121
9- GLOSSARIY
LUG’AT
Avtonomlashuv-
(avtova homus (yunon)-qonun) o’z-o’zini boshqarish
va tartibga solish
imkoniyatini qo’lga kiritish.
Adaptatsiya-
insonning ijtimoiy muhit bilan faol o’zaro munosabatda bo’lish va uning
potensialini shaxsiy rivojlanish uchun ishlatish qobiliyati.
Anamnez-
ota-ona yoki bolani tarbiyalovchi
boshqa shaxslardan shifokor, pedagog yoki
psixolog tomonidan bola haqida ma’lumot olish. Anamnez to’planayotganda
bolaning irsiyligi, boshdan kechirgan kasalliklari, nutq, o’yin faoliyati rivojlanish
xususiyatlari to’g’risida ma’lumotlar aniqlanadi.
Anomaliya-
jism yoki ruhiy rivojlanishning umumiy normalaridan ancha og’ish.
Anomal bolalar-
normal ruhiy va jismoniy rivojlanishda buzulishlar bo’lgan bolalar. Ularni
yengib o’tish maxsus uchun maxsus metodlar talab qilinadi.
Affektiv
buzilishlar-
emotsional sohaning buzilishi bo’lib,
kuchli asabiylashish,
asabiylashish darajasining tushib ketishida namoyon bo’ladi. (opatiya, befarqlik).
Bular markaziy nerv sistemasining funksional va organik buzilishi oqibatida
yuzaga keladi.
Bevositalik-
inson va uning vaziyati haqida aniq tasavvurga ega bo’lish va buni
namoyish qilish.
Bir shaxsning boshqasiga ta’sir o’tkazishi-
ong, iroda, xis-tuyg’u orqali inson faoliyati va
xulq-atvoriga ta’sir ko’rsatish. U ishontirish, emotsional yuqtirish orqali
amalga oshiriladi. Ta’sir bir odam tomonidan ikkinchi odamni (uning
qarashlari, tasavvurlari) o’zgartirish jarayoni va natijasi.
Bola-
18 yoshga to’lmagan shaxs.
Bolalar ichkibozligi-
bolalar deviant xulq-atvori shakllaridan biri bo’lib, ichkilikka
patologik ruju qo’yish bilan xarakterlanib, shaxsning ijtimoiy
degratatsiyasiga olib keladi.
Bolalar jinoyatchiligi-
salbiy ijtimoiyhuquqiy hodisa bo’lib, voyaga yetmaganlar tomonidan
sodir etiladigan barcha g’ayri huquqiy xatti-harakatlar majmuasi hisoblanadi.
Bolalarga ijtimoiy yordam ko’rsatish-
ijtimoiy himoyaning shakllaridan biri bo’lib, kam
ta’minlangan oilalar farzandlarining hayotiy ehtiyojlarini
qondirishga qaratilgan
ijtimoiy chora-tadbirlar majmuasi- ijtimoiy pedagog bolalarga turli yordam
ko’rsatadi. Biroq ularning ichida ustuvor yordam bolalikni
ijtimoiy pedagogik
qo’llab-quvvatlash hisoblanadi.
Bolalikka olish-
bolalikka oluvchi va bolalikka olinuvchi o’rtasida ota-ona va farzandlar
o’rtasida mavjud huquq va majburiyatlarni o’rnatuvchi yuridik akt.
Dostları ilə paylaş: