145
jarayoni ham
murakkablashib borgan, yosh, jins, mazmuniga ko’ra farqlana boshlagan,
uning axloqiy jihatlariga e’tibor qaratila boshlagan. Juft oilalarning oilaviy tarbiya ham
ommalasha boshlagan. Bundan tashqari, arxeologik ma’lumotlar
ibtidoiy jamoada kasal
va yaradorlarga yordam ko’rsatilganligini bolaligida olingan jarohatlar tufayli vafot
etganlarning skeletlari asosida to’la tasdiqlaydi. Bu kabi qarashlar etnografik
ma’lumotlarda paydo bo’lish bilan ham o’z tasdig’ini topgan.
Ibtidoiy jamoa tuzumida
yashagan barcha elatlarida mehnatning jins va yoshga qarab ajratish an’anasi bo’lgan.
Mavjud yoshlarni muntazam ravishda turli kasb-xunarlarga o’rgatishgan.
Bularning hamasi ibtidoiy jamoada ijtimoiy-pedagogik tajribaning ilk ko’rinishlari
mavjud bo’lganligi haqida tasavvur qilishga imkon beradi.
Agar ibtidoiy davrni ijtimoiy pedagogik amaliyotning vujudga kelishiga zamin
yarangan bo’lsa, qadimgi dunyoning ilk sivilizatsiyalarining paydo bo’lishi ijtimoiy-
pedagogik fikrning shakllanishiga kuchli ta’sir ijtimoiy-pedagogik
fikrning shakllanishi
yozuv hamda pedagogik g’oyalarning yozma manbalarda ko’rsatilgan saqlanib qolish
hodisasi bilan bog’liqdir.
SHarqning quldorlik davlatlarida ijtimoiy pedogogik g’oyalar bir nechta mualliflar
tomonidan shakllantirilgan va odatda muqaddas kitoblar
shaklida butun xalq mulkiga
aylangan (Xitoyda-SHukit, Hindistonda-Vedalar, Misrda-Tot xudosi kitoblari, O’rta
Osiyoda-Avesto va boshqa).
Faqatgina miloddan avvalgi I ming yillikning o’rtalari va ikkinchi yarmida
ijtimoiy
pedogogik g’oyalarni yaratuvchilarining nomlari ma’lum bo’la boshlaydi.
SHubhasiz, ijtimoiypedagogik tafakkurning rivojlanishiga antik davr (yunon va rim)
faylasuflari katta hissa qo’shishgan. Xususan, Suqrot (mil. avv. 469-399 y) “O’z
o’zingni angla” degan shiorni ilgari surgan va shu bilan ong insonda barcha yovuzlikni
yo’qotishi mumkinligini ta’kidlagan.
Dostları ilə paylaş: