Namangan viloyati Yangiqo’rg’on tumani 33-umumiy o‘rta ta’lim maktabi Ijtimoiy fanlar metodbirlashmasining 1– sonli yig‘ilish Bayonnomasi 28.08.2021 yil.
Yig’ilish raisi: M.Ma’rufxonov
Katnashdilar: 4 nafar metodbirlashma a’zolari.
Kun tartibidagi masala: Metodbirlashma rahbarini saylash.
Metodbirlashma ish rejasini tuzish va tasdiqlash. Dars taqsimotini amalga oshirish hamda metodbirlashma a`zolarining taqvimiy ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida.
O‘quv dasturlari va darsliklariga kiritilgan o‘zgarishlar. Fanlarni o‘qitishga doir me’yoriy va metodik hujjatlarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish usullari haqida.
O‘quv yili davomida sinfdan tashqari ishlar past va iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash va to‘garak mashg’ulotlari rejasini ishlab chiqish to‘g‘risida.
O‘qituvchilarni zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, o‘qitish metodlarini izlab topishga yo‘naltirish, yangi pedagogik texnologiya qo’llab dars o’tib berish va fandagi bo’shliqlarni to’ldirish usullarini tavsiya etish to‘g‘risida. (Metodik ma’ruza).
O'quv-seminar, mahorat darslari, fanga doir qo'shimcha ma'lumotlar, yangiliklar muhokamasi yuzasidan davra suhbat tashkil etish.
Eshitildi: 1-masala bo’yicha metodbirlashma a`zolari G. Isaboyeva va B. Sayfullayevalar so’zga chiqishdi , G. Isaboyeva metodbirlashmaning 2020-2021-yildagi faoliyati haqida qisqacha ma’lumot berib o’tdi va metodbirlashma rahbarligiga nomzod sifatida M.Ma’rufxonov nomzodini taklif etdi.Ushbu taklif yuzasidan metodbirlashma a`zosi B. Sayfullayeva so’zga chiqib fikrlarini bildirib o’tdi.Ushbu taklif metodbirlashma a`zolari tomonidan maqullandi.
Yuqorida bildirilgan fikr, taklif va mulohazalarga asoslanib, metodbirlashma yig‘ilishi
QAROR QILADI: 1. Metodbirlashma rahbari etib Ma’rufxonov Muhammadjon tayinlansin.
2. Metodbirlashmaning 2021-2022-o’quv yilidagi faoliyati va xujjatlarini yuritish Ma’rufxonov Muhammadjon zimmasiga yuklatilsin.
2-masala bo’yicha metodbirlashma raxbari M.Ma’rufxonov so’zga chiqdi va metodbirlashmaninng 2021-2022-o’quv yili uchun tuzilgan yillik ish reja haqida metodbirlashma a`zolariga ma’lumot berib o’tdi. Shundan so’ng 2021-2022-o’quv yilida 5-6-7-8-9-10-11-sinflarda Tarix, huquqshunoslik, tarbiya darslariga ajratilgan yillik umumiy dars soatlari haqida va ushbu o’quv yilida fan o’qituvchilariga dars taqsimoti bo’yicha ajratilgan sinflar va dars soatlari haqida ma’lumot berib o’tdi 2021-2022-o’quv yilida maktabda ijtimoiy fanlarda (tarix, tarbiya, huquqshunoslik) jami bo’lib 80 soat dars borligi va unga ko’ra: