ijtimoiy pedagogik faoliyat metodikasi- ijtimoiy pedagogik faoliyatning mazmuni, shakli,
usullari, vositalari va nazorati majmuasi.
ijtimoiy pedagog refleksiyasi- har bir bosqichda o’z faoliyatini tahlil qilish, uning salbiy va
ijobiy tomonlarini aniqlash, olingan natijalarni bola shaxsiyatiga ta’sirini
o’rganish.
ijtimoiy pedagogik reabilitatsiya- bola organizmining ba’zi buzilgan funksiyalari, uning
ijtimoiy maqomining o’zgarishi va unda og’uvchi xulq-atvorning paydo bo’lishi
bilan bog’liq bolaning ijtimoiy aloqalarni yo’qotishini tiklashga qaratilgan
choralar tizimi.
ijtimoiy pedagogik profilaktika- bolada turli faollik turlarining namoyon bo’lishiga va
bolalarning optimal ijtimoiy rivojlanishiga shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan
ijtimoiy tarbiya chora-tadbirlar tizimi.
ijtimoiy pedagogik faoliyat- bolaga ijtimoiylashuv jarayonida va jamiyatda o’z-o’zini
amalga oshirishi uchun yordam ko’rsatishga qaratilgan professional faoliyat.
ijtimoiy pedagogik faoliyat texnalogiyasi- ratsional va maqsadga qaratilgan xatti-harakatlar
bilan xarakterlanadigan amaliy ijtimoiy pedagogik faoliyat, metod va usullari
majmuasi.
ijtimoiy pedagogik yordam- bolaning ijtimoiylashuvi va to’la qonli rivojlanishi uchun
psixologik, pedagogik sharoitlar yaratib beruvchi ijtimoiy pedagogik chora-
tadbirlar tizimi.
ijtimoiy profilaktika-
turli salbiy xarakterdagi ijtimoiy og’ishlarni keltirib chiqaruvchi asosiy sabablar va shart-sharoitlarni oldini olish, bartaraf etish yoki neytrallashtirishga qaratilgan davlat, ijtimoiy, ijtimoiytibbiy va tashkiliy chora-tadbirlar majmuasi. ijtimoiy psixologik yordam-
oila va mikro jamiyatda qulay mikroiqlimni yaratishga, uy, maktab jamoasining salbiy ta’sirlarini bartaraf etishga qaratilgan yordam.