O’zbekiston Respublikasi va oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Namangan muhandislik-texnologiya instituti


-MA’RUZA  QATTIQ JISMLARNING KONTAKTI VA UNGA YuZA NOTEKISLIKLARI



Yüklə 459,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/14
tarix13.12.2022
ölçüsü459,44 Kb.
#74344
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Tribotexnika asoslari

2-MA’RUZA 
QATTIQ JISMLARNING KONTAKTI VA UNGA YuZA NOTEKISLIKLARI 
PARAMETRLARINING TA’SIRI 
Reja 
1. Moysiz sirpanib ishqalanish. 
2. Qattiq jismlar kontakti. 
3. Ichki va tashqi ishqalanish. 
Ishqalanish ikki bir-biriga nisbatan harakat qiluvchi jismlar orasida yog’lovchi 
muhit bor yoki yo’qligiga qarab moyli, chegaraviy va quruq ishqalanishlarga 
bo’linadi. 


Quruq ishqalanish (Moysiz sirpanib ishqalanish) deb ikki bir-biriga nibatan nisbiy 
xarakatlanuvchi jismlar orasida mutloqo moy bo’lmasdan ishqalanish aytiladi. 
Moyli ishqalanish deb ikki ishqalanuvchi jism biri-biridan batamom moy muxitti 
(qalinligi 0,1 mkm dan ko’p) bilan ajralib turgan holda sodir bo’ladigan ishqalanishga 
aytiladi. CHegaraviy ishqalanishda ikki jism orasidagi moy qatlami qalinligi 0,1 mkm 
bo’lishi kerak.
Ishqalanish ikki jismning bir-biriga nisbatan harakatlanish turiga ham qarab 2.1- 
rasmda ko’rsatilgan turlarga bo’linadi. 
2.1-rasm. Tashqi ishqalanish turlari sxemasi. 
Qattiq jismlarning o’zaro tegishi natijasida va ularning harakati tufayli 
ishqalanish sodir bo’ladi. Qattiq jismlar bir biri bilan qanday holatda qanday yuza 
bilan tegishi, yuzalarning sifat ko’rsatkichlari xaqida tuxtalib o’tamiz.
Har qanday jismning ikkinchi jism bilan ishqalanishi natijasida ularning fizik-
mexanik xossalari hamda geometriyasi o’zgaradi. Shuning uchun biz yuzaning 
mikrogeometri yasi xaqida ma’lum tasavvurga ega b o’lishimiz kerak. Har qanday 
detalning yuzasi g’adir-budirlik, t o’l qinsimonlik kabi mikroog’ishdan iboratdir. 
detallarning ishqalanishi asosan yuza g’adir-budirliklari hisobiga ke chadi. ya’ni 
ishqalanish g’adir-budirliklar orasida b o’ladi.
Gadir-budirliklar o’z navbatida sub g’adir-budirlikdan iborat. G’adir-budirliklar 
asosan metallarga ishlov berish natijasida yuzaga keladi. yuzalar keski chlar bilan 
Ташқи ишқаланиш
Ҳаракатсиз 
ишқаланиш 
Ҳаракатдаги 
ишқаланиш 
Гир-гир айланиб 
ишқаланиш 
Сирпаниб 
ишқаланиш 
Думалаб 
ишқаланиш 
Мураккаб 
ишқаланиш 


ishlov berilganda 7 - 8 sinf g’adir-budirliklarga ega b o’ladi r q 80. jilvirlash 
natijasida jilvirtosh o’lchamiga qarab 9 - 10 sinfga ega (0,16 – 0,18) b o’ladi.
Detallarning o’zaro tegishi, yuzalarning makronotekisliklaridan xosil b o’lgan t 
o’l qinsimonlik uchlari va do’nglarda sodir b o’ladi.
Statik yuklanishda yuzalarni tegish jarayoni quyidagi cha sodir b o’ladi.
Yuza yuklanishni do’nglik uchlari bilan qabul qiladi. Bunda tutashish 
maydonidan iborat bo’lgan zona joylashadi. Birin chi b o’lib tegish jarayoniga d 
o’ngliklar yig’indisi katta b o’lgan yuza d o’ngliklari kirishadi. Yuklanish ortib 
borishi bilan yuzalar ya qinlashib boradi va do’nglar yig’indisi kichik b o’lgan juft 
ham tegishadi. Do’ngliklarning tegishish vaqtini har xil bo’lishi, ularning 
kuchlanganlik holati va deformatsiyasini differentsiallaydi.
Do’ngliklar 
quyidagicha 
deformatsiyalanishi 
mumkin: 
qayishqoq; 
puxtalanmagan qayish qoq elastik; puxtalangan qayishqoq elastikli.
Dastlabki yuklanishda notekislikning xaqiqiy qayishqoq deformatsiyalanishi 
faqat elastik jismlarda b o’lishi mumkin (m-n: rezinada). Ko’p hollarda plastik 
deforma tsi yadagi dastlabki yuklanish xa qi qiy tegish maydonini xosil qilishda 
asosiy rol o’ynaydi.
Mikronotekislik do’ngliklarining plastik deformatsiyalanishi tegishdagi o’rta 
bosimda boshlanadi. Xaqiqiy tegish maydonidagi chegaraviy o’rtacha bosim
qiymati materialning puxtalanganini hisobga olingan holda, plastik deformatsiya 
jarayonida 2-3 marotabaga ortadi. Bu bosimda, kontur maydoni ostidagi material 
plastik deforma tsi yalana boshlanadi. uni natijasida do’nglik to’tashayotgan
qismining maydon o’lchami ortib boradi yoki yangi tegish maydoni xosil b o’ladi.
Plastik deforma tsi ya natijasida do’nglarni butunlay kirishib ketishi kuzatilmaydi.
Xaqiqiy tegish maydoni yuklanishining ortishi, yuza g’adir-budirligining 
kamayishi va cho’qqilarning yumoloqlanish radiuslarini ortishi bilan ortib boradi. Bu 
maydon materialning qayishkoqlik tasnifini va oquvchanligini ortishi bilan, yana 
yuza notekisligini ortishi bilan kamayib boradi. Ikki xil material yuzalarining 
tegishida, xaqiqiy tegish maydoni yumshoq materialning fizik-mexanikaviy xossalari 
va qattiq material yuzasining geometriyasidan aniqlanadi.


Har qanday jism o’zaro fa qat diskret holatda ( yakka- yakka nu qtalar or qali) 
bir biriga tegadi, shuning u chun tegish yuzalari 3 xil turda b o’ladi.
1. Nominal tegish yuzasi. bunday tegish jismlarning tash qi shakllari or qali 
amalga oshiriladi. nominal tegish yuzasi 100% deb qabul qilinadi va ao bilan 
belgilanadi: ao q100%.
2. Kontur tegish yuzasi. Bunday tegish jismlarning t o’l qinsimon shakllari 
hisobiga amalga oshadi: ak q (5 - 15) ao.
3. Xaqiqiy tegish yuzasi. Bu detalning g’adir-budirligi hisobiga sodir b o’ladi: ax 
q (0, 01 - 0, 1) ao.
Mashina va mexenizmlardagi uzellarning ishi detallar tutash sirtlarining bir-
biriga nisbatan xarakatlanishiga bog’liq. Bu xarakat kup xollarda ishqalanish 
kuvvatining foydasiz sarflanishiga va mashina detallarining yeyilishiga olib keladi. 
Ishqalanishni tutash sirtlarda kechadigan kuplab murakkab jarayonlarga 
bog’liqligi aniklangan. 
Ishqalanish tabiatini tushuntirish uchun bir necha gipoteza va nazariy asoslar 
mavjuddir. 
Ishqalanishning mexanik nazariyasi eng muxim nazariyadir. Bu nazariya 
asosida tutash sirtlar xarakatlanganda yuzaga keluvchi elementar notekisliklarning 
kayishqok va kayishqok bulmagan mexanik uzaro ta’sirlarini tadkik kilish yotadi. 
Frantsiyalik olim Amonton (1699y) tajribalar asosida ishqalanish kuchi (F) 
yukning ogirligi (N)ga mutanosib bulib, jismlarning urinish yuzi o’lchamiga bog’liq 
emasligini anikladi. 
F=f*N 
bu yerda: 
F-ishqalanish kuchi, N; 
f-ishqalanish koeffitsienti, 
N-me’eridagi yuklanish, N. 
Ishqalanishning molekulyar nazariyasi XVIII asrda paydo bulib, ingliz fizigi 
Tompsonning ilmiy ishlarida (1929 y.) rivojlantirilgan. U ishqalanish xodisasini 


sirtlar urtasida yuzaga keluvchi molekulyar uzaro ta’sir kuchlaridan kelib chikib 
tushuntiradi. 
Belorus Respublikasi FA ning muxbir a’zosi B.V. Deryagin (1943 y) mazkur 
nazariyani tulik rivojlantirib, ishqalanish sababi ishqalanuvchi sirtlar yakinida 
molekulyar kuch maydoni paydo bulishi va bunda jismlarning molekulyar ilashuvi 
yuzaga kelishi bilan tushuntirilishini ko’rsatib berdi. 
Bu xolda 
F=f*S(P+P) 
bunda 
F-ishqalanish kuchi, N; 
S-xakikiy tutashuv yuzasi, m; 
R-molekulyar uzaro ta’sirlashuv solishtirma kuchi, N/m; 
PqN/S-solishtirma bosim, H/m. 
Ishqalanishning molekulyar-mexanik nazariyasi professor I.V. Kragelьskiy 
tomonidan (1946 y) ishlab chikilgan va ishqalanish ikki yoklama tabiatga ega bulib, 
sirtdagi ayrim chikiklarning bir-biriga botib kirishi bilan xam, ikki jismning 
molekulyar tortishish kuchlari bilan xam bog’liq, degan taxminga asoslanadi. 
Notekisliklar ancha kup bulganda mexanik omillar ustun keladi, chikiklar 
tekislanganidan sung va juda sillik kilib ishlangan sirtlarda molekulyar omillar 
kuprok namoyon buladi. 
Ishqalanish kuchlarini aniklash uchun I.V.Kragelьskiy ushbu ifodadan
foydalanishni taklif etgan: 
F=Fmex+Fmolqa*S+b*P, 
bu yerda: 
Fmex-mexanik ishqalanish kuchining tashkil etuvchisi, 
Fmol-molekulyar ishqalanish kuchining tashkil etuvchisi, N; 
P-solishtirma karshilik, H/m; 
a,v-tajriba yordamida aniklanadigan koeffitsentlar. 
Ishqalanishning energetik nazariyasini 1952 yilda fizik olim A.D. Dubinin 
taklif etgan. U ishqalanish xakidagi ta’limning rivojlanish tarixi ishqalanuvchi 


sirtlarga mexanik va molekulyar kuchlar ta’sir ko’rsatishi natijasida ishqalanish 
kuchi paydo bulishi bilan bog’liqdir. SHu sababli ishqalanish kuch emas, balki 
jarayon ekanligi ma’lum bulishiga karamay, ishqalanish tabiatini kuchlarning ta’sir 
etish konunlari asosida ochib berishga intilishgan, deb ta’kidlaydi. 
Ishqalanish va yeyilishning energetik nazariyasi shunday fizik-kiyoviy 
xodisalarga asoslanadiki, ulardan ishqalanish jarayoni bitta buladi, ammo ular bilan 
bog’liq xodisalar xar xil bulib, kupgina sharoitlarga bog’liq, degan xulosa kelib 
chikadi. 
Ishqalanish kuchi - bir jism tashki kuch ta’sirida boshka jism sirti buylab
xarakatlanganida yuza keladigan karshilik: mazkur tashki kuch ana shu jismlar 
orasidagi umumiy chegaraga urinma buyicha yunalgan buladi. 
Sirpalanish tezligi - sirpalanishda urinish nuktalaridagi jismlar tezliklari 
orasidagi fark. 
Ishqalanish sirti - jismning ishqalanishda katnashuvchi sirt. 
Ishqalanish koeffitsienti - ikki jismning tinch xolatdagi eng katta ishqalanish 
kuchining ana shu jismlarni bir-biriga sikib turuvchi me’yoridagi kuchga nisbati. 
Ilashish koeffitsienti - ikki jismning tinch xolatdagi eng katta ishqalanish 
kuchining jismlarni bir-biriga sikib turadigan, ishqalanish sirtlariga nisbatan 
me’yorida bulgan kuchga nisbati. 
Dumalashdagi ishqalanish kuchini aniklash uchun SH.O.Kulon kuyidagi 
formulani taklif etgan: 
F=K*N/R 
bu yerda F-dumalashdagi ishqalanish kuchi,N;
N-me’yoridagi kuch, N;
R-dumalash radiusi,m;
K-dumalashdagi ishqalanish koeffitsienti. 
Ishqalanish jarayonining jadalligini ifodalaydigan parametrlar sirpanishda eng 
katta va dumalashda eng kichik buladi. Zamonaviy avtomobillar, traktorlar, kishlok 
xujalik mashinalari va avtotraktor dvigatellarining barcha asosiy tutashmalari, odatda 


majburiy yoki bosim ostida moylanadi. Moyni bosim ostida uzatish va uni filьtrlash 
usuli transmissiyaning ishqalanuvchi uzellarida tobora kengrok kullanilmokda.

Yüklə 459,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin