uchinchi bosqichi boshlanadi. XX asr inson sivilizatsiya tarixiga ilmiy-texnikaviy
inqiloblar asri sifatida nom qoldirdi. Fan ishlab chiqarish ob’ektidan iqtisodiy va madaniy
sohaning yetakchi omiliga aylandi. Ilmiy inqiloblar ijtimoiy pedagogikaning keyingi
rivojiga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Bu avvalambor falsafa orqali amalga oshdi. Ijtimoiy
pedagogikaning boshqa fanlar-psixologiya, fiziologiya, anatomiya, tarix, sotsiologiya va
boshqalar bilan yaqinlashuvi ro’y berdi. Eng asosiysi-XX asrda insonning muammolari,
uning tarbiyasi va ta’limi uchun ijtimoiy sharoitlarni yaratish zamonning eng global
muammosiga aylanadi. Aynan shu davrda pedalogiya-bolani har tomonlama o’rganish
haqidagi fan rivojlana boshlaydi. Uning asoschilari E.Meyman, S.Xoll, Torndayk
hisoblanishadi. Bu borada Rudolf SHteynerning pedagogikasi ham muhim ahamiyatga
ega. Ijtimoiy pedagogikani yangi g’oyalar va tarbiya usullari bilan boyitgan pedagogika
arboblaridan Georg Kirshenshteyner (1854-1932 y)-Germaniya, Jon Dyui (1859-1952 y)-
AQSH, Vilgelm Layni (1862-1926 y)-Germaniya ko’rsatsa bo’ladi.
G.Kirshenshteyner ning pedagogik nazariyasi maktablarni bolalarning sust qabul
qilinishidan faol harakatdagi ehtiyojlarini amalga oshirishga, ijodga ko’ra isloh qilish
g’oyasiga asoslanadi. Kirshenshteyner ijtimoiy pedagogik tizimining asosiy tamoyillari-
bolalarni jamiyatda har tomonlama tayyorlash uchun mehnat maktablarini yaratish,
hamkorlik malakalarini rivojlantirish, davlat manfaatiga xizmat qiluvchi bolalarning
fuqarolik tarbiyasidir.
Jon Dyui pragmatik pedagogika asoschisi hisoblanadi. Uning oliy qadriyatlari
amaliy natija, biznesda muvaffaqiyatga erishish hisoblanadi. Bu pedagogning xizmati
shundaki, u maktab bilan hayotning aloqasi, ta’limning individuallashuvi kabi ijtimoiy
psixologik g’oyalarga murojaat qilganidir.
Vilgelm Lay “Ґarakatlar pedagogikasi”ni yaratdi. U inson faoliyati va
mavjudligining fiziologik va psixologik mexanizmlarini o’zida mujassamlashtiruvchi
biologik reaksiya tamoyiliga tayangan. U tarbiyaning biologik tomonini-tug’ma
reflekslar, sezgi, reaksiyalar, ularning bolalar o’yinlarida paydo bo’lishini va
ijtimoiyogik tarbiyachining reaksiyalarga ta’sirini ko’rsatgan.
Hozirgacha turli davlat olimlari o’rtasida ijtimoiy pedagogikaning boshqa
pedagogik fanlari orasidagi o’rni borasida –bu mustaqil fan bo’la oladimi yoki faqatgina
yosh guruhlarini o’rganish bilan cheklanadigan pedagogikaning mustaqil bir sohasi bo’lib
qolaveradimi, degan masaladabahs-munazara davometmoqda.
Bu bahslar, yangi fan tushunchasining shakllanmaganligi ijtimoiy pedagogika
mohiyatini inkor etuvchi ba’zi pedagoglar nazariyalarida paydo bo’lgan. Masalan G.Noll
149
va G.Boymer (20-30 y) ijtimoiy pedagogikani bolalarga yordam berish va voyaga
yetmaganlar huquqbuzarliklarining profilaktikasi deb tushunishgan.
Ijtimoiy pedagogikaning mohiyatini nemis olimi