O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


Islomdagi ma’naviy-axloqiy o’gitlarining ijtimoiy mazmuni



Yüklə 5,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/231
tarix20.09.2023
ölçüsü5,2 Kb.
#145771
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   231
ijtimoiy pedagogika

Islomdagi ma’naviy-axloqiy o’gitlarining ijtimoiy mazmuni. 
So’ngi paytlard respublikamiz olimlari xalq pedagogikasining manbalari doirasini 
kengaytirishni taklif qilishmoqda. “Evropa pedagogikasida tarbiya uchun zarur bo’lgan 
umuminsoniy xislatlarning mavjudligini tan olgan holda. YAn Amos Komenskiy
Ushinskiy, Makarenkolarning ilmiy merosiy ahamiyatini e’tibordan chetda qoldirmay, 
bizda ham boshqa xalqlarda bo’lgani kabi Beruniy, Forobiy, Imom al-Buxoriy, At-
Termiziy, Navoiy,Avloniy, Behbudiy, Munavvarqori kabi mashhur mutaffakkirlar
borligini unutmasligimiz lozim. Bizning yoshlar ko’p yillar mobaynida ulardan, buyuk 
merosdan bebahra bo’lishganligi esa achinarli holdir.”. 
SHuni ham nazarda tutish kerakki, bu sanab o’tilgan shaxslarning barchasi Beruniy, 
Farobiy va Navoiylardan tashqari bevosita islomga aloqador bo’lishgan. Imom Buhoriy 


152 
(810-870) islom olamida mashhur hadisshunoslik olim hisoblanadi. 600000 hadis ichidan 
7400 sahih hadisni tanlab olib, u “Al-Jome’ Sahih” kitobini yozgan, bu asar Qur’ondan 
keyingi o’rinda turuvchi muqaddas kitob hisoblanadi.
At-Termiziy- eng yirik musulmon olimlaridan biri, 80 tadan ko’p islom tarixi, 
ta’limoti, so’fiylik nazariyasiga bag’ishlangan asarlar yozgan. Uning “SHamoyili 
Muhammadiya” (Muhammad hayoti) asari barcha diniy o’quv yurtlarida darslik 
hisoblanadi. Bu yerda gap diniy manbalar-avvalambor hadislarni xalq boyligiga 
aylantirish haqida ketmoqda. Gap shundaki, aksariyat real hodisa va voqealar islomning 
paydo bo’lish davriga tegishli, biroq ularning katta qismi islomning keyingi rivojiga 
bog’liq. Hadislarning obro’si bilan islomda shakllanayotgan yangi tamoyillar, diniy, 
huquqiy, maishiy va ma’muriy amaliyotning barcha sohalari yoritilgan. Hadis shaklida 
islomga madaniy va g’oyaviy merosning ko’pgina turlari kirdi. Biroq hadislar Qur’on va 
islomdan tashqarida mavjud bo’lmaydi.
Islom monoteistik din, ya’ni uning mazmuni yagona xudo-Allohga iymon 
keltirishdir. Bu dinning asoschisi Muhammad (sav) hisoblanib (570-632) u ushbu dinning
payg’ambari hisoblanadi. Musulmonlar o’limdan keyingi hayotga ishonishadi. Ularning 
muqaddas kitobi Qur’ondir.
Qur’on matni VII asrda yozilgan. Xalifa Usmon davrida Qur’on yagona kitob 
shakliga keltirilgan va uning boshqa barcha matnlari yo’q qilingan. Qur’on 114 suradan 
iborat. Oddiy musulmon Qur’onning murakkab suralarini faqatgina tafsirlar orqali 
tushunishi mumkin. Eng mashhur tafsirlar At-Tabariy, Zamahshariy, Baydoviy, 
Fahriddin, ar-Roziy, al-Qurtubiyga tegishli. Natijada sunna-Qur’onni mazmunini 
tushunishini boshqarish yaratilgan. Sunna oila a’zolari, qabila a’zolari orasidagi 
munosabatlarini tartibga keltirgan, yozilmagan axloqiy qoidalar sifatida ham 
qo’llanilgan. Sunna hadis shakliga ega. Hadislarni yig’ish, ularni ajratishga ko’p olimlar 
o’z umrlarini bag’ishlaganlar. Islomga muvofiq Qur’on barcha musulmonlar 
bo’ysunishlari lozim bo’lgan muqaddas kitobdir. 
Muhammad (sav) va sahobalarning hayotidagi hatto ahamiyatsiz oilaviy sunnalar 
ham ilohiylashtirilgan va insonlarning eng katta xohishi payg’ambarga o’xshashga 
harakat qilish bulgan. Bu o’xshashlik nafaqat milliy tamoyillarni qabul qilish balki 
marosimlar, odatlarni ham qamrab olgan. Qur’on aslida ijtimoiy-huquqiy qoidalar 
yig’indisi hisoblanadi. Qur’on nafaqat SHarqda balki yevropada ham nihoyatda 
e’zozlanadi.
VII asrning o’zidayoq islom inson hayotining barcha jabhalarini qamrab oluvchi 
insonning ijtimoiy huquq va erkinliklarini e’lon qildi. 
SHariatning huquqiy qadriyatlari ijtimoiy xarakterga ega va quyidagi tamoyillarga 
asoslangan odil jamiyatni ifodalaydi: 

