O‘zbеkiston rеspublikаsi



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə235/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   410
MIKRO MAKRO

Diffyerensial renta. 
Absolyut rentani qaraganimizda, yerning sifati, joylashuvi 
bir xil deb faraz qilgan edik. Haqiqatda esa yerlar hosildorligi bo‘yicha hamda 
joylashuviga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. 
Faraz qilaylik, tabiiy hosildorligi bo‘yicha 3 xil yer bo‘lsin, ya’ni, yaxshi, 
o‘rtacha va yomon yerlar. Bu yerlarning hosildorligi har xil bo‘lganligi uchun, 
ularning teng o‘lchamdagi uchastkalariga teng miqdorda kapital va mehnat sarflasak, 
turli xil natija olamiz. Hosildorligi yuqori bo‘lgan yerdan, boshqa yerlarga nisbatan 
ko‘proq hosil olamiz va bu ortiqcha olingan hosil yerning faqat tabiiy hosildorligi 
bilan bog‘liqdir. Yaxshi hosildor yerga renta o‘rtacha yer rentasiga ko‘ra yuqori, 
o‘rtacha yer rentasi esa yomon yer rentasiga ko‘ra ko‘p bo‘ladi, yomon yer egasi esa 
sof iqtisodiy (absolyut) renta oladi (17.8-rasm). 
17.8-rasm. Diffyerensial renta 
Differen-
sial renta 


E* 
E
1
 
R
1
 
E' 
2
''
R
 
E
2
 
R
2
 
Q Yer miqdori, ga 
E
3
 
*
1
R
 
'
1
D
 
D
MRP
1
1

 
''
1
D
 
D
MRP
2
2

 
D
MRP
3
3

 


243 
Eng yaxshi yer egasi har bir gektar yerdan har oyiga diffyerensial renta 
1
R
ni 
oladi, o‘rtacha yer egasi - 
1
R
rentani. Yomon yerning rentasi nolga teng. Biz bu 
yerda yaxshi, o‘rtacha va yomon yerlarning o‘lchami teng deb faraz qildik. Xuddi 
shunga o‘xshash diffyerensial rentalarni yerlarning joylashuviga ko‘ra ham aniqlash 
mumkin. 
Biz yuqorida yerlarni tabiiy hosildorligi bo‘yicha rentalarni ko‘rdik. Lekin, yer 
hosildorligini unga qo‘shimcha kapital sarflab ham (masalan, optimal darajada o‘g‘it 
berish, yangi agrotexnikani qo‘llash) oshirish mumkin. Masalan, yaxshi yerga 
qo‘shimcha kapital sarflasak, u quyidagi oqibatlarga olib kelishi mumkin: a) 
qo‘shimcha kapital ishlab chiqarish samaradorligini oshirishi mumkin (bu holda yer 
rentasi 
1
R
dan 
*
1
R
ga oshadi); b) sarflangan qo‘shimcha kapital ishlab chiqarish 
samaradorligini kamayishiga olib keladi (bu holda yaxshi yer rentasi pasayib 
'
1
R
ni 
tashkil etadi). Bordi-yu, qo‘shimcha kapital sarfi samaradorlik darajasini 
o‘zgartirmasa, yer rentasi ham o‘zgarmaydi. 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin