sir qilish uchun real hokimiyatga ega.
Sof monopoliyaning vujudga kelishiga ta`sir qiluvchi yana bir omil bu -
tarmoqqa kirish to‘siqlarining kuchliligidir. Biror mahsulotni
sotishdan tushadigan
iqtisodiy foyda yuqori bo‘lsa, bu raqobatlashgan bozor sharoitida boshqa firmalarni
ham shu bozorga kirib kelishi uchun signal bo‘lar edi. Agar monopol firma iqtisodiy
foyda ola boshlasa, bu boshqa firmalarni ham ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarishga
undaydi. Demak sof monopoliyani
saqlab qolish uchun, boshqa raqobatlashmoqchi
bo‘lgan firmalar uchun maxsus to‘siqlar bo‘lishini taqazo qiladi. Tarmoqqa kirish
to‘siqlari - bu monopol firma bozoriga boshqa sotuvchilarni kirib kelishini to‘xtatuvchi
cheklanishlar.
Tarmoqqa kirish to‘siqlaridan quyidagilarni ko‘rsatish mumkin.
1. Davlat tomonidan berilgan maxsus huquq. Masalan
mahalliy hokimiyatlarda
aholiga transport xizmati ko‘rsatish, pochta xizmati ko‘rsatish, kommunal xizmati
ko‘rsatish va aloqa xizmati ko‘rsatish bo‘yicha monopol huquqlar berib,
rasmiy
to‘siqlar yaratadi.
2. Patentlar va mualliflik huquqi, yangi texnologiya yaratganlar uchun patent va
mualliflik huquqi berilishi, ularga ushbu yangilikni sotishda, undan foydalanish uchun
litsenziya berishda monopol huquq beriladi. Lekin bunday huquq ma`lum
muddatgacha kuchga ega bo‘ladi. AQSH da patent qonuniga ko‘ra ixtirochi o‘z
ixtirosiga 17 yil egalik qiladi.
188
3. Biror bir ishlab chiqarish resursi taklifiga egalik qilish. Masalan, Amerikaning
«De Birs» kompaniyasi jahonda sotiladigan, qayta ishlanmagan olmosning 85 foizini
nazorat
qilgani uchun, olmos bozorida monopol hokimiyatga ega. Yuqoridagilardan
tashqari insonning noyob qobiliyati va bilimi ham manopoliyani vujudga keltiradi.
Ishlab chiqarish masshtabi kengayishining musbat samarasi ham tarmoqqa kirish
uchun to‘siq bo‘lishi mumkin. Masalan, avtomobil` zavodi ma`lum miqdorda avtomobil
ishlab chiqarishga erishgandagina, uning umumiy xarajatlari minimal bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: