O‘zbеkiston rеspublikаsi


Ko‘pchilikka ergashish samarasida



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   410
MIKRO MAKRO

Ko‘pchilikka ergashish samarasida
iste’molchi atrofdagilar va modadan ortda 
qolmaslikka tirishib, ko‘pchilik nimani ma’qul ko‘rsa shuni xarid qilishga moyil bo‘ladi. 
Bunda uning xaridga oid hatti-harakati boshqalarning fikriga bevosita bog‘liq bo‘lib 
qoladi. Ko‘pchilikka ergashish samarasi deganda iste’molchining umum qabul qilingan 
normalar ta’sirida ko‘pchilik xarid qiladigan ne’matlarga talabini oshishi bilan bog‘liq 
samara tushuniladi. Bunda talab elastikligi yuqori va talab chizig‘i yotiq bo‘ladi. 
2. 
Snob samarasida 
iste’molchining atrofdagilardan ajralib turishga ishtiyoqi 
baland boladi. Bu yerda ham uning tanlovi atrofdagilar hatti-harakatiga bog‘liq, ammo bu 
teskari bog‘liqlik. Snob samarasi boshqa insonlar shu ne’matni iste’mol qilishi ta’sirida 
talabda yuz beradigan teskari o‘zgarishni ifodalaydi. Ya’ni, agar atrofdagilar shu ne’matga 
talab hajmini oshirsa, snob uni qisqartiradi yoki umuman iste’moldan voz kechadi. Snob 
samarasida talab elastikligi past bo‘ladi. 
3. 
Veblen samarasi
(T. Veblen nomidan olingan) obru-e’tibor ketidan quvib 
unutilmas taassurot qoldirish maqsadini ko‘zlovchi namoyishkorona iste’molni nazarda 
tutadi. Bunda tovarning narxi ikki qismdan: real narx va obru keltiruvchi narxdan tashkil 
topadi. Veblen samarasi tovarning narxi qimmatligi tufayli iste’molchi talabining oshishi 
bilan bog‘liq samarani aks ettiradi. Snob va Veblen samaralarining asosuy farqi shundaki, 
agar snob samarasida muayyan tovarga talab boshqalarning shu tovarni iste’mol qilish 
hajmiga bo‘g‘liq holda o‘zgarsa, Veblen samarasida talab tovar narxining qimmat yoki 
arzonligiga qarab o‘zgaradi.
Ne’matga xos xususiyatlardan xoli bo‘lgan nofunksional talabga yana spekulyativ 
va noratsional talablar kiradi.
Spekulyativ talab 
inflyatsion kutishlar yuqori bo‘lgan
 
jamiyatlarda, kelgusida 
narxlarning oshib ketish xavfi joriy davrda qo‘shimcha talab va iste’mol hajmini yuzaga 
keltirishi bilan izohlanadi. 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin