Ijtimoiy pedagogikaning maqsadi, vazifalari, ob'ekti va predmeti. Ijtimoiy pedagogika o`z nomiga ko`ra sotsium, ya'ni jamiyat bilan
shug`ullanadi. Shu bois uni jamiyat tarbiyasi ham deyish mumkin. Jamiyat
tarbiyasi deganda “Inson” tizimi ichida olib boriladigan tarbiya tushuniladi. Ya'ni,
bevosita insonlararo munosabatlar jarayonidagi tarbiyaviy ta'sir, shuningdek
ijtimoiy institutlar faoliyatining (xayriya jamg`armalari, tashkilotlar, jamiyatlar va
assotsiatsiyalar) tarbiyaviy ta'siri nazarda tutiladi.
Ijtimoiy “autsayderlar”, ya'ni qariyalar, nogironlar, yolg`iz yashovchilar,
iqtisodiy nochor aqvolda yashovchilar va xalqning shu kabi boshqa tabaqalariga
kiruvchilarga yordam berish
ijtimoiy pedagogikaning maqsadalaridan biridir. Chunki faqat jamiyat va ijtimoiy ta'sir vositasida insonlarda insoniylik,
vatanparvarlik, ijtimoiy faollik, mas'uliyatlilik singari fazilatlarni shakllantirish
mumkinki, ushbu jarayonda oila, maktab va boshqa o`quv muassasalari
yordamchilar sifatida faoliyat ko`rsatadi.
Ijtimoiy pedagogika (lat.socium-jamiyat)ning asosiy vazifasi ijtimoiy tarbiya muammolarini o`rganishdan iborat. Demakki, uning ob'ekti ijtimoiy hayotiy
tarbiyaviy jarayonlardir. Predmet esa, shaxsning shakllanishiga ijtimoiy muhitning
ta'siri qonuniyatlari, jumladan oilaning, birlashmalarning, jamqarmalarning
tarbiyaviy ta'siri kabilar hisoblanadi. Demak, ijtimoiy pedagogikaning
predmeti -
bu shaxsning ijtimoiylashuv jarayonidir.
Ijtimoiy pedagogika, ayniqsa, “og`ir guruq”larga aloqida e'tibor qaratadi. Bu
guruqga taqdir taqozasi bilan og`ir vaziyatlarga tushib qolgan shaxslar kiradi.
Bular: narkomanlar, ishsizlar, fohishalar, jinoyatchilar, qamoqda o`tirib chiqqan
kasallar, jinoiy guruqlarga va man etilgan diniy sektalarga o`zlari bilmagan qolda
kirib qolgan shaxslar va h.k kiradi. Shuningdek, ijtimoiy pedagogika katta
yoshdagi va qariyalarni; ishlab chiqarish jarayonlaridagi rahbar va xodimlarning
o`aro munosabatlari, ayollar tarbiyasi, kasbidan qoniqmaganlik, qolaversa dam
olishga, ruhyi kasallangan, ta'lim olishdagi muommalar, tarbiyasi oqir bolalar kabi
muammolarni ham nazardan chetga qoldirmaydi.
Ijtimoiy qayotning turli javhalaridagi bu insonlar, albatta, yuqori malakali
pedagogik yordamga muxtojdirlar.