jamiyatning barcha a’zolarini irqi, tili va diniy mansubligidan qat’iy nazar tengligi; 

jamiyat barcha a’zolarining teng mas’uliyatga egaliklari, chunki ular bitta 
manbadan kelib chiqishadi; 

Inson hayoti va erkinligi tengligi; 

Oila jamiyatning asosidir: jamiyat oilani o’z himoyasiga oladi va unga g’amxo’rlik 
qiladi; 

Boshqaruvchi va boshqariluvchilarining tengligi; 

YAgona Alloh barcha narsaning egasi va u tomonidan yaratilganlar uning barcha 
yaratishlariga hadyasidir. Har bir inson bu hadyadan o’z bo’lagini olishga haqli. 

Xalq va jamiyatga tegishli barcha siyosiy, ijtimoiy va boshqa masalalar xalq bilan 
maslahatlashib hal qilinishi lozim. 


153 

O’zining dunyoviy ishlari uchun har kishi jamiyat oldida javob beradi. Inson va 
ma’naviy hayotga tegishli ishlari uchun esa-faqatgina Alloh oldida; 

Jamiyatning bir bo’lagi bo’lmish inson, ma’n e’tilganlarni sodir etayotgan shaxsga 
qarshi da’vo qilishi mumkin va sh.k. 
Islom hadislarda bayon etilgan eng muhim inson huquqlari sifatida quyidagilarni 
kafolatlaydi. 

YAshash huquqi, o’limdan so’ng esa janoza o’qilishiga “Agar birortangiz birodarini 
kafanlasa, uni hurmat va mehr bilan qiling”, “o’liklarni urishmang, ular o’tmishlarini 
tugatishdi”. 

Erkinlik huquqi 
“siz qachon odamlarni qulga aylantirdingiz. Axir ular ozod tug’ilishgan edi-ku?” 

Tenglik huquqi. “arab boshqalardan, boshqalar esa arabdan ustun emaslar, qora 
sariqdan, sariq esa qoradan ustun emas. Ustunlikka sazovor bo’lgan inson ustundur” 

Adolat huquqi 
Islom dini besh asosga tayanadi: 

Iymon-Allohdan boshqa iloh yo’q va Muhammad (sav) uning rasuli. 

Solat-musulmon kunida besh mahal bajaradigan ibodat (namoz). 

Zakot-rahmdillik. Beruvchi insonning munosabati, u berayotgan miqdordan 
muhimroqdir. 

Ro’za, ramazon musulmonlar uchun muqaddas oy, chunki aynan shu oyda 
Muhammad (sav) payg’ambar bo’lgan. 

