b ) vino narxi (
P v ) bo‘yicha kesishgan elastikligi
v b P Q E quyidagicha:
v v v v v P b Q P Q Q P P P Q Q E b b b b
Vino narxi oshganda pivoga talab oshadi, demak pivoning talab chizig‘i
o‘ngga suriladi. Yuqorida keltirilgan misolda pivo bilan vino o‘zaro bir-birini
o‘rnini bosadigan tovarlar bo‘lgani uchun, narx bo‘yicha kesishgan elastiklik
musbatdir, ya’ni bittasining narxini oshishi ikkinchisiga talabni oshiradi. Lekin,
har doim ham shunday bo‘lavermaydi. ba’zi
Ba’zi bir tovarlar,
to‘ldiruvchi tovarlar hisoblanadi va ular birgalikda
ishlatiladi, shu sababli birortasining narxini oshishi, ikkinchi tovar iste’molini
kamaytiradi. Bunga misol tariqasida benzin bilan avtomobil motori yog‘ini olish
mumkin. Agar benzin narxi oshsa, benzin iste’moli kamayadi, nima uchun
deganda, avtomobil haydovchilar mashinada kamroq yura boshlaydi. Ammo
motor moyiga ham talab kamayadi (motor moyiga talab egri chizig‘i chap
tomonga suriladi). Shunday qilib, motor moyining benzinga nisbatan elastikligi
manfiydir.
Talab
chizig‘i
holatini
o‘zgartiruvchi determinantlar quyidagilar:
iste’molchining didi va afzal ko‘rishi; bozordagi iste’molchilar soni;
iste’molchilar daromadi; bir-birini o‘rnini bosuvchi, to‘ldiruvchi tovarlar;
kelajakda
bo‘ladigan
narx
va
daromadlardagi
o‘zgarishlarga nisbatan
iste’molchilarning kutishlari.
Taklif chizig‘i holatini surilishiga olib keladigan determinantlar
quyidagilar: resurslar narxi; ishlab chiqarish texnologiyasi; soliqlar, subsidiya va
dotatsiyalar; boshqa tovarlar narxi; narx o‘zgarishlarini kutish; bozordagi
69
sotuvchilar soni. Taklif elastikligini ishlab chiqarishga ta’sir qiluvchi omillar
bo‘yicha qaralishi mumkin: foiz stavkasi; ish haqi; xom ashyo, yarimfabrikatlar
narxi.