ijtimoiy texnologiya- turli ijtimoiy muammolarni yechish va aholining ijtimoiy himoyasini
ta’minlashda ijtimoiy ishchilar va ijtimoiy xizmat ko’rsatish muassasalari
tomonidan qo’llaniladigan vosita, metod va ta’sirlar majmuasidir. ijtimoiy
pedagog faoliyatining zahirasida 4 turdagi ijtimoiy texnologiyani kuzatish
mumkin: ijtimoiy ishga tegishli, ijtimoiy psixologik, ijtimoiy tibbiy, ijtimoiy
pedagogik.
ijtimoiy qarovsizlik- ijtimoiy xislatlar, ehtiyojlar, qadriyatlarning rivojlanmasligiga,
bo’sh ijtimoiy refleksiyaga, ijtimoiy rollarni egallashda qiyinchiliklarga olib keluvchi
omillarning oqibati.
ijtimoiy harakat- turli ijtimoiy guruhlarning umumiy maqsad sari qaratilgan birgalikdagi
xatti-harakatlari.
ijtimoiy hudud- bola ko’z o’ngida har kuni sodir bo’ladigan harakatlar, ijtimoiy
munosabatlar, trasport, narsa-predmetlarning qiyofasining majmuasi.
ijtimoiy huquqiy yordam- inson va bola huquqlariga amal qilishga, bu huquqlarni amalga
oshirishga, bolalarni oilaviy, mehnat, fuqarolik masalalari bo’yicha huquqiy
tarbiyalashga qaratilgan yordam.
Sotsium- insonning ijtimoiy atrof-muxiti, hamjamiyati.
Submadaniyat- muayyan insonlar guruhining hayot tarziga ta’sir qiluvchi ijtimoiy
psixologik belgilar (norma, qadriyat, steriotip, did) majmuasi.
Tabiatsimonlik- bola tarbiyasi, ta’limi va ijtimoiylashuvi bola rivojlanishining qonunlari
asosida qurilishi lozim.
Tavakkal guruhi oilalari- voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari yoki ularning qonunuiy
vakillari bolalarni tarbiyalashdagi o’z majburiyatlarini bajarmayotgan va bolalar
tarbiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatayotgan oilalar.
Tarbiyaning qiyin kechishi- pedagogik ta’sirlarni o’zlashtirish xohishi yoki qobiliyatining
mavjud bo’lmasligi darajasi.