Haj-har bir imkoni bor musulmon Makkaga haj safari uyushtirishi lozim.
Tarbiyaviy vositaga ega bo’lgan Qur’on oyatlari muhim ahamiyatga ega. Ularda 
ota-ona va farzand o’rtasidagi munosabat haqida bolalarni tarbiyalayotgan ota-ona 
nimaga intilishi haqida, shuningdek ular yetmoqchi bo’lgan maqsadlar ham aniq belgilab 
qo’yilgan.
Qur’on musulmonlar hayotining mazmuni va maqsadi haqidagi qarashlariga katta 
ta’sir ko’rsatgan va uning g’oyalari musulmon halqlarining madaniyatidan chuqur joy 
olganlar hamda xalq pedagogikasi manbalari-maqol, rivoyat, ertaklar va boshqalarga har 
tomonlama ta’sir ko’rsatgan. 
O’sib kelayotgan avlodning tarbiyasi va ijtimoiy jarayonlarga moslashuvida bilim
unga munosabat masalasi doimiy muammo hisoblanadi. Bu muammo zamonaviy 
sharoitda yanada keskin ko’rinish kasb etmoqda. Bir tomondan iqtisodiy hayotda ro’y 
berayotgan jarayonlar shunga olib keldiki, bilimsiz odamlar katta pul topadigan bo’lishdi. 
Ularning topganlari bilan ziyolilarning maoshini tenglashtirib bo’lmaydi. Buning 
hammasi yoshlarda bilim olishga qiziqish pasayishiga sabab bo’ldi. Ularga bilim olish 
moddiy va ma’naviy muvaffaqiyat garovi bo’lib tuyulmayapti. Boshqa tomondan esa 
bozor munosabatlari va unga bog’liq bo’lgan texnikaning doimiy yangilanishi, 
korxonalar orasidagi raqobat, ishsizlik yoshlardan faqat chuqur bilimlar balki ularning 
doimiy yangilanishini ham talab qiladi. 
YOshlarning bilim olishida Qur’on suyang’ich bo’lishi mumkin. Ma’lumki, 
Qur’onda “ilm” so’zi 750 marta uchraydi. Agar Qur’on 780000 so’zdan iboratligini 
inobatga olsak, “ilm” so’zi muqaddas kitobning 1/104 qismini tashkil qilishi ma’lum 
bo’ladi.
Qur’on inson bilimlarini ikkiga ajratadi- diniy va dunyoviy. Diniy bilimlar-dunyo 
asoslarini, dunyo yaratilishini bilish. Bilimning bu turi inson yetishishi mumkin bo’lgan 
eng oliy cho’qqidir. Bu masalaga qisqa to’xtalib o’tsak. 


154 
Qur’onda bir inson ega bo’lgan dunyoviy bilim haqidagi oyatlarni uchratamiz. U 
badanning uch a’zosi-ko’z, quloq va yurak bilan qo’lga kiritildi.
Endi esa Qur’on qoidalari hadislarida o’z rivojini topishini ko’rib chiqamiz. 
F.Rouzental to’liq hajmda Imom Buxoriyning “as-Sahih” asarini tahlil qilib chiqqan va 
ularda bilimlarga tegishli quyidagi g’oyalarni topgan: 
-
bilim talab qilish jannatga yo’l ochadi; 
-
bilim faqatgina o’qish orqali qo’lga kiritiladi; 
-
inson rahbar bo’lishidan oldin bilimli bo’lishi kerak; 
-
ayollarni o’qitishga ruhsat berilgan; 
-
ilm va olimlarning yo’qolishi dunyoning oxiriga yetganini bildiradi.
Boshqa mashhur hadis to’plamlari ham islom uchun bilim va fanlar naqadar qadrli 
ekanligini bildiruvchi g’oyalar uchraydi: 

olimlar mo’minlardan shunchalik ustunlarki, to’liq oy qancha yulduzlardan ustun. 

olimlar o’zlaridan keyin pul emas, bilim qoldiruvchi vorislardir. 
Har bir alohida shaxsning ijtimoiylashtirish munosabati bilan Qur’onning hayot va 
inson mehnatiga nisbatan bo’lgan munosabati haqidagi g’oyalarining aloqasi bor. Uzoq 
yillar davomida daxriylar adabiyotlari Qur’on va shariat “mehnat ahamiyatini keskin 
kamsitishadi va jamiyatni isloh qilishga qaratilgan faol va bunyodkor faoliyatni inkor 
etishadi” “islomning hayotga nisbatan tashvish sifatidagi, mehnatni Alloh qarg’ishida 
qolganga nisbatan bo’lgan munosabati, shuningdek esa ruhoniylarning yaqinda qismat 
kuni kelishi nihoyatda reaksion diniy yo’nalishlarning paydo bo’lishiga sabab bo’ldi deb 
ta’kidlashardi. 
Islomshunoslarning tadqiqotlari esa islomning inson hayoti va mehnatiga nisbatan 
umuman o’zgacha munosabati dalolat bermoqda. Qur’on boyliklarni qoralaydi, biroq u 
barcha boylikni emas, balki Xudo qismatni musulmonning farzlarini unutishga 
chorlovchi boylikni qoralaydi. Agar boylik din nuqtai nazaridan halol topilgan bo’lsa va 
zakoti berilsa uni islom qonuniy hisoblaydi. Qur’on harakatsizlikni ham qoralaydi. U 
ham dunyoviy ham diniy ishlardagi faol kishilarni yoqlab chiqadi. 
SHuningdek esa Qur’onning quyidagi suralarida katta tarbiyaviy ahamiyatga ega: 
4 sura-Niso 
9 sura-Tavba 
55 sura-Raxmon 
58 sura-Mujodala 
64-Tag’ovun 
76-Inson 
107-Moun 
109-Qodirun 
114-Nos 
Bu borada tarbiya tizimiga hadislarni qo’shish nihoyatda maqbul hisoblanadi. 
CHunki ularda payg’ambarning hayoti va faoliyatidan turli hikoyalar va uning axloqiy 
pandlari mavjud. Hadislarda islom asoslarining sharhlari berilgan, mehribonlik, 
muqaddas dargoh, tozalik, halol-harom, ayyorlik kabi tushunchalar ko’rib chiqiladi. 
SHuningdek, yaxshilik, yomonlik, axloq to’g’risida o’gitlar berilgan.
Hadislarning pedagogik taxlili bu manbaning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega 
bo’lgan eng muhim mazmuniy yo’nalishlarini aniqlash imkonini berdi: 
-“go’zal xulq sohibi-u insonlarning bir-biriga ishonchini tug’diradi; 
-o’z xatolarining tan olinishi xalqning buyukligidan dalolat beradi; 


155 
-o’z fikrini bildirishdagi josuslik-inson kuchining ifodasidir. O’z fikrini bildirmaslik esa 
shariat va sog’lom fikrlashga nisbatan norozilik alomati; 
-o’z farzini tushunish va uni majburiysiz bajarish insonda yaxshi hislatlar paydo 
bo’lishiga olib keladi; insonning o’z Vatani, do’stlari, xalqi oldida majburiyatini 
bajarishi-inson tarbiyalanganligining ko’rsatgichi; 
-hayotda vaqtni qadriga yetish-insonning va jamiyatning rivojlanishining asosiy shartidir; 
-sabr qilish baxtsizlik, ehtiyoj, kasalliklarni yengishga yordam beruvchi hislatlar. 
Muvaffaqiyatga erishish uchun aqldan tashqari sabr ham talab qilinadi; 
-o’ziga ishonch-rivojlanish perspektivasidir. Agar o’sib kelayotgan avlod bu xislatdan 
mahrum bo’lsa, millat falokatga giriftor bo’ladi; 
-insonni farishta darajasiga ko’taruvchi hislatdir. Undan maxrum bo’lgan kishida asl 
sevgi bo’lishi mumkin emas. Ichkilikbozlik, faxsh, zino-buning hammasi irodasizlikdir. 
Bunaqa insonlar atrofdagilarga, o’z xalqiga zarar keltiradi; 
-chuqur fikr yuritish-insonning aqliy voyaga yetganlik alomatidir; 
-kim o’z o’tmishini yo’qotsa-uning kelajagi yo’qdir. Qariyalarning hikmatlarini unutgan 
yosh avlod iymonni ham unutadi va shunda yovuzlik yaxshilik ustidan g’alaba qozonadi. 
O’rta Osiyo qomusiy olimlarining ijtimoiy pedagogik g’oyalari. 

Yüklə 5,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin