O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti



Yüklə 5,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/231
tarix20.09.2023
ölçüsü5,2 Kb.
#145771
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   231
ijtimoiy pedagogika

Robert Ouen
ning ijtimoiy pedagogik faoliyati bir 
qancha qiziqarli va sermaxsul tajribalardan iborat. Nyu-Lenarkda “Inson xarakterini 
tuzishni yangi instituti”ni ishchilarning turmush darajasini yaxshilash uchun yaratib, u 
amaliyotda ishlab chiqarish ta’limini madaniyat bilan bog’lab qo’ydi. Jahonda ilk marta 
didaktik o’yinlar o’tkaziladigan, bolalarning jismoniy holati haqida g’amxo’rlik qiluvchi 
muassasalar u tomonidan tuzilgan. 
Ingliz faylasufi 
Gebert Spenser
(1820-1903 y) oilaning shaxs shakllanishidagi 
o’rni haqidagi ijtimoiy pedagogik g’oyalar bilan to’ldirilgan asarlar yaratgan. Bu 
maqsadlarga erishishi uchun u qiziq usulni ilgari surgan-Angliyaning davlat va siyosiy 
tuzilmasini oila va maktab tomonidan imitatsiyalashuvi. 
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab pedagogika va ommaviy tarbiya tizimiga 
buyurtmalar kengayadi. Unga asta-sekin yoshlarni tarbiyalash, shuningdek ijtimoiy xulq-
atvor normalarini buzuvchi shaxslarni qayta tarbiyalash kirgan. Industiryalashtirish 
qishloq axolisining shaharga ommaviy migratsiyasini keltirib chiqardi. Buyurtmaning 
kengayishini keltirib chiqargan holat yevropa va Amerika mintaqalarining ijtimoiy 
madaniy jarayonlari bilan ham bog’liq. Qishloq axolisining shaharga ko’chib o’tishlari 


148 
g’ayriaxloqiy xulq-atvor, jinoyatchilik, daydilikning ko’payishiga olib keldi. Ayniqsa, 
AQSHda holat nihoyatda og’ir edi. Bu davlatga boshqa kam rivojlangan davlatlardan 
axoli ko’chib kelishi bilan bog’liq. Ayni vaziyatda cherkov rolining susayishi kuzatildi. U 
shu paytgacha axloqiy normalarning ana’naviy tashuvchisi bo’lib kelgan. Biroq u 
jamiyatning yangi ehtiyojlari va voqeliklarini anglay olmadi va ko’pgina odamlar 
hayotida o’zining avvalgi mavqeini yo’qotdi. SHu bilan birga yevropada milliy 
davlatchilikning shakllanishi va Amerikada millatning yuzaga kelishi barcha ijtimoiy 
qatlamlarda muayyan g’oya va qadriyatlarning madaniylashuvini talab qilardi. Bu esa 
masalani yechish vositalarini topishni taq azo etardi. XIX asr oxirida mustaqil fanga 
aylangan ijtimoiy pedagogika rivojiga aynan shu omil vosita bo’ldi. Bu paytda esa 
nemis pedagogi Fridrix Disterveg tomonidan faqatgina XX asrda keng qo’llanilgan
ijtimoiy pedagogika atamasi fanga kiritildi. 
Aynan shu vaqtdan ijtimoiy pedagogikaning mustaqil fan sifatida rivojlanishining

Yüklə 5,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin