O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


Ijtimoiy pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi



Yüklə 5,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/231
tarix20.09.2023
ölçüsü5,2 Kb.
#145771
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   231
ijtimoiy pedagogika

Ijtimoiy pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
Rivojlangan davlatlarda ijtimoiy tarbiyani amaliy tashkil etish maxsus kasb 
darajasiga ko`tarilgan. Janubda bu kasb “Ijtimoiy faoliyat” deb yuritiladi. Bizning 
yurtimizda aholining, umuman jamiyat a'zolarini ijtimoiy muqofazalashga doir 


142 
qator ishlar amalga oshirilishidan qat'i nazar, u bilan shug`ullanuvchi maxsus fan 
yo`nalishi to`liq shakllanmagan.
Ijtimoiy ish jamiyat a'zolarining bir-biriga insoniy munosabatda bo`lishini 
taqozo etadi. qadim zamonlarda bu faoliyatning diniy mas'ullik, saqiylik, 
xayrixohlik singari qirralari namoyon bo`lgan. 
“Ijtimoiy pedagogika” ning
paydo bo`lishi jamiyatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy qayotidagi 
o`zgarishlar 
bilan 
boqliq. 
Chunki 
bu 
o`zgarishlar 
tarbiya 
jarayonini 
murakkablashtirib, yoshlar tarbiyasida yangi muammolarni vujudga keltirib, yosh 
avlodning ijtimoiy shakllanish jaraynini ilmiy o`rganishni talab etmoqda. 
An'anaviy pedagogika fani ta'lim muassasalari qobiqida cheklanib qolib, ijtimoiy 
muhit omilining tarbiyaga bo`lgan ta'siriga yetarlicha e'tibor bermadi. Ayniqsa, 
ijtimoiy tarbiyaning umumiy xarakterini chetga surib qo`ydi. Ijtimoiy pedagogika 
Rossiyada o`tgan asrning 80-yillarida aloqida fan sifatida shakllandi. Mustaqil 
yurtimizda esa uning ma'lum qirralari yoritilgan bo`lishiga qaramasdan bu 
yo`nalish bo`yicha hali aloqida tadqiqot ishlari yuzaga chiqqanicha yo`q. Bu fan 
qar bir jamiyatning, har bir mamlakatning, qar bir millatning ijtimoiy qayoti va 
milliy psixologiyasi bilan bevosita boqliq. Shu nuqtai nazardan mazkur fanni 
turmush pedagogikasi, deyish ham mumkin. 
Turmush -shaxsning jamiyatda o`z o`rnini topishini taqozo qiladi. Biz ta'lim 
tarbiya muassasalari va ulardan tashqari, ya'ni har kungi ijtimoiy hayotimiz orqali 
tarbiyaviy ta'sir ko`rsatish asosida barkamol, komil insonni voyaga yetkazishimiz 
kerakki, toki biz tarbiyalagan shaxs jamiyatga “kirishib keta olsin”. Ular 
jamiyatdan chetda qolishi mumkin emas. Ma'lum sabablarga ko`ra “jamiyat tan 
olmagan”, “sotsiumga kirisha olmagan” shaxslarning o`z yo`lini topib ketishi 
uchun ijtimoiy faoliyat talab etiladi. Ushbu muammo dolzarb kasb etib, Rossiyada 
1960-1970 yillardayoq shunday ijtimoiy-pedagogik faoliyatga yo`naltirilgan 
mutaxassislarni tayyorlash bo`yicha ishlar olib boriladi.
Jumladan, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi, uy-
joy kommunal xizmati tashkilotchisi, maktabdan tashqari muassasalar xodimlari, 
yotoqxona, maktab klublari xodimlari singari kadrlar faoliyat olib borishdi, qator 
chet mamlakatlarda esa 1970-1980 yillarda ijtimoiy talab-bu muammoni hal 
etishning yangi darajalarini vujudga keltirdi. 
Amaliyotda ijtimoiy pedagogik va yoshlarning yashash komplekslarida, turli 
yoshdagi xodimlardan iborat birlashmalarda ijtimoiy pedagogik tajribalarni 
to`plash ishlari shakllantirilgach, maktablarning ijtimoiy institutlar bilan 
qamkorligi o`zgardi. Shu asosda ijtimoiy muqitni pedagoglashtirish jarayoni 
intensiv tarzda rivojlanib bordi. Lekin bu boradagi kadrlar masalasi muammo 
bo`lib qolaverdi. Buning ustiga tarbiya ishlari bilan faqat maktab, boqcha kabi 
ta'lim-tarbiya maskanlari shuqullanadi,-degan fikr jamiyat a'zolari ongida o`rnashib 
qolgan. Demak, ta'lim tarbiya bilan shuqullanuvchi fanlar va o`quv 
muassasalaridan farqli o`laroq ijtimoiy pedagogika ijtimoiy hayotimizning barcha 
jabqalari bilan boqliqdir. Shuning uchun ham u juda ko`plab fanlar bilan uzviy 
bog`liq.
Ularning asosiylari quyidagi jadvalda aks ettirilgan.. 
Pedagogika-Psixologiya-Sotsiologiya 


143 
IJTIMOIY
PEDAGOGIKA Tibbiyot-Biologiya-Geneologiya 
Filosofiya-Mantiq-Iqtisod 
Tarix-Etnografiya-huquq
Ijtimoiy pedagogika ijtimoiy fan sifatida barcha ijtimoiy fanlar bilan 
uzviy bog`langan. Barcha ijtimoiy fanlar inson xulq-atvorining turli tomolarini 
o`rganadi.
Ijtimoiy pedagogika ijtimoiy psixologiya, sotsiologiya, antropoligiya,
tarix, iqtisod, siyosatshunoslik fanlari bilan hamkorlikda boyib va rivojlanib 
boradi.
Ijtimoiy psixologiya jamiyatimizda shaxslararo munosabatlarning tabiati
va qonuniyatlarini o`rganuvchi fan sifatida o`zining nazariy tamoyillarini 
amaliyotga tadbiq etadi va shu orqali yangicha mazmundagi demokratik
munosabatlarning jamiyatning har bir jamoasida, oilasida va fuqarosida qaror 
topishiga, yoshlarda yangicha fikrlashni va dunyoqarashni shakllantirish
jarayoniga ko`maklashadi.
Sotsiologiya insonning ijtimoiy turmushini, guruh va jamiyatni o`rganadi.
Ijtimoiy mavjudot bo`lgan odamlarning xulq-atvori uning predmetidir. 
Antropologiya- odamning kelib chiqishi va evolyutsiyasi, odamzot
irqlarining 
paydo 
bo`lishi, 
odamning 
tana 
tuzilishidagi 
farq-tafovut,
o`zgaruvchanlik haqidagi fan.
Antropoligiyaning muhim sohasi- odam organizmining tuzilishi va 
rivojlanishiga ta'sir qiladigan fiziologik. Biokimyoviy va genetik omillarini
o`rganadigan bo`limi- «Odam biologiyasi» degan umumiy nom bilan XX asr
o`rtalaridan boshlab rivojlandi.
Siyosatshunoslik jamiyatning siyosiy hayoti va siyosiy munosabatlarida
ro`y beradigan voqea-hodisalar, o`zgarishlarni ilmiy-nazariy jihatdan asoslab 
beradi. Uning siyosiy fan sifatidagi roli va ahamiyati uning siyosiy mohiyatga 
ega bo`lgan voqea-hodisalarni alohida olingan bir mamalkat doirasida emas, balki
jahonning turli
mamlakatlarida siyosiy muammolarni hal qilishida erishilgan natijalar bilan
belgilanadi. 
Iqtisod fanlari esa ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlari, jamiyatning
iqtisodiy turmushini o`rganishga yordam beradi. 

Yüklə 5,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin