Referent guruh- inson uchun o’lchov birligi hisoblangan tavsiyalar, ma’lumotlar.
Refleksiya- insonning ichki ruhiy faoliyati bo’lib, o’z xatti-harakatlari, hislatlari, holatlarini
anglab olishga qaratilgan; insonning o’z ma’naviy dunyosini anglab olishi.
Somatik- jismoniy.
ijtimoiy adaptatsiya- metod va usullar tizimi bo’lib, uning maqsadi insonlarga ularning
ijtimoiylashuvi va yangi ijtimoiy sharoitlarga ko’nikishlariga yordam berish.
ijtimoiy diagnoztika- ijtimoiy hodisani, uning holatini xarakterlaydigan va uning
rivojlanish tendensiyalarini aniqlash maqsadida kompleks o’rganish jarayoni.
Metod, usullar vositasida tadqiq etishga asoslanadi. ijtimoiy diagnoztika ijtimoiy
muammoni a’zolarga bo’lib tashlash orqali o’rganishni ko’zda tutadi. Olingan
ijtimoiy tashhiz o’rganilayotgan ijtimoiy hodisalarning salbiy tendensiyalarini
oldini olishga qaratilgan amaliy harakatlar uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
ijtimoiy yyetim- biologik ota-onaga ega, biroq ular muayyan sabablarga ko’ra bola tarbiyasi
bilan shug’ullanishmaydi va unga g’amxo’rlik qilishmaydi.
Ijtimoiyinformatsion yordam- bolalarni ijtimoiy g’amxo’rlik, himoya, shuningdek ijtimoiy
xizmatlar faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlashga qaratilgan
yordam.
ijtimoiy ish- ijtimoiy sohadagi tashkiliy faoliyat bo’lib, jamiyatning barcha qatlamlaridagi
ijtimoiy muammolarni yechishga qodir bo’lgan maxsus ijtimoiy mehanizm
hisoblanadi. Uning maqsadi inson manfaati va ehtiyojlarini moddiylashtirish,
ijtimoiy va shaxsiy ahsmiyatga ega natijalarni qo’lga kiritish, jamiyatda
shaxsning, guruhning yoki jamoaning ijtimoiy maqomini mustahkamlash yoki
o’zgartirish.
ijtimoiy iqtisodiy yordam- muhtoj bolalarning ruhiy, axloqiy va emotsional holatini tiklash
bo’yicha muassasa, markazlarda yordam ko’rsatish.