139
paymol
qilmasdan, demokratik, insonparvarlik va milliy tamoyillarga tayanib,
ularda ma'naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish davr talabidir. Jamiyatga
insonlar ongini, tafakkurini ijobiy tomonga o`zgartirish ijtimoiy- ma'rifiy
jarayonlar bilan bog`liq bo`lib. Uni ilmiy jihatdan o`rganish muhimdir.
Pedagogika va sotsiologiyaning tutashganligi tufayli yuzaga kelgan
muammolar o`zbekistonlik olimlarning diqqat e'tiborini ham o`ziga tortmoqda.
Uchinchidan, bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy munosabatlar va
bunda davlatning roli, axborotlar,
ustoz-shogird munosabatlari, kadrlar
muammolari, yoshlarning ma'naviyatida ro`y berayotgan zaiflikning sabablari,
ularni aniqlash, tekshirish, hal etish, ijtimoiy faollik kasbiy mahorat,
shuningdek mustaqil O`zbekistonda kechayotgan ma'naviy va mafkuraviy
islohatlarni, umuman, jamiyatni «pedagog so`zi»
bilan qrganish ijtimoiy
pedagogikaning muammolaridan bo`lib hisoblanadi. Eng asosiysi, ijtimoiy
hayotda shunday holatlar uchraydiki, bunda bolalar o`smirlar, tarbiyachilar
bunday og`ir vaziyatda o`zlariga ruhan malham bo`ladigan sotsial
pedagogning yordamiga muhtoj bo`ladi. Demak, bugungi jamiyatimiz
asoslariga sotsial psixolog bilan bir qatorda ijtimoiy pedagogga bo`lgan
ehtiyoji ham sezilmoqda.
Hayotdan umid uzgan, o`ziga
ishonmaydigan, hayotiy muammolarni
mustaqil hal eta olmaydigan shaxslar insoniy yordam, tushunish, uning
qayg`usiga sherik bqlishlarini kutadilar. O`z so`zi va faoliyati bilan shu kabi
shaxslarda o`ziga ishonch uyg`otish, o`z imkoniyatlarini anglab yetishlariga
yordam berish sotsial pedagogning asosiy vazifasidir. Ijtimoiy hayotimizdagi
voqelikning insonlarga bo`lgan ta'siri ularning
ongida yuz berayotgan
jarayonlar haqida bahs yuritadigan mazkur fan yo`nalishi bugungi kunda
ijtimoiy buyurtma sifatida vujudga kelmoqda.
Demak ijtimoiy pedagogikaning vujudga kelishi ijtimoiy zarurat asosida
namoyon bo`ldi.
Dostları ilə paylaş: