O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika fakul`teti


Saylxonova Mahliyo Ramazonovananing “Umumiy o`rta ta`lim maktablarida



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/39
tarix09.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#127755
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy davlat pe

 
Saylxonova Mahliyo Ramazonovananing “Umumiy o`rta ta`lim maktablarida
amaliy psixologning vazifalari ish mazmuni va uslublari” mavzusida yozilgan 
bitiruv malakaviy ishiga
TAQRIZ 
O`zbekiston Respublikasi istiqlolining ilk yillaridanoq ta`lim-tarbiya 
tizimini isloh qilish, ilmiy kadrlar tayyorlash masalasi ustuvor soha sifatida 
belgilandi. 
Mustaqil Respublikamiz kelajagi iste`dodli, barkamol yoshlarning
ta`lim-tarbiyasiga bog`liq. Yurtboshimiz I.A.Karimov ta`kidlaganidek,”Bilimga 
chanqoq iste`dodli yoshlarni topib, ularni Vatanga fidoiy insonlar qilib
tarbiyalash muqaddas vazifadir”. Yurtimizda ta`lim muassasalarida psixologik
xizmatni, yoshlarni kasbga yo`naltirish va pedagogik psixologik tashxis
markazlarining tashkil etilishi, bunday g`oyat ulug` vazifani bajarish yo`lidagi


fayzli qadamlardan biridir. Zero, ta`lim muassasalarida psixologik xizmat
bolalarining iqtidorini aniqlash, ularni o`z jismoniy va ruxiy imkoniyatlariga
mos ta`lim muassasalariga, kasblarga yo`llash orqali ulardan mavjud
iste`dodlarning yanada rivojlanishi, amaliy faoliyatida samarali natijalarga
erishishlariga xamisha yordam beradi. Shu bois, ta`lim muassalarida psixologik
xizmatini takomillashtirish masalasi xozirgi kunnig dolzarb muamolardan
biridir. 
Bugungi kunda maktablarda amaliyotchi psixolog mutaxasisligini zarur
extiyoj sifatida qabul qilinishi ushbu yo`nalishda kutilgan eng muxim qadamlardan 
biri deyish mumkin. 
Keyingi paytlarda Respublikamizdagi barcha umum ta`lim maktablarida 
oliy va o`rta maxsus ta`lim muassasalarida olib borilayotgan amaliy ishlar o`sib 
kelayotgan yoki bunyodkor avlodni ijtimoiy taraqqiyot asosida tarbiyalashni 
ta`minlashga xizmat qilmoqda. Shunday bo`lsada xali xam bu borada yechimini 
kutayotgan pedagogik-psixologik muamolar talaygina. Bu muamolar eng avvalo 
umumta`lim maktablarida o`quvchi shaxsini o`rganish va rivojlantirish jarayonida 
shaxsni tarbiyalash jarayonlari bilan bevosita bog`liqdir. 
Talaba Saylxonova Mahliyo Ramazonovana tomonidan tayyorlangan bitiruv 
malakaviy ishi ham mazkur muammoga bag`ishlangan bo`lib, haqiqat ham 
dolzarbdir. 
Bitiruv malakaviy ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi yoritilgan, 
maqsad va vazifalar, shuningdek, tadqiqot predmeti va ob’ekti mavzuga mos 
keladi.
Bitiruv malakaviy ishining birinchi bobi “Ta`lim sohasiga psixologik xizmatning 
kirib kelishi” deb nomlanib uning “Chet-el va O`zbekiston ta`lim tizimiga 
psixologik xizmatning tadbiq etilish” nomdagi birinchi paragafida malakatimiz va 
hamdo`st mamlakatlarning xalq ta’limi tizimiga psixologik xizmatni joriy etish 
to`g`risidagi fikrlari tahlil qilingan. Ikkinchi „Xalq ta`limi tizimida pisixologik 
xizmat“ paragrafida Xalq ta`limi tizimidagi psixologik xizmatning maqsadi, o`rta 
maktabdagi o`quv tarbiya ishlarini yaxshilash kabi fikrlar bayon etilgan iboratdir. 


Tadqiqotning ikkinchi bobi “Umumiy o`rta ta`lim maktablarida amaliyotchi 
psixologning vazifalari va ish mazmuni” deb nomlanib unda maktab amaliyotchi 
psixologning vazifalari va ish mazmuni 5-paragrafda yoritb o`tilgan.
Bitiruv malakaviy ishi oxirida tegishli xulosalar berilgan. Ishda 50 nomdagi 
adabiyotdan foydalanilagan.
Bitiruv malakaviy ishida ayrim kamchiliklar ham bor.
Ular quyidagilar: 
1. Ishda ayrim xatolar va g’aliz fikrlar bor. 
2. Xulosa qismini yanada kengaytirish kerak. 
4. Adabiyotlar ro’yxati bitiruv malakaviy ishga qo`yilgan talab bo’yicha 
rasmiylashtirilishi kerak. 
Talaba Saylxonova Mahliyo Ramazonovana bitiruv malakaviy ishi 
tugallangan deb hisoblayman va uni himoyaga tavsiya qilsa bo`ladi bo’ladi. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin