Monopol hokimiyat . Firma monopol hokimiyatga ega bo‘ladi, qachonki u
o‘zining sotadigan tovari narxiga ta`sir qilaolsa, ya`ni o‘zgartiraolsa. Monopol hokimiyat
darajasi ushbu tovar o‘rnini bosuvchi tovarning mavjudligi va tovarning bozordagi
ulushi bilan belgilanadi. Monopol hokimiyatga ega bo‘lish uchun firmaning sof
monopolist bo‘lishi shart emas. Firma mahsulotiga bo‘lgan talab chizig‘i raqobatlashgan
bozordagiday garizontal bo‘lmasdan, pastga yotiq bo‘lishi kifoyadir. Agar talab chizig‘i
pastga yotiq bo‘lsa, firma taklif hajmini oshirib yoki kamaytirib, mahsulot narxini
o‘zgartirishi mumkin.
Umumun olganda monopolist narxni nazorat qilishidan yutuqqa ega bo‘ladi.
Monopolistning taklifi raqobatlashgan bozor taklifiga ko‘ra kam bo‘ladi, tovar narxi esa,
raqobatlashgan narxga nisbatan yuqori bo‘ladi (monopol narx chekli xarajatdan yuqori).
Tovarlarni monopol narxda sotilishi jamiyat xarajatini ko‘paytiradi, aholining
turmush darajasiga salbiy ta`sir ko‘rsatadi. Nima uchun deganda, ushbu tovarni sotib
oluvchilar ko‘proq pul sarflaydi, shu tovarni sotib oluvchilar soni ham kamayadi.
Shuning uchun ham monopoliyaga qarshi qonun, bozorlarni monopoliyaga aylantirishga
yo‘l qo‘ymaydi.
Monopolist mahsulotiga talab. Raqobatlashgan bozorda firma maksimal foyda
oladi, agar u chekli daromad chekli xarajatga teng holatni ta`minlaydigan hajmda
mahsulot ishlab chiqarsa,
.
MC MR
Bunday mahsulot hajmi optimal bo‘ladi. Monopolist ham shu optimal ishlab
chiqarish shartiga amal qilishi kerak bo‘ladi. Sof monopolist tovariga bo‘lgan talab ham
bozor talabi hisoblanadi. Monopolist o‘z tovari narxini oshirsa unga talab kamayadi va
aksincha, monopolist tovar narxini tushirsa unga talab ortadi.
Xuddi shunday sof monopolist taklifi ham bozor taklifi hisoblanadi. Masalan
tovar ishlab chiqarishning o‘zgaruvchan xarajatlari oshsa, monopolist maksimal foyda
olish uchun tovar hajmini qisqartiradi. Taklif hajmining qisqarishi va xaridorlar o‘rtasida
raqobatning mavjudligi tovar narxini oshiradi.
Raqobatlashgan bozorda firmaning chekli daromadi mahsulot narxiga teng
P MR
va talab chizig‘i gorizontal bo‘lsa, monopol bozorda monopolist mahsulotiga
bo‘lgan talab chizig‘i pastga yotiqroq va monopolistning chekli daromadi har doim
narxdan kichik bo‘ladi
P MR
(14.1-rasm).
Monopol firmaning mahsulotiga talab bilan uning chekli va umumiy daromadi
o‘rtasidagi bog‘liqliklarni quyidagi rasmda ko‘rish mumkin.