O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti



Yüklə 5,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/231
tarix20.09.2023
ölçüsü5,2 Kb.
#145771
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   231
ijtimoiy pedagogika

Ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiya- bu bolalarning
ijtimoiylashuvi va bolalarga ijtimoiy ta'lim va ijtimoiy tarbiya berish
qonuniyatlarini o`rganuvchi pedagogika fanining tarmog`idir.
Ya'ni tarbiya- bu 
nafaqat o`quv muassasalari balki butun jamoatchilik, jamiyatning barcha
jabhalarida o`z ko`rinishiga ega.
Ijtimoiy pedagogika- odamlarning jamiyatda hamkorlikdagi ish faoliyatlari 
jarayoni davomida ularda hosil bo`ladigan fikrlar, e'tiqodlar, g`oyalar, qarashlar, 
his-tuyg`ular, turli xulq-atvor shakllarini tushuntirib beruvchi fandir. Har bir 
shaxsning jamiyatda yashashi, uning ijtimoiy normalarga rioya qilgan holda
o`ziga o`xshash shaxslar bilan o`rnatadigan murakkab o`zaro munosabatlari va
ularning ta'sirida hosil bo`ladigan xodisalarning pedagogik tabiatini va 
qonuniyatlarini tushuntirib berish- ijtimoiy pedagogikaning asosiy vazifasidir.
Ijtimoiy pedagogika O`zbekistonda ham, dunyodagi boshqa mamlakatlarda 
ham uzoq va chuqur an'analarga ega. Shunga qaramay sobiq sovet tuzumi 
davrida ijtimoiy pedagogika yutuqlari e'tiborga olinmadi. Mana shuning uchun 
ham ijtimoiy pedagogika yangi soha sifatida faqat ijtimoiy- pedagogik 
mutaxassislar davlat va jamoat organlari boshqarmalarinigina emas, balki


140 
mutaxassislar tayyorlaydigan tizimni, shuningdek ijtimoiy-pedagogik
faoliyatning ilmiy-tadqiqot bazasini ham o`z ichiga oladi.
Ijtimoiy pedagogikani rivojlantirish va mazkur yo`nalishda mutaxassislar 
tayyorlash muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ijtimoiy pedagogika yaqin kelajakda o`qituvchi yoki tibbiy xodim singari 
ommaviy kasbga aylanadi, chunki ayrim odamning ijtimoiy kasalligini oldini 
olish va ma'naviy-axloqiy og`ishini davolash «ijtimoiy epidemiya»ga qarshi 
kurashga nisbatan ancha osondir.
Bir ob'ektni turli fanlar tomonidan qrganish mumkin. Ijtimoiy
pedagogika- tarbiya va ta'lim jarayonida bolalarga jamiyatda birga yashash bilan 
bog`liq bo`lgan holat va xodisalarni o`rgatadi. Bu jarayon jamiyatga «kirish» va 
o`zaro munosabatda bo`lishni anglatadi. Ular ma'lum ijtimoiy tajriba (bilim, 
qadriyat, axloqiy qoida, ko`rsatma) oladilar, ya'ni ijtimoiylashtirish yuz beradi.
«Ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiya» kursi talabalarning
umumpedagogik bilim darajasini kengaytirish bilan birga, ularni jamiyatdagi
turli munosabatlarni, ma'naviy faktorlarni tekshirish shuningdek, mazkur 
fanning ob'ekti, predmeti, uning boshqa fanlar bilan aloqadorligi,
kategoriyalari ijtimoiy pedagog kasbining spetsifik xususiyatlari kabi
muammolar ustida bosh qotirishga undaydi.
Kursning asosiy maqsadi bo`lajak pedagog kadrni hayotimizning barcha
jabhalariga «pedagogik ko`z» bilan qarash, o`rganish, reabilitatsiya qilish
yo`llarini aniqlash va ma'lum xulosalar chiqarishga o`rgatishdan iborat.
Kursning asosiy vazifalari oliy o`quv yurtlari talabalariga: 
1. 
Mustaqil O`zbekistonda shakllanayotgan Pedagogika fanining yangi
qirralaridan biri sifatida Ijtimoiy pedagogika fani xaqida tushunchalar berish va 
ularni ijtimoiy hayot bilan muqoyasa o`rganish; 
2. 
Ijtimoiy muhit va shaxsning ijtimoiylashuviga doir qonuniyatlar; 
3. 
Ijtimoiy pedagogning kasbiy faoliyatining o`ziga xos spetsifik
xususiyatlari, ilmiy-tadqiqot metodlari haqida tushunchalar berishdan
iboratdir.
Bozor iqtisodiyotiga o`tishning ijtimoiy munosabatlari va bunda davlat 
hamda jamiyatning roli, ba'zi jamiyat a'zolarining ma'naviyatida ro`y berayotgan 
zaifliklar, ularning sabablarini aniqlash, tekshirish, qayd etish, umuman jamiyatda 
kechayotgan ma'naviy va mafkuraviy isloqotlarni, jamiyatni pedagogik nuqtai 
nazardan o`rganish ijtimoiy
pedagogikaning asosiy muamolaridan biridir
.
Demak, ijtimoiy pedagogikaning vujudga kelishi ijtimoiy zaruriyat, ijtimoiy 
buyurtmadir. Ijtimoiy munosabatlarni ilmiy pedagogik nuqtai nazardan o`rganish 
va yanada takomillashtirish davr taqozasidir. 
Rahmdillik va xayr-sahovat ijtimoiy-pеdagogik faoliyatning madaniy-tarixiy 
an'anasi sifatida
. O`zbеkistonda xayr-sahovatning rivojlanish bosqichlari. 
Ijtimjiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti xalqning tarixiy-madaniy va etnik
an’analari, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga bog`liq holda rivojlanadi va 
xalqning inson va insoniy qadriyatlar haqidagi qarashlariga tayanadi. Insoniyat 
rivojlanishining turli bosqichlarida va barcha jamiyatlarda ham o`zini to`laqonli 
boshqarishga imkoni bo`lmagan kishilarga, masalan, bolalar, qariyalar, kasallar, 


141 
jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida cheklanishlari bo`lganlarga munosabat 
masalasiga duch kelganlar. Bunday masalalar turli jamiyat va davlatlarda turlicha 
hal etilgan, ya’ni, ojiz va qarovsiz qolganlarni jismoniy yo`q qilishdan tortib ularni 
jamiyatga to`liq integratsiyasigacha yo`llar tutilgan.
O`zbеkistonda qadimdan bunday kishilarga nisbatan insonparvarlik yo`li 
tutilib, ularga doimo rahm ko`rsatib kelingan, ayniqsa, islom dini kirib kelganidan 
keyin rahmdillik va xayr-saxovatga e’tibor kuchaygan. Muhtojlarga doimiy 
yordam ko`rsatib kelingan. 

Yüklə 5,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin