SHaxsning hayot tarzi- maqsadga muvofiq shakllangan qiziqishlar, faoliyat turlari va hayot
yo’llari tizimi.
SHaxsning o’z-o’zini rivojlantirishi- bu insonning o’z hayotiy faoliyatining sub’ektiga
aylanishidir. Sub’ektlik-insonning hayotdagi faol, mustaqil holati va maqomi. U
inson tug’ilishidanoq unga xos bo’lib, uning ilk psixologik namoyon bo’lishi
bolaning jonlanishi hisoblanadi. YOsh o’tgan sari u o’z shakllarini o’zgartiradi-
insonda axloqiy, estetik, ijtimoiy va psixologik qo’zg’atuvchi sabablar paydo
bo’ladi. Inson o’z-o’zini anglash, muomala va faoliyat sub’ektiga aylanadi. Bu
faollik ham shaklan ham mazmunan o’zgaradi. Inson qanchalik yoshi o’tsa u
shunchalik ko’proq o’z-o’zini rivojlantirish sub’ekti bo’ladi.
Xayriya- alohida shaxslar yoki tashkilotlar tomonidan kam ta’minlangan oilalar, muhtojlarga
ko’rsatiladigan yordam.
Hayotiy vazifalar- insonning hayotiy yo’naltirilganligi, faoliyat usuli, o’ziga, olam va
insonlarga nisbatan munosabat turi.
Homiylik- voyaga yetmaganlarning (boshqa toifa insonlarning ham) shaxsiy va mulkiy
huquqlarini himoya qilish shakli, ya’ni homiylikda vasiylikka qaraganda ancha
keng toifadagi bolalar huquqlari himoya qilinishi mumkin.
Huquqbuzarlik- biror-bir huquqni buzuvchi har qanday xatti-harakat. Huquqbuzarliklar
ijtimoiy xavfli harakat va jinoyatlarga bo’linadi.
O’zaro munosabatlar- jamoada ijtimoiy psixologik iqlimni shakllantirish asosi.
O’z-o’zini aktuallashtirish- insonning o’z shaxsiy imkoniyatlarini to’liq aniqlashga va
rivojlantirishga qaratilgan doimiy intilish.
O’z-o’zini anglash-
inson ongining eng oliy irodasi bo’lib, o’zi haqidagi tasavvurlar, xulq-atvori, faoliyati, ehtiyojlarini anglashdan namoyon bo’ladi. O’z-o’zini tarbiyalash- insonning o’zida ijobiy xislatlarni shakllantirish va salbiy xislatlarni
bartaraf etishga qaratilgan, tashkillashtirilgan faoliyati.