123
Kommunikativlik-
shaxslararo muloqat madaniyatiga ega bo’lish, bolani tinglash va eshitish
qobiliyati, muomalaga kirisha olish va aloqa o’rnatish, axborot to’plash, turli
ijtimoiy munosabatlar o’rnatish va rivojlantirish,
bolaning verbal va noverbal
xulq-atvorini kuzatish.
Kompensatsiya-
buzilgan funksiyalar o’rnini to’ldirish, rivojlantirish.
Konkretlik-
umumiy fikrlardan voz kechish va savollarga aniq javob berish qobiliyati.
Korreksion tarbiya-
jamiyatdagi hayotga ko’nikish uchun sharoitlar yaratish, ba’zi
toifa
odamlarni rivojlanish nuqsonlarini yengib o’tish yoki bartaraf etish.
Madaniyat-
jamiyat, ijodiy kurslar va inson qobiliyatlarining tarixan rivojlanish darajasi
bo’lib, insonlar hayoti va faoliyatini tashkil qilish shakllari,
shuningdek, ular
tomonidan yaratilayotgan moddiy va ma’naviy qadriyatlarda o’z ifodasini topadi.
Madaniyatlilik-
bola tarbiyasi va ijtimoiylashuvi jarayoni shu jamiyat va millatning
ma’naviy va moddiy madaniyati asosida qurilishi lozim.
Maqom-
bemorni ko’rilayotgandagi holati tavsifi.
“Men” konsepsiyasi-
insonning o’zi haqidagi tasavvurlari tizimi.
Mikrosotsium-
o’z tarkibiga oila, qo’shnichilik, tengdoshlar guruhlari, turli ijtimoiy, davlat,
diniy, xususiy va tarbiyaviy tashkilotlari mavjud,
muayyan hududda faoliyat
yurituvchi jamiyat.
Nazoratsizlik-
bolalarni, ularning xulq-atvorini, bo’sh vaqtlarini qanday o’tkazishlarini
nazorat qilmaslik, ularning tarbiyasi haqida qayg’urmaslik.
Oila-
insonlar kundalik hayotining asosiy qismi- jinsiy munosabatlar,
bolani dunyoga
keltirish, bolalarning ilk ijtimoiylashuvi kabi holatlar sodir bo’ladigan ijtimoiy
institut.
Ontogenez-
hayvon yoki o’simlik olamining yaralishidan boshlab hayotining oxirigacha
indevidual rivojlanishi. Ontogenez organizmning
tashqi muhitning aniq bir
sharoitlarda rivojlanishi hisoblanadi. Ontogenezda har organizm birin-ketin
rivojlanish bosqichlaridan o’tadi. Inson ontogenezi ikki bosqichdan iborat-
prenatal va postnatal.
Dostları ilə paylaş: