146
shakllana boshlaydi va uni xarakterlashtirish uchun odatda insoniylashtirish va qayta
tiklash tushunchalar qo’llanilgan. Gumanizm (insoniylik) tushunchasi yangi madaniyat
markazida ilohiylik emas, inson turishi guvohlik berardi. Uning o’zi ham qalban, ham
jisman go’zal bo’lishi lozim.
Faqatgina inson ongi, kuchi, muvaffaqiyatiga ishonchi,
faolligi, irodasi tufayli barcha qadriyatlar va o’z baxtining yaratuvchisiga aylana oladi.
Asketizm(yunoncha)- tuyg’u va istaklarnicheklash yokibostirish, azob tortish, hayot
ne’matlaridan voz kechish. Bu yerda
gap uning shaxsiy hislatlari, shaxsiyati,
mashhurligida emasligi hisobga olingan.. SHu bilan birga gumanistlar cherkovga qarshi
ochiq qarshi chiqmaganlar. Ular xudoni, olamni harakatga keltirgan va o’shandan beri
unga aralashmagan yaratuvchi deb bilishgan.
XIV-XVI asrlar gumanistlarining aksariyati yoki o’zlari pedagog bo’lishgan yoki
pedagogik nazariyaga murojaat qilishgan. Gumanizm g’oyasi pedagogikada xuddi ana
shu davrlardan boshlab o’rnasha boshlagan.
Asl tarbiya o’z mohiyatiga ko’ra doim go’zallik haqida,
uning kelajagi haqidagi
g’amxo’rlikni bildirgan. Uyg’onish davrida ijtimoiy gumanizm g’oyalarini amalga
oshirila boshlanishi mashhur italiyalik pedagog-gumanist Vittorino de Genotre (1378-
1446) tomonidan ilk marta “Quvonch uyi” nomli internat maktabning yaratilishi bilan
bog’liq. SHuni ta’kidlash joizki, ta’riflanayotgan davrda din, pedagogika va ijtimoiy-
pedagogika bir-biriga uzviy ravishda rivojlangan.
Diniy qarashlarda asosiy e’tibor umuminsoniy qadriyatlarga qaratilgan.
Diniy
rivoyatlarda, muqaddas kitoblarda oyatlarda axloqiy o’gitlar, insonlararo munosabatla,
qavm-qarindoshlarga,, bolalarga g’amxo’rlik haqida ko’p gapirilgan. Bu asosda ko’pgina
avlodlar tarbiya topishgan va bu borada yevropada cherkov uzoq vaqt mobaynida
“nogiron bolalar” rahnamosi bo’lgan. Unga nafaqat ruhiy yordam so’rab, balki tibbiy,
moddiy yordam so’rab, adolatsizlikdan himoya so’rab murojaat qilishgan. Butun
dunyoda diniy tashkilotlarning boy ana’nalari mavjud. Masalan,
yevropada antik
davrlardan buyon ota-onasiz qolgan bolalarni ibodatxonalar eshigi oldiga qo’yib
ketishgan. Manbalarga ko’ra ota-onasiz qolgan bolalar uchun ilk tarbiya uylari IV asrda
Kesariya (Kichik Osiyo) shahrida yepiskop
Dostları ilə paylaş: