Yetimlik- jamiyatda ota-onasidan judo bo’lgan bolalarning borligi bilan izohlanadigan
ijtimoiy hodisa.
Jamoa- ijtimoiy munosabatlar va yagona ijtimoiy faoliyat asosida birlashgan guruh.
Jinoyat- delinkvent xulq-atvor turi bo’lib, shaxsga, qonun bilan qo’riqlanadigan ob’ektlarga
tajovuz qiluvchi ijtimoiy havfli xatti-harakat.
Jinoiy xulq-atvor- jinoiy javobgarlikka tortish yoshiga yetganda jinoiy ish qo’zg’atishga
asos bo’luvchi g’ayri huquqiy harakatlar.
Ijtimoiylashuv- insonning
butun
hayoti
mobaynida
o’z-o’zini
o’zgartirish
va
rivojlantirishning boshqariladigan va maqsadga yo’naltirilgan jarayoni.
Ijtimoiy tarbiya- bevosita insoniy munosabatlar, shuningdek shu
Insoniylik- bolani shaxs sifatida qadrlaydigan, uning g’ururi va erkinligini himoyalash bilan
xarakterlanadigan, inson manfaatini ijtimoiy institutlarni baholashning asosiy
me’yori deb hisoblaydigan qarashlar tizimi.
Infantilizm- organizmning ruhiy rivojlanishidagi to’xtab qolish bo’lib, bolalik davridagi
rivojlanish bosqichi jihatlarini saqlab qolish bilan xarakterlanadi.
Inqiroz- shaxs rivojlanishining diskret vaziyatida uning maqsadga qaratilgan hayotiy
faoliyatining to’xtab qolishi. Surunkali inqiroz ijtimoiy dezadaptatsiya, o’z joniga
qasd qilish, asab-ruhiy va psixologik kasalliklarga olib kelishi mumkin.
Ishontirish- mantiq, isbot-dalilga asoslangan aqliy emotsianal ta’sir. Uning mohiyati inson
ongiga ta’sir qilishga qaratilgan, demak ishontirishning muvaffaqiyali bo’lishi ong
qonunlariga mos kelishiga bog’liq. Ishontiruvchi so’zlar tushunarli bo’lishi kerak.
Ishontirish individual tajribaga qaratilishi lozim.
Ichki ishonch- axborotni tanqidsiz qabul qilish va unga muvofiq kayfiyat, xulq-atvorni
o’zlashtirishga qaratilgan ta’sir. Ishontirishning samaradorligi ishontiruvchi
shaxsning kuchi va boshqa shaxsning ishonuvchanligi, shuningdek ular o’rtasidagi
munosabatlarga bog’liq.