muamolarni hal etish masalalari bo`yicha murojat qilishadi. Pedagoglar esa
bolalar o`quvchi yoshlarda uchraydigan o`qish malakalari, ko`nikmalarini
egallashdagi nuqsonlar, xulq-atvordagi
kamchiliklar, intelektual taraqqiyot, shaxs
fazilatlaridagi
buzilishlar sababini aniqlash, o`quvchi-yoshlarning o`qishga
nisbatan motivasiyasini oshirish, ularga samarali pedagogik-psixologik ta`sir
etish yo`llari haqida psixologik maslaxatlar olishni va o`quv-treninglarida
qatnashishni xoxlashadi. Ota-onalar bolalarni to`g`ri tushinishi, ular bilan ishonchli
munosabatlar o`rnatish masalalariga ko`proq qiziqadilar.
Darhaqiqat, talaba M.R.Saylxonova tanlagan bitiruv malakaviy ishi juda
qiziqarli va dolzarb mavzu hisoblanadi va u bu mavzuga sitqidildan yondashib, uni
o’rganishga harakat qilgan. Haqiqtdan ham maktab amaliy psixologning vazifalari
ish mazmuni va uslublarini o’rganish, tadqiq etish zarur va dolzarbdir.
Shu nuqtai nazardan talabaning bu izlanishi alohida dolzarbligi bilan ajralib
turadi.
M.R.Saylxonova muammoga oid ilmiy
manbalarni yetarli darajada
o’rgangan va tahlil qilib chiqqan.
Bitiruv malakaviy ishining muvaffaqiyatidan tashqari ba’zi kamchiliklar
ham bor. Ular quydagilar:
1. Bitiruv malakaviy ishida tavsiya qilingan metodikalardan tashqari, yangi
metodikalar ham kiritlsa maqsadga muvofiq bo’lgan bo’lar edi.
2. Ishda
orfografik xatolar bor, ularni bartaraf etish lozim.
Saylxonova
Mahliyo
Ramazonovananing
“Umumiy o`rta ta`lim
maktablarida amaliy psixologning vazifalari ish mazmuni va uslublari”
mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi barcha talablarga mos keladi va himoya qilish
uchun tavsiya etaman.