Nazorat va muhokama uchun savollar
1.
Monopoliyaga qarshi qonunlarning maqsadi va ahamiyati nimadan iborat?
2.
Jahonda ilk bor monopoliyaga qarshi qabul qilingan qonun va uning
ahamiyati.
3.
Monopol hokimiyatga ega bo‘lgan firmalarning narxni belgilash
strategiyasining asosini nima tashkil etadi?
4.
“Adolatli foyda olishni na`minlaydigan narx” aniqlanadi?
5.
Narx belgilashda iste’molchi ortiqchaligini egallash.
6.
Narxlar diversifikatsiyasi turlari va ularga xarakteristika bering.
7.
Iste’molchi daromadiga ko‘ra narx qanday belgilanadi?
8.
Tovarlar kategoriyasiga qarab, ularga narx belgilashning shartlari
nimalardan iborat?
9.
Iste`mol xajmiga ko‘ra narxlar diversifikatsiyasi deganda nima tushuniladi?
10.
Haridorning rezerv narxi qanday o‘lchanadi?
213
16-bob. MEHNAT BOZORI VA KORXONALARDA MEHNAT
RESURSLARIDAN FOYDALANISH
16.1. Raqobatlashgan mehnat bozori
Ishlab chiqarish omillari bozori deganda, mehnat, xom ashyo, kapital, yer va
boshqa ishlab chiqarish resurslari bozori tushuniladi. Resurslar bozoridagi talab va
taklif iste’mol tovarlari bozori ta’sirida shakllanadi. Shuning uchun ham resurslarga
bo‘lgan talab hosila talab bo‘lib, firmaning ishlab chiqarish hajmidan va uning
xarajatlariga bog‘liq. Ishchi kuchiga bo‘lgan talabni alohida firma uchun qaraymiz.
Bozor (tarmoq) talabini aniqlash uchun tarmoqqa qarashli firmalar talablari yig‘ib
chiqiladi.
Faraz qilaylik, firma ishlab chiqarish omillaridan foydalanib mahsulot ishlab
chiqaradi. Boshqaruvchi firmaga yana qo‘shimcha qancha ishchi kuchini yollashni
aniqlamoqchi. Buning uchun firma har bir qo‘shimcha ishchi kuchini yollashdan
qancha daromad olishni va ushbu birlik yollangan ishchi kuchidan foydalanish uchun
qancha xarajat ketishini bilishi kerak bo‘ladi. Qo‘shimcha yollangan bitta ishchi
kuchidan olinadigan qo‘shimcha daromad mehnatning chekli daromadliligi deyiladi
va u
L
MRP
orqali belgilanadi.
Mehnatning chekli daromadliligi
L
MRP
ning iqtisodiy ma’nosi shundan
iboratki, ya’ni u qo‘shimcha bir birlik ishchi kuchidan foydalanib qo‘shimcha ishlab
chiqarilgan mahsulot hajmini
)
(
L
MP
, qo‘shimcha bir birlik ishlab chiqarilgan
mahsulotdan olinadigan qo‘shimcha daromad
MR
ga ko‘paytirish orqali aniqlanadi:
MR
MP
MRP
L
L
(1), bu yerda
L
MRP
- mehnatning chekli daromadliligi;
L
MP
-
mehnatning chekli mahsuloti;
MR
- chekli daromad.
Ushbu muhim bo‘lgan (1) munosabat iste’mol bozori raqobatlashganmi yoki
yo‘qmi har qanday raqobatlashgan omillar bozori uchun o‘rinlidir. Masalan, kapital
bozori uchun:
,
MR
MP
MRP
K
K
bu yerda
K
MRP
- kapitalning chekli
daromadliligi;
K
MP
- kapitalning chekli mahsuloti;
MR
- chekli daromad. Yer
bozori uchun:
MR
MP
MRP
t
t
.
Raqobatlashgan bozor sharoitida chekli daromad bozor narxiga teng, ya’ni
P
MR
bo‘lgani uchun, chekli mehnat daromadliligi quyidagicha aniqlanadi:
,
P
MP
MRP
L
L
(2).
Chekli daromadning kamayish qonuniga ko‘ra, mehnatning chekli mahsuloti
ish vaqti uzayishi bilan kamayib boradi. Demak,
L
MRP
chizig‘i narx o‘zgarmasa
ham pastga qarab yo‘nalgan bo‘ladi (16.1-rasm).
I
- chiziq raqobatlashgan iste’mol bozoridagi firmaning
L
MRP
chizig‘i (bu
yerda firma monopol hokimiyatga ega emas).
II
chiziq iste’mol bozorida monopol
hokimiyatga ega bo‘lgan firmaning
L
MRP
chizig‘i.
|