199
Nazorat va muhokama uchun savollar
1.
Bozor turlari qanday aniqlanadi?
2.
Raqobatlashmagan bozorlarda narx va ishlab
chiqarish hajmi qanday
aniqlanadi?
3.
Sof monopoliya deganda nimani tushunasiz?
4.
Raqobatlashgan monopol bozor xususiyatlari nimalardan iborat?
5.
Litsenziya, patent, mualliflik huquqi raqobatga qanday ta`sir ko‘rsatadi?
6.
Monopoliyaning jamiyat uchun foydali va zararli tomonlarini izohlab bering.
7.
Bozor hokimiyati deganda nimani tushunasiz?
8.
Monopol narxga soliq qanday ta`sir ko‘rsatadi?
9.
Lernerning monopol ko‘rsatkichi.
10.
Xerfendal-Xirshman indeksi nimani ifodalaydi.
11.
Monopol sharoitda narx qanday aniqlanadi?
200
15-bob. BOZOR HOKIMIYATI SHAROITIDA NARX BELGILASH
TAMOYILLARI
15.1. Monopoliyaga qarshi qonunchilik
Bu yerda biz monopol hokimiyatga ega bo‘lgan monopolistlar to‘g‘risida gap
yuritamiz. Lekin, hozirgi vaqtda monopoliyaning ijobiy tomonlari
borligini hech kim
inkor qila olmaydi.
Yiriklashgan korxonalarda ilmiy-texnik rivojlanish imkoniyati katta bo‘ladi, nima
uchun deganda, bunday korxonalarning moliyaviy imkoniyatlari ham katta bo‘lganligi
uchun, ular ilmiy izlanishlarga ko‘proq mablag‘ ajratishlari mumkin.
Yiriklashgan korxonalargina masshtab samarasidan yaxshiroq foydalana oladilar,
chunki ularda ilmiy-tadqiqot ishlarini, tajriba-konstruktorlik
ishlab chiqishlarni keng
masshtabda yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘ladi. Bu o‘z navbatida mahsulot tannarxini
pasaytirishga va uning sifatini oshirishga imkon yaratadi. Lekin, hozirgi bozor
munosabatlarining
rivojlanganligi, jahon bozorining shakllanganligi, xalqaro iqtisodiy
aloqalarning kengayib borishi sharoitida kuchli bozor hokimiyatiga
ega monopolistni
topish qiyin.
Monopolistlarning jamiyatga ta`sir qiluvchi salbiy tomonlari borligini ham esdan
chiqarmaslik lozim. Yiriklashgan firmalar o‘z mahsuloti sifatini oshirishga va uni tez-tez
yangilashga alohida e`tibor beradi, deb bo‘lmaydi. Ushbu firmalarda yaratilgan
yangiliklarni ishlab chiqarishga joriy qilishni ko‘p hollarda to‘xtab qolishini ham ko‘rish
mumkin.
Monopolist narxni chekli xarajatdan
yuqori qilib belgilaydi, ya`ni
P
MC
.
Natijada resurslarning taqsimlanishi samarali bo‘lmaydi. Monopol narxning o‘rnatilishi
jamiyatda yo‘qotishlarga olib keladi. Narx qanchalik yuqori bo‘lsa, jamiyatning yo‘qotishi
ham shunchalik ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun ham bozor iqtisodiyoti rivojlangan
davlatlarda monopoliyaga qarshi qonunlar ishlab chiqarilgan.
Monopoliyaga qarshi qonun firmalarda jamiyat uchun xavfli bo‘lgan monopolistik
hokimiyatni to‘planishini cheklashga qaratilgan. Monopolistik hokimiyat yuqorida
aytganimizdek, monopolistning bozor narxiga ta`sir qilish kuchini bildiradi. Qaysi firma
bozor narxiga ko‘proq ta`sir qila olsa, u ko‘proq monopolistik hokimiyatga ega bo‘ladi.
Ko‘pchilik adabiyotlarda monopoliyaga qarshi qonunga
klassik misol sifatida
AQShning trestlarga qarshi qonuni keltiriladi. 1890 yilda birinchi bo‘lib Sherman qonuni
deb ataluvchi qonun qabul qilingan bo‘lib, u asosan savdoni va tijoratni
monopollashtirishga qarshi qaratilgan edi. Ushbu qonun savdo erkinligini cheklovchi har
qanday kelishuvni taqiqlar edi va raqobatchilarni adolatsiz yo‘l bilan yo‘qotishni jinoyat
deb qarar edi. Ushbu qonunni buzganlar jarima to‘lashdan tortib, firmani tarqatib
yuborishgacha va hatto jinoiy javobgarlikka tortishgacha jazolanishni nazarda tutar edi.
1914 yilda Kleyton va federal savdo komissiyasi qonuni qabul qilindi.
Ushbu
qonun Sherman qonuniga qaraganda ancha mukammallashgan qonun bo‘lib, u qonunni
bajarilishini nazorat qilishni federal savdo komissiyasi zimmasiga yuklagan edi. Bundan
201
tashqari ushbu qonunda monopoliyani vujudga kelishini oldini olish bo‘yicha qilinadigan
chora-tadbirlar belgilandi.
1938 yildagi Uiler qonuni iste’molchilar huquqini himoya qilishga qaratildi (tovar
to‘g‘risida noto‘g‘ri axborot berish va noto‘g‘ri reklama berishga qarshi).
Keyingi yillarda ham trestlarga qarshi qonunchilik AQSHda rivojlandi. AQSHning
trestlarga qarshi qonuni boshqa davlatlarda monopoliyaga qarshi qonunlarni ishlab
chiqishda va rivojlantirishda muhim rol o‘ynadi.
Narxlarni nazorat qilish va ularni muvofiqlashtirish ko‘proq tabiiy monopoliyalarga
qo‘llaniladi. Eslasak, raqobatlashgan bozorda narx chekli xarajatga teng bo‘lar edi
P
MC
e
(15.1-rasm).
Dostları ilə paylaş: