150
uning diniy xarakterdaligini ta'kidlash bilan birga falsafa, siyosat, ta'lim-tarbiya adabiyot
masalalarini ham qamrab olgan asar sifatida ta'riflaydilar.
Manbalarda «Avesto»ning kitob
holidagi matni eramizdan oldin, 12 ming
oshlangan mol terisiga oltin har flar bilan bitilgani keltiriladi.
Zardushtiylik
ta'limoti aks etgan Zardushtning «Avesto» kitobi bizgacha 2-nusxada yetib kelgan.
Birinchisi - duolar tuplamidan iborat bo`lib, «Vendidat- sede», ya'ni «Pok
Vendidat» deb ataladi . Bu kitobga «Yasna»lar, «Vispered» ham kiritilib, yaxlit tarzda
shakllangan.
Ikkinchisiga birinchisidagi kabi «Vendidat», «Yasna», «Vispered»lar qatori
ularning izohli tarjimasi «Zand» (sharx ma'nosida) kiritilgan. Shuning uchun ham sharxli
nusxasi «Avesta va Zend» yoki «Zend Avesta» deb yuritiladi.
Zardushtiylikda yaxshilik va yomonlik tushunchalari orqali butun yaxshilik va
yomonlik dunyosi tushuniladi. Taqvodor chorvador odil, oqil va hurmatga sazovor
bo`lsa, katta podaga ega bo`ladi.
Chorvadorlar nazdida ko`chmanchilar dushman sanaladi.
Chunki ular odamlarni
talaydi,
molini
haydab
ketadi.
Bular
axloqsiz
maxluqlarga
o`xshatiladi, ular azob-uqubatga loyiq, chunki ser hosil yaylovlarni yakson etadilar,
yaxshilik homiylariga hujum qiladilar. Demak, bulardan kqrinib turibdiki, shaxsning
axloqiy xislatlari birinchi o`ringa qo`yiladi. Zardushtning asosiy yo`riqlaridan biri ham
Axuramazdaning ko`makchisi sifatida inson saxovatli bqlishi kerak, degan aqidadir.
Garchi zardushtiylikda diniy
rasm-rusmlarga rioya etish, Zardushtning barcha axloqiy
yo`l-yo`riqlarini bajarish har bir kishining muqaddas burchi deb qaralsa ham, ayni paytda
dunyoviy ishlar ham targ`ib etiladi.
«Avesto»ning katta qismi bo`lgan «Yasna»larda inson kamolini ko`rsatuvchi
axloq-odob mezoni ana shu uchlikda xumata (gumata)-yaxshi fikr, xukta (gukta)-yaxshi
so`z va Xvarsha (Gvarshta)- yaxshi ishlarda ifodalanadi. «Men yaxshi fikr, yaxshi sqz,
yaxshi ishga shon-shavkat baxsh etaman. Men yaxshilikdan iborat Mazda qonuniga shon-
shavkat baxsh etaman» Zardusht ta'limotida 15 yosh balog`at yoshi sanalgan. Usmir
balog`at yoshiga yetganda Zardusht qonunlari, axloqiy yo`riqlari o`rgatilgan.
Usmirlarning xudojo`y, mehnatkash,
adolatli, uy-niyatlari, so`zlari, ishlarida halollikka
alohida e'tibor berilgan.
Zardushtiylikning axloqiy yo`riqlariga binoan insonning o`z burchini xis
etishining eng birinchi belgisi ma'naviy poklik hisoblangan.
Bunda ayniqsa, ayollarga, jumladan homilador ayollarga g`amxo`rlik qilish asosiy
insoniy burch hisoblangan. Tozalikka rioya qilish - insonning o`z tozaligiga rioya
qilishi, kanallar, ko`llar, suv havzalarining tozaligiga alohida e'tibor berilgan.
Fuqarolik jamiyatini shakllantirishda rostgo`ylik, qaqiqat,
demokratiya, o`z
huquqini bilish va talab etish doimo muqim ijtimoiy masalalarning biri bo`lib kelgan.
Shu manoda “Avesto”dek nodir yodgorlik ayniqsa ijtimoiy-pedagogik masalalarni
tarixiy nuqtai nazardan yoritganligi bilan aloqida aqamiyat kasb etadi.
Yunon tarixchisi Gerodotning ta'kidlashicha Markaziy Osiyoda qaqiqatga, tartibga
siqinish zardushtiylik dini shakllangunga qadar qam mavjud bo`lgan, haqiqatga sajda
qilish-do`stga bo`yin egish bu buyuk qonun hisoblangan. Bu marosimlarda yigitlar
qilichlar bilan qo`llaridan qon chiqazib, do`stga sodiq qolish uchun qasamyod qilganlar.
Shuningdek, “Avesto” da jamiyat bir butun ijtimoiy tuzum sifatida tasvirlanadi. Bunda
davlat muassasalari bilan birga jamoat tashkilotlari bahamjihat faoliyat ko`rsatishlari
kerakligi ta'kidlanadi. Ijtimoiy hayotda jamiyatni boshqarish masalasi alohida ahamiyat
kasb etadi. Jamiyatni boshqarish uchun Ilohiy Nizom va Odil Nizom zarurligi aytilib,
151
davlat mahkamalari va jamiyat tashkilotlaridagi barcha yo`nalishlar shu Nizomlar
doirasida faoliyat ko`rsatishlari kerak bo`ladi.
Ilohiy Nizom talablari “Avesto” ning “Vendidod” va “Xot”
qismlarida bayon
etilgan. Ilohiy Nizomga ko`ra odam faoliyatining barcha yo`nalishlari ezgulik ruhi bilan
sug`orilgan bo`lishi shart.
Podshoh va vazirlar muhim, davlat ahamiyatiga molik ishlar bilan band bo`lganlar.
Mahalliy o`z-o`zini boshqarish mahkamalari samarali ishlashi uchun unga yordam
berganlar, ammo ularning ichki ishlariga xuda-behudaga aralashmaganlar. Bu hol
mahalliy mahkamalar va “erkaklar uylari” kabi (hozirgi choyxonalar) jamoat
muassasalari ma'suliyatini oshirishga imkon tug`dirgan. Har bir odamning fe'l-atvori,
hatti-harakati, butun faoliyati jamoatchilik nazorati ostida bo`lib, ularning musbat va
manfiy jihatlari belgilashning aniq mezonlari bo`lgan.
Atrof-muhit tozaligi va jamoat joylari pokizaligini maxsus kishilar
nazorat qilib borganlar. Kimda kim tozalik va ozodalikka rioya qilmasalar, ularni avvalo
tartibga chaqirgan, qilgan ishlari uchun javobgarlikka tortilgan. Daraxtning bir shoxini
sindirgan ham, nopok ko`zani hovuzga solgan ham 25 qamchi kaltak bilan jazolangan.
Er xotinning bir-biri
bilan kelisha olmasligi, kelinning qaynonaga yoqmasligi,
fitna, bo`xton, chaqimchilik tufayli oilalarning buzilib ketishiga mahalla ko`y va
jamoatchilik sira yo`l qo`ymagan. Zonokorlik qattiq qoralangan. Zinokor 14 ta ariqqa
ko`prik solib berish bilan o`z gunohlarini yuvishi mumkin bo`lgan. Har bir sog`lom inson
diniy talab va Nizomni bekamu-ko`st bajarish bilan birga ijtimoiy foydali mehnat bilan
shug`ullanishi shart bo`lgan. Gunoh ish qilganlar jamoatchilik nafrati metodi bilan
jazolangan.
“Avesto” da shu kabi ko`plab ijtimoiy pedagogik muammolar o`z ifodasini topgan.
Jamiyat manfaati yo`lida o`zidagi barcha bilim, qobiliyat va iste'dodini baxshida
etishga
tayyor
turgan
yetuk
insonlar,
uddaburon
yoshlar,
fidoiylar
bo`lmasa,O`zbekistonni dunyodagi eng ilg`or davlatlar safiga qo`shish qiyin kechadi.
Yoshlarni tarbiyalashda birinchi galda Sharq va G`arb
mutafakkirlarining
ma'naviy va madaniy meroslari katta ahamiyat kasb etadi. Abu Nasr Farobiy, Abu
Rayxon Beruniy, Axmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Ismoil Al Buxoriy, Abu Abu
Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Firdavsiy, Amir Temur, Navoiy va Bobur singari alloma va
mutafakkirlarimizning shuningdek G`arb allomalarining ham ijtimoiy -siyosiy va falsafiy
ta'limotlariga tayanib ish ko`rilsa tarbiya ta'sirchanligi yanada samarali kechadi. Ular
ijtimoiy hayotimizning barcha jabhalariga doir o`z qarashlarini bildirib o`tganlar. Aynan
“Ijtimoiy pedagogika” degan atamani o`z ijodlariga foydalanmagan bo`lsalarda, ijtimoiy
hayotimizning, atrof-muhitning insonlarga, ularning ma'naviy dunyosiga ta'sirini
atroflicha yoritib berganlar.
Dostları ilə paylaş: