212
Iste’molchilar daromadiga ko‘ra narxlarni belgilashning
ideal varianti har
bir xaridorning imkoniyatidan kelib chiqib, u sotib oladigan har bir tovarga maksimal
narx belgilashdir. Ushbu maksimal narxni xaridorning rezerv narxi deb qaraladi. Har
bir xaridor uchun rezerv narx belgilashga iste’molchilarning daromadiga ko‘ra
narxlarni ideal diversifikatsiyalash deyiladi.
Iste`mol hajmiga ko‘ra narxlar diversifikatsiyasi.
Ba’zi bir tovarlarga
bo‘lgan talab u tovarni ishlab chiqarish va sotish oshgan sari kamayib boradi. Bunday
tovarga elektr energiyasi misol bo‘la oladi. Har bir iste’molchi bir oyda ma`lum
miqdordagi (kilovatt/soat) elektroenergiyaga pul to‘lab, undan ortiqchasiga to‘lash
qobiliyati pasayib boradi.
Tovarlar kategoriyasiga ko‘ra narx differentsiasiyasi.
Ushbu turdagi narx
differentsiatsiyasi xaridorlarni ularning talab chizig‘iga ko‘ra ikki yoki undan ortiq
guruhlarga bo‘ladi, demak, har bir guruhning o‘z talab chizig‘i bo‘lib, bu talab
chizig‘i boshqa guruhlarnikiga qaraganda yotiqligi bilan farq qiladi.
Dostları ilə paylaş: