20.2-jadval Yangi metodika bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha YAIM tuzilmasi (yakunga nisbatan% da) 28 Ko‘rsatkichlar 2016 2017 YAIM, shu jumladan: 100 100 Tarmoqlarningyalpi qo‘shilgan qiymati
90,8
88,5
Mahsulotlarga sof soliqlar
9,2
11,5
Tarmoqlarning yalpi qo‘shilgan qiymati
100,0
100,0
Qishloq xo‘jaligi
34,0
34,0
Sanoat (qurilish sohasi bilan birga)
26,6
27,9
Xizmatlar
39,4
38,1
Shu bilan birga, avtomobilsozlik sanoatida ishlab chiqarish hajmi keyingi uch
yilda 2,8 barobar qisqarib, bu sanoat (qurilish bilan birga) o‘sish suratining 2014 yildagi
107,9%dan 2016 yilda 106,6%gacha pasayishi va YaIMdagi sanoat ulushining mos
ravishda 4,4 f.b.ga kamayishiga olib keldi.
2016 yilga kelib elektron axborotlashtirish, iqtisodiyotning barcha tarmoq va
sohalarini qamrab oldi. Davlat idoralari va mahkamalari o‘rtasida, biznes muhiti ichida,
shuningdek, hukumat va uning xizmatlarini iste’molchilari – biznes va aholi o‘rtasida
axborot hujjatlar aylanmasi elektron aloqa vositalari orqali ta’minlandi.
YaIMni xarajatlar bo‘yicha hisoblash. Bu usul yakuniy foydalanish usuli deb
ham yuritilib, unda YaIMni hisoblash uchun yakuniy mahsulotlarni sotib olishga
qilingan barcha xarajatlar o‘zaro qo‘shib chiqiladi. Bu xarajatlar quyidagicha
guruhlanadi:
Uy xo‘jaliklarining iste’mol xarajatlari (C): a)
uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol buyumlari sotib olishga;
b)
kundalik foydalaniladigan iste’mol buyumlari sotib olishga;
v) iste’mol xizmatlari to‘loviga.
28
O‘zbekiston iqtisodiyoti. 2016 yil uchun axborot tahliliy byulleten, Toshket- 2017., 17 b.